So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

“Surxon” muxlislari hakamlarni haqorat qilishdi va toshbo'ron qilishdi. PFL klubni 10 million so'm jarimaga tortdi Yangiliklar

“Surxon” muxlislari hakamlarni haqorat qilishdi va toshbo'ron qilishdi. PFL klubni 10 million so'm jarimaga tortdi

Pro Liga 22-tur uchrashuvlari doirasidagi “Surxon” – “Andijon” (0:3) uchrashuvi yakunlangach, stadionga yig'ilgan mezbon muxlislar o'yinni boshqarib borgan hakamlar guruhini ommaviy ravishda haqorat qildi.

SHuningdek, hakamlar brigadasi maydonni tark etib, kiyim-almashtirish xonasiga yo'l olayotgan pallada ularga muxlislar tomonidan turli buyumlar – toshlar va suv idishlar uloqtirildi. Qolaversa, bosh hakam yordamchisi A. Sidorovning ko'krak qismiga tosh ham kelib tekkani malum bo'ldi. Hakamlar o'z xonasiga kirib borgach ham, tashqaridan ular joy olgan xona oynalariga nisbatan ommaviy tosh otishlar to'xtamadi.

“Surxon” – “Andijon” uchrashuvidan keyin ro'y bergan ko'ngilsiz holatlar foto va videofaktlar asosida O'zPFLning maxsus komissiyasi tomonidan o'rganib chiqildi.

Musobaqalar reglamentining “Klublar, jamoalar rahbarlari, futbolchilar va xududiy associaciyalar majburiyatlari” bo'limining 7.3 bandini qo'pol ravishda buzganligi uchun “Surxon” FKga nisbatan intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.9 bandini qo'llagan holda  10.000.000 (o'n million) so'm miqdorida jarima belgilandi. Bu hol yana qaytarilsa, klubga nisbatan jiddiyroq jazo – uy uchrashuvlarini muxlislarsiz, bo'm-bo'sh stadionda o'tkazishi borasida ogohlantirish berildi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика