So’nggi yangiliklar

13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  7 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  11 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  4 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  4 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  0 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  10 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  37 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  1 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  18 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  17

Tarixda shu kun. Bakaevning benefisiga aylangan bahs yoxud O'zbekiston - Iordaniya 2:1 Yangiliklar

Tarixda shu kun. Bakaevning benefisiga aylangan bahs yoxud O'zbekiston - Iordaniya 2:1

Qatar mezbonligi ostida o'tkazilgan 2011 yilgi Osiyo kubogi O'zbekiston terma jamoasi uchun hozircha tarixdagi eng yaxshisi bo'lib turibdi.

Boisi, avvalgi turnirlarda chorak finaldan ortga qaytgan jamoamiz bu safar yarim final bosqichiga qadar etib bordi. Garchi, keyingi ikki bellashuvda mag'lub bo'lgan bo'lsakda yakunda qitaning kuchli to'rt jamoasi qatoridan joy oldi. Demak, bugun bizga tarixiy g'alabani tortiq qilgan Iordaniya bilan o'yinni yodga olamiz.

Vadim Abramov shogirdlari guruh bosqichining so'ngi turida Xitoy bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan holda birinchi o'rin bilan chorak finalga chiqdi. Raqib Adnan Hamad boshchiligidagi Iordaniya terma jamoasi edi. Ular ham huddi biz kabi guruhda etti ochko to'pladi. Faqat, ikkinchi o'rinni egalladi. Ushbu hal qiluvchi va bir bahsdan iboratligi futbolchilarga qo'shimcha masuliyat yuklardi. Boz ustiga ortga hech qanday yo'l yo'qligi sabab ikki jamoani faqat g'alaba qoniqtirardi. Tarkibda oldingi o'yinlarga qaraganda sezilardi o'zgarishlarga qo'l urilganini ko'rishimiz mumkin. Maksim SHackix, Viktor Karpenko, Stanislav Andreev, Olim Navkarovlarning o'rni Sanjar Tursunov, Sahob Jo'raev, Ulug'bek Bakaev, SHavkat Mullajonov, Jasur Hasanovlar bilan to'ldirildi.


Futbolchilar uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan asosan ehtiyotkorlikka urg'u qaratishdi. Birgina gol o'yinni butkul o'zgartirib yuborish hech gapmasligini bilishardi. Bizning hujumlarimiz Jasur Hasanovning qanotidan uyushtirildi. Jamoa Hasanovning tezkorligidan va driblinglaridan unumli foydalanish payida bo'lishdi. Aynan uning to'p uzatmalari iordaniyalik himoyachilarni shoshirib qo'ydi. SHuningdek Geynrix bir qator keskin vaziyatlarni golga aylantira olmadi. Teng kurashlar ostida o'tgan birinchi bo'limda hisob ochilmadi. G'alabaga bo'lga ishtiyoq va xohish terma jamoamizda kuchli ekanligi yaqqol ko'zga tashlandi. 46-daqiqada Iordaniya terma jamoasi o'yinchisi Server Jeparovni qo'pollik bilan to'xtatib qolinadi. Standartni Jeparovning o'zi amalga oshiradi, uning zargarona uzatmasini Ulug'bek Bakaev boshi bilan golga aylantiradi. Jarima maydonchasi ichida himoyachilar hujumchimizni etiborsiz qoldirishgandi.

Qiziq bir malumot, Vadim Abramov musobaqaga tayyorgarlik jarayonida Bakaeni yakuniy tarkibga kiritishni o'ylamagan edi. O'quv yig'in mashg'ulotlarida o'zini ko'rsatgan va katta ehtimol bilan turnirga borishi kutilgan Yaroslav Krushelnickiy jarohat oladi. Uning o'rnini to'ldirish maqsadida tezkorlik bilan tarkibga hujumchi Ulug'bek Bakaev taklif qilinadi. 2-raqam aslida Krushelnickiy tegishli edi. Oradan uch daqiqa o'tgach tablodagi hisob o'zgardi. To'pni markazda nazorat qilayotgan Geynrix qanotda tezlik bilan ketayotgan Jasur Hasanovga oshiradi, u esa o'z uslubida to'pni markaziy hujumchi Bakaevga uzatadi. Maxoratli forvard jamoadoshining pasini Amir SHafi qo'riqlayotgan darvoza to'riga joylab qo'yyadi.


O'yinchilarimizning ikki goliga 58-daqiqada Bashar Bani Yosin Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol qilib javob qaytaradi. Burchakdan oshirilgan to'pni posbonimiz qaytarishga muvaffaq bo'ladi, qaytgan to'pga esa Bashar birinchi bo'lib etib keladi va oradagi farqni qisqartiradi. Zarbani qaytarishda jarohat orttirib olgan Nesterovning o'rniga Temur Jo'raev maydonga tushadi. Garchi, ushbu bahsda to'p o'tkazmagan bo'lsada, Avstraliya va Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o'yinlarda o'z darvozasidan to'qqizta to'p olib chiqadi. Biz uchun yarim final eshiklarini ochgan uchrashuv to'laqonli Bakaevning benefisiga aylangan deya olamiz.


O'zbekiston – Iordaniya 2:1
21.01. 2011. Doxa. “Xalifa” stadioni. 16073 tomoshabin.
Bosh hakam:
Abdul Malik Bashir (Singapur)
Gollar: Ulug'bek Bakaev 46, 49 - Bashar Bani Yosin 58.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov (Temur Jo'raev, 62), SHavkatjon Mullajonov, Sahob Jo'raev, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Jasur Hasanov (Stanislav Andreev, 57), Aleksandr Geynrix (Anzur Ismoilov, 70), Ulug'bek Bakaev





Video. Bir o'yin tarixi. Qatar - O'zbekiston 0:2 (to'liq tomosha qiling)         

Video. Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 2:1 (to'liq tomosha qiling)         

Video. Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - KXDR 1:0 (to'liq tomosha qiling)         

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика