Tarixda shu kun. Shomurodovning porlashini boshlab bergan “Bunyodkor” – “Al Shabab” uchrashuvi
09 fev 10:55
Yangiliklar
Tarixda shu kun. Shomurodovning porlashini boshlab bergan “Bunyodkor” – “Al Shabab” uchrashuvi
Uning mazkur klubdagi ikkinchi mavsumi nihoyatda muvaffaqiyatli o'tgan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Shu yili u “qaldirg'ochlar” bilan chempionatning kumush medalini qo'lga kiritibgina qolmay, jamoaning OCHL guruh bosqichiga chiqishida ham muhim rol o'ynagan edi.
Jamoadagi ilk mavsumida u qadar ko'zga tashlanmagan bo'lsa-da, keyingi yilda jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylangan. Aynan 2016 yildan so'ng Shomurodovga qiziqish bildirgan klublar soni keskin ortdi. Natijada, 2017 yilning ikkinchi yarmida u Rossiya chempionati vakili "Rostov"ga yo'l oldi.

10 yillar avval kvotlarimiz ko'proq bo'lgan paytlar. "Bunyodkor" 2015 yil to'rtinchi o'rinni olganiga qaramay OCHLga yo'llanma olgandi. Faqat buning uchun pley-off to'sig'idan o'tish talab qilinardi. 2016 yilgi OCHL pley-off bosqichida guruh bosqichiga yo'llanma uchun o'tkazilgan “Bunyodkor” – “Al Shabab” uchrashuvi Shomurodovning katta futboldagi porlashini boshlab bergan o'yinlardan biri bo'ldi. Roppa-rosa 10 yil oldin shu kuni mazkur bahs o'tkazilgan.
2015 yilni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “Bunyodkor” navbatdagi mavsum oldidan tarkibni jiddiy kuchaytirishga erishdi. O'sha davrda klub moliyaviy jihatdan barqaror holatda edi. Jamoa safiga Bahodir Nasimov, Shahzod Nurmatov, Aleksandr Alimpievich, Yuritsa Bulyat kabi tajribali futbolchilar jalb etildi. Ijarada o'ynagan Javlon Mirabdullaev va Dilshodbek Ahmadaliev jamoaga qaytarildi.
Legioner futbolchi Alimpievich 2014 yil mavsumining birinchi davrasida OKMK safidagi o'yinlari orqali muxlislarga yaxshi tanilgan edi. Shuningdek, klub akademiyasidan Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Zabixillo O'rinboev kabi iqtidorli yoshlar etishib chiqib, toblanayotgan vaqtlar.

Jamoaga Sergey Lushan bosh murabbiylik qilardi. U asosan yosh futbolchilarga tayanib, jamoaning o'yin uslubini shakllantirgan. Uning qo'l ostida ko'plab iqtidorli futbolchilar katta futbolda o'z o'rniga ega bo'lganini alohida takidlash mumkin. Bu ishlar jamoaning OCHL guruh bosqichiga chiqishi uchun amalga oshirilgan tayyorgarlikning muhim qismi edi.
Qura natijalariga ko'ra, “Bunyodkor”ga BAAning “Al Shabab” jamoasi raqib sifatida to'g'ri keldi. Tarkib va umumiy saviyani inobatga olganda, nazariy jihatdan favorit mehmonlar edi. “Al Shabab” safida Enrike Luvannor, Junino, Karlos Vilyanueva hamda hamyurtimiz Aziz Haydarov kabi tajribali futbolchilar harakat qilardi. Bosh murabbiy Kaio Junior qo'l ostida jamoa yaxshi shakllangan bo'lib, BAA chempionatida ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borardi.
Uchrashuv 9 fevral kuni bo'lib o'tdi. Sovuq havo va qor yog'ishiga qaramasdan, stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurdi. Sergey Lushan tajribali raqibga qarshi yosh va g'alabaga chanqoq futbolchilarga ishonch bildirdi. Hujum chizig'ida Hamdamov, Shomurodov va O'rinboev uchligi maydonga tushirildi. Keyinchalik aynan shu trio mavsum davomida jamoaning asosiy gol urish kuchiga aylandi.
O'yinning dastlabki daqiqalaridanoq mezbonlar to'pni nazorat qilishga va raqibni to'psiz harakat qilishga majbur qildi. Uchrashuvning 5-daqiqasida o'ng qanot himoyachisi Akrom Komilov tezkorlik bilan oldinga o'tib, to'pni Eldor Shomurodovga etkazib berdi. Shomurodov esa imkoniyatdan unumli foydalanib, Salim Abdulla qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi.

Shundan keyin mehmonlar ham hujumlarni kuchaytirishga harakat qildi. Luvannor bir necha bor darvozabon Murod Zuhurovning mahoratini sinab ko'rdi, ammo uzoq masofadan berilgan zarbalar aniq chiqmadi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Eldor Shomurodov dubl qayd etib, amalda jamoasiga g'alaba keltirgan golni urdi.
Ikkinchi bo'limda mehmonlar hisobdagi farqni qisqartirishga intildi, “Bunyodkor” futbolchilari esa ustunlikni saqlab qolishga harakat qildi. Pley-off bosqichida faqat bitta o'yin natijasiga ko'ra g'olib aniqlanar va guruh bosqichiga yo'l olardi. Natijada ushbu yo'llanma “qaldirg'ochlar”ga nasib etdi.
Biroq poytaxt jamoasi guruh bosqichida omadsiz ishtirok etdi. Jamoa hatto g'alaba qozona olmadi. "Al Nassr" (3:3, 0:1), "Zobahan" (0:1, 5:2), "Laxviya" (0:2, 0:0) jamoalariga qarshi bahslarda durang va mag'lubiyatlar qayd etildi.
Shunga qaramasdan, "Bunyodkor" ichki chempionatda birinchi davrani mag'lubiyatsiz yakunlagan. "Al Shabab"ga qarshi o'yin qahramoni bo'lgan Shomurodov Doston Hamdamov bilan birgalikda Oliy ligada jami 10 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purarlariga aylangan edi.
OCHL 2016. Pley off. G'arb mintaqasi
09.12.2016. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni.
"Bunyodkor" – "Al Shabab" 2:0
Bosh hakam: Kim Dong Djin
Gollar: Eldor Shomurodov 2, 35
"Bunyodkor": Murod Zuhurov, Akrom Komilov, Akmal Shorahmedov, Rustam Ashurmatov, Javlon Mirabdullaev, Otabek Shukurov (Shahzod Nurmatov), Shaker Zuagi, Aleksandr Alimpievich, Doston Hamdamov (Sato Minori), Eldor Shomurodov, Zabihillo O'rinboev (Bahodir Nasimov)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar