So’nggi yangiliklar

17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  0 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  5 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  4 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0

"Surxon Arena" avgust oyiga qadar futbol uchrashuvlarini qabul qilmaydi Yangiliklar

"Surxon Arena" avgust oyiga qadar futbol uchrashuvlarini qabul qilmaydi

Jamoaning ko'plab muxlislari jamoa stadioni navbatdagi futbol mavsumiga tayyorgarligi bilan qiziqishmoqda.

"Surxon" matbuot xizmati barcha savollarga javob berib o'tdi.

"Surxon Arena"dagi rekonstrukciya ishlari qanday ketmoqda?

Uy stadionida rekonstrukciya ishlari jadal davom etmoqda, stadion maysasini, shuningdek, mashg'ulot maydonini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, zamonaviy Phillips projektorlari o'rnatildi. Barchasi FIFA va OFK standartlariga javob beradi. SHuningdek, tomoshabinlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ichki binolarni (echinish xonalari, matbuot xizmati xonalari, sog'lomlashtirish jarayonlari xonalari, sport zali, doping nazorati xonasi, hakamlar xonasi, va hokazo) tamirlash ishlari olib borilmoqda.

O'zPFL mutaxassislari tomonidan bo'lib o'tgan tekshiruv jarayoni qanday o'tdi?

O'tgan yilning 17 dekabr sanasida O'zPFL mutaxassislari Termizda bo'ldi. Stadionga POA PRATENCE maysasi yotqizilgan bo'lib, uni parvarishlash ishlari davom etmoqda. Endigina unib chiqayotgan maysa o'zini ushlab olishi uchun biroz vaqt kerak. Hozircha maysa ildizining uzunligi 4 sm'ga etgan. Drenaj tizimi to'liq kuch bilan ishlamoqda.

7 yanvar kuni Liga mediasi "Surxon Arena"da bo'ldi va amalga oshirilayotgan ishlarni suratga oldi. Ayni vaqtda nafaqat asosiy maydon, balki uning orqasida joylashgan mashg'ulot maydoni ham zamonaviy usulda tayyorlanmoqda. Muxlislar joy olishi mo'ljallangan tribunalar osti tekislab qotirilgan. Endilikda uning ustiga o'rindiqlar o'rnatiladi. Texnik zona, kiyim almashtirish, hakamlar va komissarlar xonalarida to'liq yangilash ishlari olib borilmoqda. Zaxira o'rindiqlari muxlislar futbol tomosha qilishiga halal bermasligi uchun maysa sathidan pastroqqa tushirilgan va uning uchun kerakli jihozlar xarid qilingan. Endilikda TV kameralari o'rnatiladigan nuqtalar, OAV uchun lojalar va boshqa xonalarni Liga talabi asosida shakllantirish ishlari olib boriladi. Quyidagi video orqali amalga oshirilgan ishlarni ko'rish mumkin.

Jamoa raqiblarni qachon "Surxon Arena"da qabul qiladi?

"Surxon Arena" avgust oyiga qadar futbol uchrashuvlarini qabul qila olishga tayyor holga keltirilishi rejalashtirilgan. Klub mavsumning ikkinchi davrasidan etiboran Termizga qaytish uchun barcha ishni amalga oshirmoqda. Unga qadar mavsumning birinchi davrasini Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tkazib turadi.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика