"Surxon" 30 yillik noxush ananaga chek qo'ydi
23 avg 07:54
Yangiliklar
"Surxon" 30 yillik noxush ananaga chek qo'ydi
Termizning "Surxon" jamoasi bugun Superliganing qoldirilgan 14-turida "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqdi.
Qiziqarli o'tgan bahsda Fevzi Davletov shogirdlari 1:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa "Surxon" 30 yildan so'ng Superligada "sherlar"dan safarda ustun keldi. Jamoa so'nggi marotaba 1994 yilgi mavsumda g'alabani tantana qilgan edi (2:0). O'sha mavsumda termizliklar raqibini safarda ham, uyda ham engishni uddasidan chiqa olgan.
Toshkent klubi navbatdagi uchrashuvini 26 avgust kuni safarda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazsa, "Surxon" shu sanada "Navbahor"ni mehmon qiladi.
Fikrlar