So’nggi yangiliklar

19:49"Пахтакор" — "Насаф". Терма жамоадаги ўйинчилар баҳсга бир кун қолганда келишади  4 19:26U-17 ЖЧ. Хорватия — Ўзбекистон ўйини учун ҳамюртларимиз таркиби маълум, Сарсенбаев асосий таркибда  8 18:35Қозоғистон — Бельгия. Таркиблар маълум  9 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  31 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  3 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  11 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   15 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  9 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  5 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  21

Suriyalik yana bir jurnalist: "Bir oy oldin O'zbekistonda ustunlik bor degan bo'lardim, ammo hozir Suriya termasi - favorit!" Yangiliklar

Suriyalik yana bir jurnalist: "Bir oy oldin O'zbekistonda ustunlik bor degan bo'lardim, ammo hozir Suriya termasi - favorit!"

Osiyo kubogi birinchi turida O'zbekiston milliy terma jamoasiga Suriya termasi raqiblik qiladi.

Ushbu o'yinda qatnashish uchun Doha shahriga juda ko'p suriyalik jurnalistlar ham tashrif buyurishgan. Biz ularning O'zbekiston bilan o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Xususan, PSYRIANP nashri jurnalisti, suriyalik Layes Bayroqdor o'z terma jamoasi imkoniyatlarini yuqori baholadi va bu fikrlarini asoslashga harakat qildi. 

- Ertangi o'yindan qanday natija kutyapsiz?

- Bu o'yin juda qiyin uchrashuv bo'lishi aniq. Ikkala jamoa uchun ham bu katta sinov. Bosh murabbiyimiz Ektor Kuperda o'zbek futboli haqida katta bilim bor. Bu Suriya terma jamoasi uchun katta ustunlik beradi. Ertangi o'yin natijasi haqida mendan deylik bir oy oldin so'raganingizda men O'zbekiston terma jamoasini favorit sifatida ko'rsatgan bo'lardim. Lekin hozir Suriya termasi men uchun favoritga aylandi. Biz yaqinda suriyalik bo'lmagan kuchli futbolchilarni mahalliylashtirdik. Argentina, Evropa va Peruda o'ynagan bu futbolchilar jamoamizni yanada kuchaytirdi. Fikrimcha, bu o'zgarishlar bizning jamoaga katta ustunlik beradi. 

- Suriya va O'zbekiston o'rtasidagi o'yinning hisobini taxmin qila olasizmi?

- Suriya terma jamoasi 1:0 yoki 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. 

- Guruh bosqichi o'yinlaridan keyin sizningcha jadval qaysi ko'rinishda bo'ladi?

- Qiyin savol. Fikrimcha, Avstraliya, Suriya, O'zbekiston va Hindiston - shunday tartibda. 

- Keskin fikrlar, O'zbekiston uchinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqadimi?

- Bu omadga bog'liq, albatta. Men shu o'rinda bir narsani takidlab o'tishim kerak. Hindiston terma jamoasi ham oxirgi paytlar katta o'sishga erishdi. Ular bizning guruhdagi jamoalarga yaxshigina qarshilik ko'rsatishadi. Raqiblar ulardan ehtiyot bo'lishlari kerak. 

- Taxminlar uchun rahmat. Ertaga bu fikrlaringizdan hafa bo'lib qolmasangiz bo'lgani (hazil manosida)

- Ikkala jamoaga ham omad tilayman. Agar ertaga O'zbekiston g'alaba qozonsa, chin qalbimdan sizlarni tabriklayman.

Muallif : Administrator
Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика