So’nggi yangiliklar

23:15"Бавария"га "Брайтон" футболчиси керак  0 22:59"Андижон" яна икки футболчи билан шартнома имзолади  0 22:38Суперлиганинг 30-турида ҳакамлик таҳлили. Хатолар жуда кўп!  0 22:19Расман: Чаласан - "Андижон" футболчиси!  10 21:57Артета жароҳатлар сабабини айтди  0 21:25"Ливерпуль" "Лейпциг" ҳужумчисини таркибида кўрмоқчи  4 20:59Россия термаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5 20:32Расман: "Андижон" "Локомотив" посбони билан шартнома имзолади  5 20:17ЖЧ-2026 қуръаси олдидан. Анвар Ғофуров: "Мундиалда шов-шув қилишга қодир бўлган терма жамоамиз шаклланди"  2 20:05Расман: "Пахтакор" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди!  4 19:49"Нефтчи"ни яна бир футболчи тарк этди  3 19:33Эшитдик-да! Диёр Холматов жамоасини ўзгартирмоқда  13 19:27Инсайд тасдиқланди: Игорь Голбан энди "Андижон"да!  15 19:10Трент қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  6 18:45"Хоразм" етакчиси фаолиятини "Андижон"да давом эттиради  8

Superliganing 30-turida hakamlik tahlili. Xatolar juda ko'p! Yangiliklar

Superliganing 30-turida hakamlik tahlili. Xatolar juda ko'p!

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda Superliganing 30-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni sinchiklab o'rgandi.

"Nasaf" - "Dinamo"

"Dinamo" o'yinchisi jarima maydonidan tashqarida to'pni darvozabondan chetlatib o'tkazmoqda. Darvozabon, aniq to'pga etib bora olmasligini tushunib, qasddan raqibni chalishga urindi, ammo hujumchi yiqilmadi. Shu sababli himoyachi yakkama-yakka kurashga kirishib, raqibni to'xtatishga ulgurdi. Hakam jarima zarbasi belgilab, raqibni aniq gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun darvozabonni maydondan chetlatishi kerak edi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Navbahor" - "Paxtakor"

"Paxtakor" o'yinchisi hakamlar qaroriga norozilik bildirdi va buning uchun o'rinli ogohlantirish oldi. Keyingi voqealarni bu takrordan aniqlay olmaymiz, futbolchi ikkinchi sariq kartochkani nima uchun olganini bilmaymiz. Ehtimol, u so'z orqali noroziligini bildirishda davom etgandir. Ushbu vaziyatda hakam xatoga yo'l qo'ygan deb aniq ayta olmaymiz. Biroq ko'plab mamlakatlar hakamlik departamentlarining tavsiyasiga ko'ra, ikkinchi sariq kartochka odatda ochiq-oydin norozlik uchun ko'rsatilishi kerak. Bu erda esa vaziyat o'ta bahsli. Bir daqiqa ichida etiroz uchun ikkita sariq kartochka berish – haddan tashqari qattiq jazo.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


OKMK – "Mashal"

Bizningcha, hakam yordamchisi yaqqol xatoga yo'l qo'ydi. "Mashal" o'yinchisi to'p uzatilgan paytda ofsaydda emasdi. Shu bilan birga, VAR tizimi qo'llaniladigan bunday holatlarda yordamchi hakam o'yinni to'xtatmasligi, gol kiritilgandan keyingina ofsaydni qayd etishi kerak. Ammo yordamchi hakam bayroqchani ko'tarib, "Mashal"ni haqli goldan mahrum qildi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


❌✅ "Bunyodkor" - "Andijon"

Bosh hakam avvaliga “Bunyodkor” o'yinchisini ehtiyotsiz harakatlari uchun jazolamasdan xatoga yo'l qo'ydi. Harakatda sakrash holati mavjud – faqat zarba yo'naltirilgan nuqta qizil kartochkadan saqlab qoldi. Hakam vaziyatga juda yaqin turgani esa savollarni yanada ko'paytirdi. Shundan keyin VAR noo'rin ravishda aralashdi va hakamni epizodni qizil kartochkaga qayta ko'rib chiqishga chaqirdi. Videotakrordan so'ng bosh hakam to'g'ri qaror qabul qildi va qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatdi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Bunyodkor" - "Andijon"

“Bunyodkor” himoyachisi o'z joyida turib,  jarima maydonida qo'l bilan ochiq-oydin o'ynamoqda. Qo'l tanadan chetga chiqqan va tana hajmini tabiiy bo'lmagan darajada kattalashtirgan. Hozirgi qoidalar talqiniga ko'ra, to'p darvoza tomon uchib borayotgan bo'lsa ham, ushbu vaziyatda sariq kartochka talab etilmaydi, chunki futbolchi qo'l bilan qasddan o'ynamagan. To'g'ri qaror – kartochkasiz penalti.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Buxoro" - "Surxon"

“Surxon” futbolchisi ochiq-oydin tarzda raqibni provokaciya qiladi va to'p uchun kurashmasdan, “Buxoro” o'yinchisini turtdi. Raqib esa javoban yana kuchliroq turtdi, ammo bizning fikrimizcha, bu harakat ortiqcha kuch ishlatish darajasiga etmagan. Shundan so'ng har ikki futbolchi sportga xos bo'lmagan tarzda o'zini tutishda davom etdi va qoidalarga ko'ra, ularning har biri ikkitadan sariq kartochka olib, maydondan chetlatilishi kerak edi.

Biz bu holatda hakam qiyin, ammo o'yin ruhiga mos to'g'ri qaror qabul qilgan, deb hisoblaymiz – u butun epizodni inobatga olgan holda har ikki o'yinchiga faqat bittadan sariq kartochka ko'rsatdi. Qolgan qatnashchilarga kelsak, videotakrorga ko'ra, ular faqat mojaroni to'xtatishga, tomonlarni ajratishga uringan.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Buxoro" - "Surxon"

"Buxoro" futbolchisi raqibni yon tomondan ko'rdi, ammo shunga qaramay, haddan tashqari kuch bilan boshga zarba berdi. Ha, u butsa tishlari bilan emas, lekin etarlicha kuchli zarba berdi. Fikrimizcha, hakam to'g'ri qaror qabul qildi va "Buxoro" futbolchisini jiddiy qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatdi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona"

“So'g'diyona” futbolchisi raqibning to'pig'idan yuqori qismini butsa tishlari bilan bosdi, tana og'irligini o'ng oyog'iga o'tkazdi va "bosib o'tish"ni amalga oshiradi, bunda to'qnashuvdan qochishga yoki hech bo'lmaganda uni yumshatishga harakat qilmadi. To'g'ri qaror – o'yin qoidasini jiddiy buzganlik uchun qizil kartochka.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Xorazm" - "Neftchi"

"Xorazm" jamoasi o'yinchisi, bizning fikrimizcha, to'pga o'ynamay, raqibining oyog'iga zarba berib, qoidani buzmoqda va bu "Neftchi" o'yinchisining yiqilishiga sabab bo'ldi. Aynan shu hujum bosqichida "Xorazm" gol urdi. To'g'ri qaror – golni bekor qilish va himoyalanayotgan jamoa foydasiga jarima zarbasi tayinlash.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


Shu tariqa, Superliganing 30-tur o'yinlarida hakamlar beshta xatoga yo'l qo'ydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика