"O'yinoldi mashg'ulotni o'tkazdim, stadionga keldim va kiyim almashtirish xonasida libosim yo'qligini bildim" – "Surxon" futbolchisi
16 iyu 13:07
Yangiliklar
"O'yinoldi mashg'ulotni o'tkazdim, stadionga keldim va kiyim almashtirish xonasida libosim yo'qligini bildim" – "Surxon" futbolchisi
"Faoliyatimda ilk bor butun hafta davomida shug'ullandim, o'yinga tayyorlandim, bahs uchun boshqa shaharga uchib keldim, o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazdim, stadionga keldim va kiyim almashtirish xonasida libosim yo'qligini bildim.
Bu 5 daqiqa oldin ro'y berdi. Murabbiylar menga o'yinda ishtirok etmasligimni aytishdi. Bu "professionalizm"ning yuqori darajajasi. Ertami-kechmi haqiqat ochiladi va bu ularning o'ziga qaytadi.
Men butun hayotimda bo'lganidek professionalizmni tanlayman. Doimo qandaydir dramalar o'rniga tinchlikni tanlayman. Professionallar ko'plab odamlar tasavvur qilganidan ko'ra ko'proq o'ylab ko'rishadi. Ammo, hech qachon yolg'onga toqat qilolmayman, ayniqsa odamlar o'zlarining professional emasliklari sabab omma oldida meni yomon ko'rsatishga urinishganida", — deb yozdi futbolchi o'z Instagram sahifasida.
Fevzi Davletov: "Nimeli haqida gapirishni istamayman. No comment"
Fikrlar