So’nggi yangiliklar

03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  0 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  3 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  13 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  10 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  379 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0

Tahlil. Autsayderlarga "sovg'a" ulashayotgan "Navbahor" mavsum oxirida o'zi hech narsasiz qolishi mumkin Yangiliklar

Tahlil. Autsayderlarga "sovg'a" ulashayotgan "Navbahor" mavsum oxirida o'zi hech narsasiz qolishi mumkin

Teglar :  SuperligaNavbahor
Xash-pash deguncha birinchi davraning deyarli yakunidamiz.

Demak, xulosalar qilinadigan palla keldi. Mavsum boshidagi aldamchi holatlarga aldanmaslik uchun biroz sukut saqlashga qaror qilgandik, zero mana endi sekin-asta kim aslida kimligi yuzaga chiqyapti. Jamoalarning asl kuchlari namoyon bo'lmoqda. Keling dastlab jamoalarni ayni paytda egallab turgan o'rnidan kelib chiqib uchta yo'lga ajratib olsakda o'z mulohazalarimiz bilan bo'lishsak. Dastlab "Navbahor"dan boshlashni lozim topdik. 

Duranglar girdobidagi jamoa

"Navbahor"da Samvel Babayan davri boshlanganidan buyon har yili chempionlik uchun kurashib kelmoqda. Lekin ana chempion, mana chempion deb turgan joyida "Paxtakor" bosh sovrinni ilib ketmoqda. Lekin bu yil uning eng asosiy raqobatchisi kuchsizlangani imkoniyatlar foizini oshirishi tabiiy. Oltin medallar uchun yo'lga chiqqan "lochinlar" mavsumni g'alaba bilan boshladi, shu bilan ketma-ket 3 ta o'yinda duranglar seriyasi boshlanib ketdi. Bu orada uning taqibchilari ham ochkolar yo'qotgani qo'l keldi. Lekin so'nggi 4 ta turda jamoaning ishlari yurishmayapti. Oldingi chiziqdagi sermahsullik ham yo'qoldi va ketma-ket 3 ta o'yinda raqiblar darvozasiga yo'l topa olgani yo'q. Principial bahsda esa "Paxtakor" yana taslim qilinmadi. 

CHempionlik niyatidagi "Navbahor" kimlar bilan o'yinlarda ochko yo'qotdi?

"Navbahor"  -  OKMK 1:1

"Bunyodkor" -  "Navbahor" 2:2 

"Navbahor" -  "Surxon" 2:2 

"Metallurg" -  "Navbahor" 1:1

"Navbahor" -  "Olimpik" 0:0

"Paxtakor" - "Navbahor" 0:0

"Navbahor" - "Qizilqum" 0:0

Ko'rganingizdek jamoa Superliganing yarim jamoasini mag'lubiyatga uchrata olgani yo'q. Endi jamoalarga qarang, deyarli barchasi pastki o'rinlarda joylashgan. "Metallurg", "Bunyodkor", "Qizilqum"ni 1 ochko ham qoniqtirishi turgan gap. Lekin "Navbahor"ni emas. "Sovg'alar" ulashishni maromiga etkazayotgan klub mavsum oxirida o'zi hech narsasiz qolsa bu natijalarga razm solib qo'ysin.  

Oldindagi o'yinlar

Fakt shuki, namanganliklar Superligada mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Lekin 7 ta durang yakunda og'ir kelmasa bo'lgani. Vaholanki, jamoa 2023 yil butun mavsum davomida 5 bor durang qayd etgandi. Bu yil birinchi davradayoq ko'rsatkich yangilandi. "Lochinlar"da tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olish uchun imkoniyat bor. Oldinda ularni "Andijon" va "Nasaf"ga qarshi muhim bahslar kutib turibdi. Ikkisi ham safarda bo'lib o'tadi.  

26.06.2024. "Andijon" - "Navbahor"

30.06.2024. "Nasaf" - "Andijon" 

Tarkibdagi muammolar

"Navbahor" hujum chizig'ida birgina Toma Tabatadzega bog'lanib qolgan. Unga raqobatchi sifatida olib kelingan Giorgi Nikabadze 11 ta o'yinda bor yo'g'i 28 daqiqa harakat qildi va hali gol urgani yo'q. Samvel Babayan ayni paytda tarkibni kuchaytirish ustida ish olib borayotgan bo'lsa ajablanmayman. Nikabadzega esa chiqish eshiklari ko'rsatilsa kerak. Samvel Babayanni yana bir qiynayotgan muammo o'ng qanot hisoblanadi. Reja bo'yicha bu chiziq qishda Saidazamat Mirsaidov orqali to'ldirilishi kerak edi. Lekin "Olimpik" uni ortga qaytardi va klubda boshqa variant qolmagandi. Etibor beradigan bo'lsak, jamoaning mudofaa chizig'ida ikki nafar nominal himoyachi qolgan, Filip Ivanovich va Farruh Sayfiev. Yarim himoyachilar vaziyatdan kelib chiqib orqa chiziqda ko'maklashmoqda. 

Omadli transfer

Avvalgi yillardan farqli ravishda "Navbahor" qishda juda ko'p futbolchilarni qo'shib olmadi. Asosiy va muhim transfer esa Farruh Sayfiev va Odil Hamrobekov bo'ldi deya olamiz. Aynan bu ikki futbolchi muhim figura sifatida xizmat qilmoqda. Sayfiev hozircha 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Ruslan Jiyanov ham faol kirishib ketdi deya olamiz. Vodiy derbisidan o'rin olgan "Neftchi"ga qarshi bahsda Jiyanovning uzatmasidan so'ng Ivanovich g'alaba to'pini kiritgandi. 

Keyingi maqolalarimizda qolgan jamoalarimizning o'yinlarini tahlil qilamiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика