So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  16 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

"Takliflar bo'lgan, lekin javob bermaganman" - Nurillo To'xtasinov "Navbahor" qiziqishi haqida Yangiliklar

"Takliflar bo'lgan, lekin javob bermaganman" - Nurillo To'xtasinov "Navbahor" qiziqishi haqida

Bugun "Bunyodkor" klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev saytimizga jonli efirda katta intervyu berdi.

Suhbat davomida Ulug'bek Mirzaev jamoaning yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinovga "Navbahor" qiziqayotgani va oyiga 100 million maosh berishi haqida aytdi. Barchasiga aniqlik kiritish maqsadida To'xtasinov bilan bog'landik. 

"Bunyodkor" bilan 31 dekabrgacha shartnomam bor. Klublar bilan bunday gap bo'lmagan. Qaerdan olib gapirishdi. Pullarini nega oshkor qildi? Qaerdan bildi buni Ulug'bek aka? Bo'lmagan narsalarni intervyuda gapirgan.  Balki 2-3 milliard olarman. 100 million yo'q narsa haqida intervyu beryaptilar",- deya gap boshladi futbolchi.

-  "Bunyodkor" klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev saytimizga bergan intervyusida sizga "Navbahor" qiziqish bildirayotganini aytdi. Aslida bu boradagi rejalaringiz qanday?

- Hozircha yuqorida takidlaganimdek 1 oy shartnomam mavjud. Klub ixtiyoridaman. Ulug'bek Mirzaev yo'q narsani gapirdi. 

- "Navbahor" taklifi qanchalik haqiqatga yaqin?

- Klublardan takliflar bo'lgan. "Navbahor" ikki yildan beri qiziqadi. Biroq ularga javob berganim yo'q. "Bunyodkor" bilan kelisha olsak ko'ramiz. 

- Nurillo To'xtasinov legionerga aylanadimi yoki o'zimizda qolishni afzal ko'radimi?

- Bir qarorga kelamiz. Ota-onam bilan gaplashib, xorij variantini ham umuman barchasini ko'ramiz. Bo'lmasa o'zimizda to'p tepaman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика