So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  6 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  26 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  227 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Tayyorlov guruhlari o'rtasidagi birinchilik natijalari Yangiliklar

Tayyorlov guruhlari o'rtasidagi birinchilik natijalari

Teglar :  Tayyorlov guruhlari
Xabaringiz bor, 1999-2000, 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlardan iborat tayyorlov guruhlari o'rtasida mamlakat birinchiligi bo'lib o'tmoqda.


Musobaqaning 6-guruhidan joy olgan jamoalar o'rtasidagi bir uchrashuv bugun Navoiy viloyatida bo'lib o'tdi. Ikkinchi bosqichning so'nggi 8-tur bahsi “Qizilqum”(Navoiy)-“Mashal”(Muborak) jamoalari tayyorlov guruhlari o'rtasida bo'ldi.

1999-2000 yillarda tug'ilgan o'smirlardan iborat tayyorlov guruhlari o'rtasidagi bahsda ikki jamoa jangovor 2:2 hisobidagi durangga rozi bo'lishdi.

2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi navbatdagi tur uchrashuvlari esa qizg'in va murosasiz kechdi.

Jonibek Egamberdiev va Ikrem Repatov shogirdlari bo'lgan yosh ”mashal”chilar safarda o'zlarining ajoyib uchrashuvlaridan birini o'tkazishdi. Muboraklik yosh charm to'p ustalari Navoiylik tengdoshlariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi, ular tenqurlariga nisbatan 2:0 hisobida ustun kelishdi.

Eslatib o'tamiz, birinchi davrada “Mashal” jamoasi o'z maydonida “Qizilqum”ga qarshi bahsda 3:1 hisobida g'alaba nashidasini surgan edi.

Muboraklik yosh futbolchilar safardagi muhim g'alabadan so'ng 13 ochko bilan turnir peshqadamiga aylanib olishdi.

Ertaga “Qizilqum” jamoasi ikki tayyorlov guruhining qiyin uchrashuvlar kutib turibdi, ularni “Nasaf”FM tayyorlov guruhlari jamoalariga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. SHunisi diqqatga sazovorki mazkur futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hali biror marta mag'lubiyatga uchramagan.

Qarshidagi bo'lib o'tgan uchrashuvlarda Navoiyliklarning ikki guruhi, yosh “ajdarlar”dan mag'lub bo'lishgan, yani 1999-2000 yillarda tug'ilgan tayyorlov guruhi 6:1 hisobida, 2001-2002 yillarda tug'ilgan tayyorlov guruhi esa 4:0 hisobida.

1999-2000 yillarda tug'ilgan tayyorlov guruhi 2 -davra jadvali (8-turdan keyingi holat)

t/r

 Jamoalar

 O'

YU

D

M

T-N

Ochko

1  “Nasaf”  4 3  1  13-3 10
 2  “Alanga”  4  3 1  –  12-5  10
 3  “Mashal”  6  1  3  2  12-6  6
 4  “SHo'rtan”  5  1  1  3  5-14  4
 5  “Qizilqum”  5  –  2  3  5-16  2

2001-2002 yillarda tug'ilgan tayyorlov guruhi 2 davra jadvali (8-turdan keyingi holat)

t/r

 Jamoalar

 O' YU D M T-N Ochko
1  “Mashal”  6 4  1 1  16-9 13
 2  “Nasaf”  4  4  –  17-2  12
 3  “SHo'rtan”  5  2  1  2  5-5  7
 4  “Alanga”  4  1  –  3  5-12 3
 5  “Qizilqum”  5  –  –  5  2-12 0

 

  Faxriddin CHoriev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика