Tachmurod Agamurodov: "Natija adolatli. Bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin"
16 may 2023 22:32
Yangiliklar
Tachmurod Agamurodov: "Natija adolatli. Bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin"
- Jamoamizning ayni damda Superliga turnir jadvalidagi holatini, shuningdek, bugun Kubok bahsi bo'lganini inobatga olsak, kam o'yin amaliyotiga, yoshlarga etibor berishni lozim topdik. O'yin davomida o'zimiz uchun qandaydir hulosalar chiqarib oldik. Albatta, har qanday holatda - tarkibning qanday bo'lishi yoki kim o'ynashidan qati nazar natija muhim bo'lishi kerak edi. Kerak bo'lmagan joydagi qizil kartochkaning tasiri katta bo'ldi. Balki ko'p narsa futbolchining mahoratiga bog'liqdir. SHunday joyda qizil kartochka olyaptimi, demak, u bugungi o'yinga ruxan tayyor emas ekan.
- Kubokda vazifa bormi?
- Umuman olganda vazifa yo'q. Qatnashib, futbolchilarni sinab oldik, ayrim ishlanmalarni ko'rdik. Hozir bizdagi asosiy vazifa - Superliga.
- Bugungi yakuniy natija haqida nima deysiz?
- Barchasini qizil kartochka sindirib yubordi. Qachonki jamoa kamchilik bo'lib qolsa, g'alaba qozonish imkoniyati pasayib ketadi. Natija adolatli. Kam bo'lib o'ynash, ruxiy tomonlama ham qiyin. O'tgan o'yinlar davomida ham bir qancha futbolchilarimiz qizil olishdi. Bu borada pauza bo'lmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar