So’nggi yangiliklar

07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  3 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  5 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  18 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0

Taksi haydovchisini kaltaklagani uchun hibsga olingan legioner "Bunyodkor" darvozasiga supergol urdi Yangiliklar

Taksi haydovchisini kaltaklagani uchun hibsga olingan legioner "Bunyodkor" darvozasiga supergol urdi

CHernogoriyalik yarim himoyachi bilan bog'liq qiziqarli, biroq biroz ko'ngilsiz voqea bilan o'rtoqlashamiz.

2015 yilning sentyabrida, jumadan shanbaga o'tar kechasi tun payti chernogoriyalik besh nafar futbolchi mahalliy taksi haydovchisi Nesha Yachimovichni kaltaklab, unga tan jarohati etkazishgan.

Zo'ravonlar orasida "Edinstvo" klubi futbolchisi Armin Boshnyak ham bo'lgan. Haydovchi tezda shifoxonaga yotqizilgan, unga miya chayqalishi, bosh qismi hamda qo'l va oyoq bo'g'imlarining shikastlanishi tashxisi qo'yilgan. 

"Ular mashinaga o'tirishi bilan orasidan biri mashinaning tom qismini ura boshladi. Men esa ulardan manzilga etgunga qadar o'zlarini to'g'ri tutishi kerakligini aytdim. Yana biri esa ularning besh kishi ekanligini aytib, gapga quloq solmadi. Axiyri ulardan mashinadan tushlarishni so'radim. Orqaga o'tirgan yigitlardan biri esa boshimga urdi. Xavfsizlik kamarini echib, mashinadan tushmoqchi bo'lganimda, boshimga kuchli zarba tegdi va erga yiqildim. Tizzalab qolganimda meni do'pposlay boshlashdi.

O'zimni qutqarish uchun qo'shnim Raif Mededovichning uyi tomon yugurdim. Ortimdan uchtasi etib oldi va ulardan biri tomog'imdan bo'g'a boshladi. U shunchalik qattiq qisdi-ki, hushimni yo'qotayozdim. Men qo'yib yuboring, deb yolvordim, lekin ular to'xtamadi. Qandaydir tarzda qo'shnimga qo'ng'iroq qilishga muvaffaq bo'ldim, u esa epchillik bilan yugurib chiqib, meni qutqarib qoldi. Ishonchim komilki, qo'shnim bo'lmaganda, omon qolmagan bo'lardim, undan benihoya minnatdorman", — dedi haydovchi.

Qayd etilishicha, futbolchilar o'sha kuni spirtli ichimliklar istemol qilgan.

Voqeadan so'ng zo'ravonlar hibsga olinib, so'roq qilingach, qo'yib yuborilgan. Boshnyak klub intizom qoidalarini buzganligi uchun diskvalifikaciya qilingan.

SHofyor esa bundan norozi bo'lgan: "Men kaltaklangan holda qimir etolmay yotibman, ular esa shahar kezib yurishibdi. Bunday adolatsizlikka chidab bo'lmaydi".

29 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Edinstvo" (CHernogoriya), "Iskra" (CHernogoriya), "Rudar Plevlya" (CHernogoriya), "Zeta Golubovac" (CHernogoriya), "Balkani" (Kosovo), "Tampins Rovers" (Singapur) kabi klublarda to'p tepgan. 

Yaqinda esa u 2024 yilning yozigacha "Andijon" bilan shartnoma imzoladi.

Yangi klubi safidagi ikkinchi o'yinida esa "Bunyodkor" darvozasiga ajoyib gol urdi, biroq bu ham jamoasini ham mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика