So’nggi yangiliklar

19:25"Турон" — "Тобол". Таркиблар маълум  0 19:23Суперлига. "Пахтакор" – "Хоразм". Таркиблар маълум  1 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:58АПЛ. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум  7 18:45Суперлига. "Навбаҳор" - "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  9 18:35"Ал Батаеҳ" — "Ал Ваҳда". Ғаниев ва Эркинов жамоалари ўртасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  5 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  9 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  5 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  6 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0

Superliganing so'nggi turida xatolar yuzaga keldimi? Mutaxassisimiz tomonidan joriy yil uchun oxirgi hakamlik tahlili Yangiliklar

Superliganing so'nggi turida xatolar yuzaga keldimi? Mutaxassisimiz tomonidan joriy yil uchun oxirgi hakamlik tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev Superliganing 26-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlar tahlilini tayyorladi.

"Bunyodkor" – "Paxtakor" (VIDEO)

“Bunyodkor” futbolchisi xavfli yo'sinda kurashga kirishgani uchun jazolanishi kerak. U to'pga birinchi bo'lib tashlandi, lekin oyoqning yuza qismi bilan kurashga kirdi, uning oyog'i to'p ustidan o'tib ketdi va faqat omadi kelib, raqib oyog'ini shikastlamadi. Aks holda, qizil kartochka haqida so'z ochishimiz mumkin edi. Qaror: jarima zarbasi va oq libosdagi futbolchiga sariq kartochka ko'rsatish. Hakam “Bunyodkor” foydasiga jarima zarbasini belgilab, xatoga yo'l qo'ydi.


"Bunyodkor" – "Paxtakor" (VIDEO)

SHubhasiz qizil kartochkaga loyiq vaziyat. To'qnashuv nuqtasi "Paxtakor" futbolchisi oyog'ining boldir qismidan yuqorida sodir bo'lgan, uning oyoq qayrilgan, "Bunyodkor" o'yinchisi to'qnashuvdan qochishga harakat qilmaydi. "Bunyodkor" futbolchisining reakciyasidan ham ko'rinib turibdiki, u hammasini tushungan holda hakam bilan bahslashmadi. Hakam qarori to'g'ri va tezkor ravishda amalga oshirildi.


"Navbahor" – AGMK (VIDEO)

VAR uchun nozik vaziyat. Qiyinchilik shundaki, o'yinda qoidabuzarlik sodir bo'lganda to'p maydonda bo'lgan-bo'lmaganligini ko'rish juda qiyin. Men shunday deb o'ylayman: to'p chiziqqa tegib turgandi, yani 11 metrlik jarima zarbasi belgilanishi lozim. Intizomiy jazo: sariq kartochka berilishi kerak. Qizil kartochka ko'rsatilishi uchun tirsakni qurol sifatida ishlatish etarli emas. Ammo ushbu vaziyatda himoyachi tirsagi bilan emas, qo'li bilan raqibiga zarba beradi, qo'l orqali ishlatilgan qo'pollikda o'ta shiddatlilik nihoyatda darajada o'qtalish holati kuzatilmagan. Penalti adolatli tarzda belgilandi, ammo qizil kartochka masalasi savol uyg'otmoqda.


"Navbahor" – AGMK (VIDEO)

O'ylantiradigan vaziyat: “Navbahor” futbolchisi raqibning to'p uchun kurashda g'alaba qozonishni istamagan holda to'pga tashlanishi qizil kartochkadan dalolat beradi. Biroq oyoq harakatining kengayish masofasi hamda sezilarli tasir kuchiga ega zarba berish holati uchramagan, bu esa o'yin qoidalarini jiddiy ravishda buzish sifatida talqin qilishga imkon bermaydi. Qaror: jarima zarbasi va sariq kartochka. Hakam “Navbahor” futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatmay, xatoga yo'l qo'ydi.


"Dinamo" – "Qo'qon-1912" (VIDEO)

Darvoza ortidan ko'rsatiladigan yaxlit takroriy vaziyat etishmayapti. Ochig'i, darvozabon to'p uchun o'ynashga ulgurmadi, qo'qonlik futbolchi to'pga chap oyog'ini qo'yadi, shundan so'ng inerciya tufayli katta ehtimol bilan to'qnashuv sodir bo'ladi. Darvozabon oyog'ining holatiga qaraganda ham shuni ko'rish mumkin: birinchi navbatda, u raqib o'yinchisiga tik holatda tashlandi, keyin esa u oyog'ini keng yoyadi va raqib hujumchisining oyog'i bilan to'qnashadi. Menimcha, 11 metrlik jarima zarbasi belgilanib, darvozabonga sariq kartochka ko'rsatish kerak edi. Hakam esa nuqtaga ishora qilmadi.


"Dinamo" – "Qo'qon-1912" (VIDEO)

Bunday vaziyatda hakamlarning o'zaro hamkorligi juda muhim, chunki bosh hakam ko'proq epizodning oxirini ko'radi, yordamchi hakam esa unga ko'maklashishi va malumot etkazishi lozim. Bu vaziyatda “Dinamo” futbolchisi raqibdan oldinda borayotganini ko'ramiz. “Qo'qon-1912” himoyachisi to'pga etolmasligini his qilgan holda raqib futbolchisini qo'li bilan tortadi. Qaror: penalti belgilash va sariq kartochka. Ushbu epizodda hakamlar noto'g'ri qaror qabul qilishdi.


"Olimpik" – "Nasaf" (VIDEO)

“Nasaf” futbolchisi simulyaciya uchun jazolanishi va raqib foydasiga jarima zarbasi berilishi kerak. Hujumchi aslida sodir bo'lmagan to'qnashuvni ataylab soxtalashtiradi. U raqib himoyachisining oyog'idan hatlab o'tdi, so'ngra hakamni chalg'itmoqchi bo'ldi. Hakam epizodni to'g'ri baholadi, ammo simulyaciya uchun “Nasaf” futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatmadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика