So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  10 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  2 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  5 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  3 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  18 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Superligaga qaytgan "Neftchi"da moliyaviy inqiroz boshlandimi? Yangiliklar

Superligaga qaytgan "Neftchi"da moliyaviy inqiroz boshlandimi?

Bugun "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev saytimiz mehmoni bo'lganidan xabaringiz bor.

"Qaldirg'ochlar" rahbari suhbat davomida jamoa etakchilariga boshqa klublardan katta takliflar tushayotgani to'g'risida malumot berdi. SHuningdek, Superligaga qaytgan "Neftchi" o'z tarkibini kuchaytirish yo'lida jiddiy harakat qilayotgani, Ilhom Mo'minjonov kelasi yil yaxshi jamoa shakllantirishi kutilayotgani aytildi. 

Eshitishimizga qaraganda, jamoa rahbariyati Superliga klublarida to'p tepayotgan tajribali futbolchilarga yaxshigina pul taklif qilishmoqda. Biz esa "Neftchi" ichidagi muhitni bilish maqsadida Farg'ona klubi vakillari bilan bog'landik.

Ming afsuski, o'yinchilarning ayni paytdagi kayfiyati juda yomon. Ular oylik maoshlari to'lanmayotganidan norozi. SHuningdek, chempionlik uchun mavsum avvalida vada qilingan bonuslardan ham darak yo'q ekan. "Neftchi" vakillarining hisob raqamlariga avgust oyida yutilgan o'yinlar uchun mukofot pullari hanuzgacha o'tkazib berilmagan. 

Tarkibdagi bazi o'yinchilar ketkazib yuborilgani aytilmoqda. Malum bo'lishicha, o'z haqqini ololmayotgan bir necha nafar futbolchining moliyaviy holati yomonlashib, jamoadoshlaridan qarz ko'tarishga majbur bo'lmoqda. Bazilar esa o'z haqqi undirib berilishini so'rab, FIFAga arz qilish haqida o'ylamoqda.

Umid qilamizki, mavjud muammolar zudlik bilan hal qilinadi va farg'onaliklar matbuot xizmati tez orada bu haqda malumot beradi. Agar ushbu holat bo'yicha intervyu berishni istaganlar bo'lsa, Championat.asia'ning eshiklari har doim hamma uchun ochiqligini eslatib o'tamiz.

P.s. Rivojlanishning "Neftchi" tanlagan yo'li xatoligi to'g'risida yil avvalida yozgandik. O'sha maqolaga etiroz qilib, muallifni haqoratlashgacha borgan barcha muxlislarga "Assalomu alaykum!" degan holda takror o'qib chiqishni tavsiya qilamiz:  "Futboldagi so'qirlik" (10 yanvar).

Muallif :
Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика