So’nggi yangiliklar

14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  0 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  5 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  1 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  9 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  8 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  5 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  10 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  27 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  3 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4

Superligada 7-turning eng yaxshilari "Bunyodkor" va "Andijon"dan bo'ldi Yangiliklar

Superligada 7-turning eng yaxshilari "Bunyodkor" va "Andijon"dan bo'ldi

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 7-turining eng yaxshilarini aniqladi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 7-turning eng yaxshi darvozaboni - Marin Lyubich ("Bunyodkor").

"Bunyodkor" bu tur Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuv davomida "qaldirg'ochlar" posboni Marin Lyubich 5ta seyv ijro etdi va darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 7-turning eng yaxshi murabbiyi - Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor").

Ko'pichlik bu turda "Bunyodkor"ning Qarshidan mag'lubiyat bilan qaytishini taxmin qilgandi. Ammo chempionlikka davogar hisoblangan "Nasaf" maydonida durangga erishdi. Kamiga "qaldirg'ochlar" 67-daqiqadan boshlab 10 kishi bo'lib qolishdi. SHunga qaramay "Bunyodkor" safardan muhim ochko bilan qaytdi. SHu tariqa, Zeytullaev 7-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 7-turning eng chiroyli goli muallifi - Farhod Sohibjonov ("Andijon").

"Andijon" mazkur tur Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning 52-daqiqasida qanotdan Abdumannonov uzatgan to'pni Farhod Sohibjonov Zlatan Ibragimovich uslubida Sanjar Quvvatov qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Aynan mana shu gol 7-turning eng chiroyli goli deb topildi.

GOLNI TOMOSHA QILISH




"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 7-turning eng yaxshi futbolchisi - Bektemir Abdumannonov ("Andijon").

"Andijon" safida vodiy derbisida Bektemir Abdumannonov juda faol o'ynadi. Birinchi taymning 15-daqiqasida sheriklari boshlagan hujumni gol bilan yakunladi va ikkinchi taym boshida Sohibjonovga golli uzatmani amalga oshirdi. Umuman o'yin davomida ham juda faol bo'lgan Abdumannonov Superliga 7-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика