"Surxon" "Neftchi"ga qarshi nega yosh futbolchilar bilan o'ynadi?!
06 mar 11:19
Yangiliklar
"Surxon" "Neftchi"ga qarshi nega yosh futbolchilar bilan o'ynadi?!
Kecha Superliga 2-turi doirasida "Surxon" jamoasi o'z maydonida "Neftchi"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berganidan xabaringiz bor.
Termizliklarni 18 yoshli o'ng qanot himoyachisi Behruz Karimov sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. "Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, "Surxon"ning 8 nafar futbolchisi bir necha oydan beri maoshlar berilmayotgani bois kechagi bellashuvda maydonga tushishdan bosh tortgan. Shu sabab kecha termizliklar yosh o'yinchilar bilan amaldagi chempionga qarshi to'p tepishgan.
"Neftchi" bilan bahs qaydnomasidan quyidagi futbolchilar o'rin olishmagan:
Artyom Potapov, Jamaldin Xodjaniyazov, Nodirxon Nematxonov, Humoyun Sherbo'taev, Dostonbek Tursunov, Behruz Shaydulov, Behzod Shamsiev, Javohir Jo'raev, Dilshod Yo'ldoshev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar