So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  89 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  5 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   14 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

"Surxon"dagi ichki muhit, qarzdorliklar, bir kun ishlagan Xomyakov", - serbiyalik futbol agentidan sensacion iqrorliklar Yangiliklar

"Surxon"dagi ichki muhit, qarzdorliklar, bir kun ishlagan Xomyakov", - serbiyalik futbol agentidan sensacion iqrorliklar

2010-2014 yillarda O'zbekistonda "Mashal", "Olmaliq" (hozirgi AGMK) va "Neftchi" klublarida o'ynagan serbiyalik Igor Petkovich ayni paytda agentlik qilmoqda.

U bilan bog'lanib bir qator masalalar bo'yicha savollar berdik.

"O'z vaqtida O'zbekistonda 4 yil o'ynaganman", - deb gap boshladi Igor Petkovich. Bu mamlakatda ajoyib insonlar yashashadi, ko'plab do'stlarim, yaqinlarim bor O'zbekistonda. Hozirgi kunda O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan barcha serbiyalik futbolchilar mening mijozlarim hisoblanadi. Anchadan buyon ularning huquqlarini himoya qilib kelayapman. Afsuski hozir gapirib beradigan holat ijobiy emas...

- Aniqroq aytsangiz qanday holat?

- Termizning "Surxon" klubida ikki nafar mijozim Vladimir Bubanya va Darko Stanoevich to'p tepmoqda. Hozir yilning yarmiga keldik, biroq klub futbolchilarga 6 oy davomida faqat bir marta to'liq maosh berdi xolos. Tushunaman butun dunyoda pandemiya davom etmoqda, vaziyat og'ir. Ammo futbolchilar ham odam ular ham yashashi kerak-ku. Karantin vaqtida Vladimir va Darko O'zbekistonda qolishdi, afsuski klub ularga hatto ovqat uchun ham pul bergani yo'q. O'zbekiston oliy ligasida ishtirok etuvchi klub uchun bu yarashmaydigan holat deb o'ylayman. Klubning futbolchilarga o'tgan yildagi qarzlari ham bor.



- Agar klubning o'tgan yildan qarzlari bor bo'lsa nima uchun futbolchilar yana shu klubda qolishdi?

- Aslida qishda Bubanyaga ham, Stanoevichga ham ko'plab takliflar bo'lgandi. O'zbekistonning o'zidan ham chorlovlar bo'ldi. Ammo "Surxon" klubi murabbiylari va rahbariyat bilan gaplashgach, ularga ishonib shartnomani uzaytirgandik. Afsuski vaziyat o'tgan yildagidan 3 baravar yomonlashib ketdi deya olaman. Bugungi kunda "Surxon"da muhit yaxshi emas, muhit yomon bo'lsa natija ham bo'lmaydi. Klubning so'nggi natijalariga qarasangiz bunga o'zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

Ammo O'zbekiston klublari bilan yaxshi munosabatdaman, balki bu intervyudan keyin barchasi yaxshi bo'lar va eng so'nggi chora FIFAga arz qilishgacha etib bormaydi.



- "Surxon"ning natijalari faqat ichki muhit bilan bog'liq deb o'ylaysizmi?

- "Surxon"da selekciya juda yaxshi olib borildi. Qishda jamoaga yaxshi saviyadagi futbolchilar kelib qo'shilishdi. Tarkib zo'r, bu futbolchilar bilan klub kuchli uchlikka kirish uchun kurashishi kerak deb o'ylayman.

- Aprel oyi oxirida "Lokomotiv" himoyachisi Slavko Damyanovich ham yuqoridagi muammolarda qolib ketgani haqida aytgandingiz. Bu masala qanday hal bo'ldi?

- Barchasi hal bo'ldi. "Lokomotiv"ga rahmat, ular tezda aloqaga chiqishdi va barchasini to'g'rilashdi. Hozirgi kunda Slavko bilan hech qanday muammo yo'q.

- "Surxon"da Aleksandr Xomyakov ish boshlagani haqida eshitdik. U bilan birga "Mashal"da ishlagansiz. To'g'rimi?

- Ha Aleksandr Andreevich bilan "Mashal"da ishlaganmiz. U ajoyib inson va ajoyib murabbiy. Biroq menga etib kelgan malumotlarga ko'ra Xomyakov klub rahbariyati bilan kelishuvga erishgan, bir kun mashg'ulot o'tkazgan va ertasi kuni unga "xayr" deyishgan. Menimcha Xomyakov kam ishlash bo'yicha dunyo rekordini o'rnatdi. Bu professional klubning ishi emas.


Serbiyalik futbol agentining aytganlari edi. "Surxon" klubining bu vaziyat borasidagi poziciyasini ham tinglashga tayyor ekanligimizni malum qilamiz. Maqsadimiz qaysidir klubni yomonlash emas muammolarni hal qilishda yordam berish.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика