So’nggi yangiliklar

01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:50BALLON D'OR-2025  82 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  19

Taqqoslaymiz: Osiyo jamoalarining qimmatbaho yulduzlari Yangiliklar

Taqqoslaymiz: Osiyo jamoalarining qimmatbaho yulduzlari

Eron, Qatar yoki Yaponiyaning transfer bahosi eng yuqori vakillarini bilasizmi?

Bugun shu haqda malumot berishga qaror qildik.

Yaponiya — kun chiqar yurtning eng qimmatbaho vakili Takefusa Kubo hisoblanadi. "Transfermarkt" portali ijara asosida "Xetafe"da to'p tepayotgan "Real" futbolchisini 20 mln evroga baholamoqda.  

Keyingi o'rinlarga 22 yoshli Takexiro Tomiyasu ("Bolonya", 18 mln evro) va 24 yoshli Daiti Kamada ("Aytraxt", 16 mln) joylashgan.

Suriya — SHom diyorining eng qimmatbaho vakili Omar Al Soma hisoblanadi. 31 yoshli hujumchi ayni paytda 6,5 mln evroga baholanyapti. Keyingi o'rinni 27 yoshli Omar Xrbin ("Al Vahda", 1,3 mln) band qilgan.

Xitoy — CHin yurtining eng qimmatbaho fubolchilari 4 mln evroga baholanmoqda: yaqinda Xitoy fuqaroligini qabul qilgan 31 yoshli Elkeson ("Guanjou Evergrand") va "Espanol"ning 27 yoshli vingeri Vu Ley.

BAA — amirliklarning qimmatbaho futbolchilari "Al Jazira" klubiga tegishli: 30 yoshli fovrard Ali Mabxut (4,5 mln) va 27 yoshli vinger Xalfan Muborak (3,5 mln evro).

Eron — forslar o'lkasining eng qimmat o'g'loni Sardor Azmun (26 yosh) bo'lib, "Zenit" hujumchisining transfer bahosi 23 mln evroga teng. Keyingi o'rinlarga "Portu" futbolchisi Mehdi Taremi (28 yosh, 10 mln evro) va "Brayton" vakili Alirizo Jahonbaxsh (27 yosh, 5 mln evro) joylashgan.

Janubiy Koreya — Son Xyon Min nafaqat o'z yurtida, balki butun qitada eng qimmat o'yinchi hisoblanadi. "Tottenxem" yulduzining transfer qiymati 90 mln evroga teng. Keyingi pog'onalar 24 yoshli Xvan Xi CHxan ("Leypcig") va 19 yoshli Kan In Liga ("Valensiya") tegishli. "Transfermarkt" ularning har ikkisini 15 mlnga baholagan.

Saudiya Arabistoni — Salim Al Dovsari ("Al Hilol") va Abdulfattoh Asiri ("Al Nassr") saudiyaliklar tarkibidagi eng qimmat futbolchilar hisoblanishadi. Ularning transfer qiymati 3,1 mln evroga teng.

Qatar — amaldagi qita chempionlari tarkibidagi eng qimmat o'yinchi 24 yoshli Akram Afif ("Al Sadd" - 3,5 mln evro) hisoblanadi. Keyingi o'rinlarni "Al Duxayl" forvardi Almoez Ali (2,7 mln) hamda "Al Sadd" yarim himoyachisi Hassan Al Haydos (1,75 mln) egallab turibdi.

O'zbekiston — endi o'zimizning qorako'zlarga to'xtalamiz. "Transfermarkt" portali o'zbekistonliklar orasida eng yuqori qiymatni Eldor SHomurodovga belgilagan. "Jenoa" hujumchisining transfer narxi 6,5 mlnga teng. 2-o'ringa "SHarja" yarim himoyachisi Otabek SHukurov (2,5 mln evro) joylashgan bo'lsa, Jaloliddin Masharipov (2 mln) 3-pog'onani egallab turibdi.

Osiyo futboli: Yangi yulduzlar 

Yaqin yillarning yangi yulduzlari 

Muallif :
Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика