So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

"Surxon" kelasi mavsumda "top" klubga aylanadimi? Yangiliklar

"Surxon" kelasi mavsumda "top" klubga aylanadimi?

Teglar :  Surxon
"Surxon" futbol klubini kelasi mavsumda "top" klubga aylantirish borasida ulkan loyihalar ammlga oshirilmoqda

"Surxon" futbol klubini 2022 yili "top" klubga aylantirish hamda "Surxon" futbol arenasi o'yingohini jahon standartlariga to'la javob beradigan stadionga  aylantirish (projektor, maydon chimi, o'rindiqlar va h.k) va "Surxon" futbol klubi qoshida futbol akademiyasi va bazasini qurish maqsadida IP OOO "Surhan Gas Chemical Operating Company"

Bosh direktori Ignatov Andrey Yurevich  ("Surxon" futbol klubi 2022 yildagi bosh homiyi) boshchiligidagi katta guruh, Ispaniyalik futbol menejeri Xuan Manuel Barosso, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatovlar tashrif buyurishdi.

Mehmonlarimiz tashrifni dastlab viloyat hokimi va "Surxon" futbol Prezidenti To'ra Bobolov bilan uchrashish bilan boshlashdi. Viloyat bosh jamoasi "Surxon" klubi infratuzilmasini yaxshilash borasida fikrlar almashildi. 

SHundan so'ng, "Surxon" arena o'yingohiga tashrif buyurishdi. Stadiondagi mavjud kamchiliklar (projektor, maydon chimi, muxlislar o'rindiqlari) o'rganib chiqildi va tez orada bu kamchiliklar bartaraf etilishi takidlandi.

Stadion yon atrofidagi hududda "Surxon" futbol klubi futbolchilari istiqomat qilishi uchun yangi baza qurish loyihasi ishlab chiqildi va tez orada klub o'zining yangi bazasiga ega bo'lishi takidlandi.

Tashrif so'ngida mehmonlarimiz Surxondaryo viloyatida joylashgan Futbol mahorat maktabiga tashrif buyurishdi va u erdagi mavjud kamchiliklar bilan ham tanishib chiqishdi. Futbol mahorat maktabi va "Surxon" klubi bilan o'rtasida memorandum tuzilishiga kelishildi.

Andrey Yurevich boshchiligidagi katta guruh azolari Toshkentda "Paxtakor" jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgan "Surxon" futbol klubi futbolchilari bilan uchrashish maqsadida Toshkent shahriga jo'nab ketishdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика