So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  5 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  5 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  7 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

Superliganing eng kuchli darvozaboni kim? Yangiliklar

Superliganing eng kuchli darvozaboni kim?

Bu savolga javob topish juda mushkul.

Jamoalarning kuchi turlicha bo'lgani uchun o'tkazilgan gollar nisbati ham, quruq o'yinlar soni ham posbonning asl darajasini ko'rsatmaydi. Masalan, 25-turdan keyingi raqamlarga qarasak, "Navbahor" darvozasiga mavsum davomida 40 marta xavfli zarba borgan. "Dinamo" postiga esa 109ta shunday zarba yo'llangan. Tabiiyki, bunday sharoitda samarqandlik kiperlar ko'proq gol o'tkazadi.

Obektiv xulosaga erishish uchun darvoza tomon berilgan aniq zarbalarning nechtasi bartaraf qilinganiga qarash kerak. Masalan, Botirali Ergashevni olaylik. AGMK posboni 19 o'yinda o'zi tomon yo'llangan 45 zarbaning 34tasini qaytarishga erishdi. Yani, 75,5% vaziyatlarda jamoasining joniga oro kirgan. Bu hozircha Superligadagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi.

Bu yil maydonga chiqqanlardan faqat Rustam Nortojiev ("Lokomotiv", 45 daqiqa o'ynadi) bilan Azamat Ahmedov ("Surxon", 90 daqiqa o'ynadi) hisobida birorta ham seyv yo'q. 

Endi esa chempionatda 15+ o'yin o'tkazgan darvozabonlarning reytingi bilan tanishamiz (Ushbu ro'yxat "SportSTAT" malumotlari asosida shakllantirilgan).

futbolchio'yinlarzarbalarqaytarilgan
Botirali Ergashev (AGMK)194575,5%
Abduvohid Nematov ("Nasaf")162774%
Sanjar Quvvatov ("Paxtakor")174571,1%
O'tkir Yusupov ("Navbahor")254065%
Akbar To'raev ("Neftchi")163560%
Suhrob Sultonov ("Bunyodkor")195758,9%
Miloe Prakovich ("Dinamo")156056,6%
Milan Mitrovich ("So'g'diyona")246254,8%
Ignatiy Nesterov ("Qizilqum")205453,7%
Muzaffar Abdullaev ("Qo'qon-1912")194652,1%
Abdumavlon Abdujalilov ("Loko")256448,4%
Aleksandr Lobanov ("Metallurg")183040%

Bu raqamlar 2 soatdan keyin o'zgarib ketishi mumkin. 26-turni o'tkazib yubormang!

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика