So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  0 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  9 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

"Surxon"ning logotipi o'zgardi Yangiliklar

"Surxon"ning logotipi o'zgardi

Teglar :  Surxon
Superliga bahslarida ishtirok etayotgan Surxon jamoasi kelasi mavsumdan yangi logotip ostida harakat qiladi.

Yangi logotipda quyidagi manolar aks etgan:

1. Quyosh.

Surxondaryo O'zbekistonning janubida joylashgan viloyat hisoblanadi. Tarixdan Surxondaryo - quyoshli o'lka deb yuritilib kelingan. Yoz faslida Surxondaryoda havo - harorati anchagina issiqni tashkil qiladi. SHunga monand logotipda quyosh tasviri aks ettirilgan.

2. Tog'lar.

Surxondaryo o'zining qadimiy tog'lari va joylari bilan ham mashxur. «Boysun» tog' tizmasi, Boysun tog' tizmasidagi «Omonxona» bulog'i, «Teshiktosh» g'ori, «Dalvarzintepa», «Sangardak» va h.klar fikrimizning yaqqol dalilidir.

3. 1968.

«Surxon» futbol klubi 1968 yilda tashkil etilgan. Dastlabki mavsumda jamoa «CHegarachi» nomi bilan ishtirok etgan. Keyingi to'rt yili «Avtomobilist» nomi ostida harakat qilgan. 2009-2010 mavsumda «Dinamo-Hamkor», 2010-2011 mavsumda «Termiz» nomi ostida harakat qilgan jamoa 2012 yildan yana o'zining qadrdon «Surxon» nomi ostida harakat qila boshladi va bugungi kunda shu nom ostida harakat qilib kelmoqda. Logotipdagi 1968 yozuvi klub aynan shu yili tashqil etilganligi bildiradi.

4. Ot tasviri.

Ot tasviri ham Surxondaryo tarixiga bog'langan. «Alpomish» dostonini o'qimagan yoki eshitmagan o'zbek farzandi mavjud emas. Halq og'zaki ijodidan olingan ushbu doston nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoning bir qator mamlakatlarida ham sevib o'qiladi. Alpomish" dostoni mazmuniga oid asosiy voqealar oltoy, tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarda ertak, rivoyat, doston shaklida mavjud.

 “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo'y bo'lishga, o'z yurtimizni, oilamiz qo'rg'onini qo'riqlashga, do'stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o'rgatadi”.

«Alpomish» so'zi ikki qismdan iborat bo'lib, «alp» -ulkan, «pomish» - bahodir, pahlavon manosini beradi.

BOYCHIBOR, CHibor — epik ot. Alpomishning xos oti, uning barcha safar va sarguzashtlarida ajralmas yo'ldosh. Boychibor, Boybo'rining xonazot yilqilaridan Tarlonbiyaning bolasi, epik anana asosida afsonaviy uchqur ot sifatida tasvir etiladi. «Alpomish» dostonida «Qo'ltig'ida to'rt yarim gaz qanoti, asl tulpor ekan o'zbekning oti», deb tariflanadi.

SHu va yana bir qancha faktlarga asoslanib, logotipda ot tasviri tushirilgan.

Xulosa qilib aytganda «yangi logotip» bevosita Surxondaryo tarixi bilan bog'langan. Ushbu logotip bir qator mutaxassislar tomonidan maqul deb topildi.


Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика