So’nggi yangiliklar

09:30Канте Европага қайтиши мумкин  0 09:02МЮ қишда АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  0 08:33Суперлига. Бугун "Бухоро" яна "Бобур Арена"да ўйнайди  4 08:08БАА. "Ўзбек дербиси"да ҳамюртларимиз Sofascore томонидан неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:41Sofascore. Тўпурарлар пойгасида пешқадам бўлиб олган Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  3 00:51Пеп Гвардиола: "Биз ҳали энг юқори даражамизда эмасмиз"  1 00:05Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" Шомуродовнинг голи эвазига ғалаба қозонди  19 23:55Ямалнинг соғлиғида яна муаммолар бошланди  8 23:35Эрон. "Истиқлол" ишончли ғалаба қайд этди  0 23:18Верратти Доннарумма ҳақида: "У ҳафа бўлганди"  1 22:50Асрор Алиқулов: "Шўртан"да ким ишламасин ёки клубимизга ким алоқадор бўлмасин ҳамма ғалабани кутаётганди"  0 22:45Суперлига. "Шўртан" – ОКМК 4:3  0 22:28Миржалол Қосимов: "Агар имкониятим бўлганида футболчилар миясига кириб иккинчи таймга нима хаёлда чиқишганини билган бўлардим"  6 22:10Гвардиола Родри ва Холанднинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0 21:53Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалаба қозонди  0

Superliga yana to'xtaydimi? Yangiliklar

Superliga yana to'xtaydimi?

Bugun Championat.asia O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Armaniston bilan o'ynashini elon qildi.

Yaxshi, ammo kishini mushohada qilishga majburlaydigan xabar. Superligada medallar uchun kurashayotgan jamoalar o'rtoqlik uchrashuvi chempionat taqvimiga tasir qilish-qilmasligi bilan qiziqmoqda. SHu masalani atrofilicha tahlil qilib ko'rdik.

Xabar to'g'rimi?

Bu borada malumot olish uchun terma jamoalar markazi rahbari bilan bog'landik. 

"Bu sizlarga qaerdan sizib chiqqanini bilmayman. Lekin hali hech kim bilan o'rtoqlik uchrashuvi masalasida shartnoma qilganimiz yo'q. Variantlar orasida Armaniston ham, Kongo ham bor. Muzokaralar davom etyapti", — deydi Usmon Toshev.

Taqvim bo'yicha

Bu masalada klublarning xavotirlanishiga asos bor. O'rtoqlik o'yinlari 14-20 noyabr oralig'ida o'tkazilar ekan. CHempionatning oxirgi turi ham 19 noyabr kuniga belgilangan. Agar terma jamoa yig'ilsa, Superligada noqulay tanaffus yuzaga kelishi mumkin.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida O'zPFL rahbari (Diyor Imomxo'jaev) bilan bog'landik:

— Armaniston bilan o'yin to'g'risida xabar chiqqanidan keyin mahalliy klublar noroziligini yashirmayapti. PFL xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha ogohlantirish oldimi?

— Yo'q, hech kim rasman aytmadi. To'g'risi, bu haqda Championat.asia'dan bildim.

— Taqvim tuzishdan oldin terma jamoalar bo'limining fikri inobatga olinganmi?

— Biz may oyida chempionat qachon tugashini elon qilganmiz. O'shanda barcha klublar, terma jamoalar bo'limining rejalari so'ralgan va shu asosda ishlangan.

— Ko'pchilik norozi. Superliganing oxirgi turi oldidan tanaffus bo'ladimi?

— Men klublarning fikriga qo'shilaman. O'ylaymanki, chempionatni hamma hurmat qiladi. Oxirgi tur o'tganidan keyin istalgancha o'rtoqlik o'yini tashkil qilsa bo'ladi. Buning ustiga Armaniston tanlangan bo'lsa, raqib mundialga chiqolmaganini unutmaslik kerak. 20 noyabrdan keyin o'ynalsa ham, hech narsa yutqazilmaydi.

Yuqorida O'FA terma jamoalar bo'limi haliyam variantlar o'rganilayotgani, o'rtoqlik uchrashuvi sanasi va qaysi jamoa raqib bo'lishi aniq emasligini bildirgani haqida aytdik. Ammo Xugo Bros O'FA bilan aynan 14-20 noyabr oralig'ida o'ynash bo'yicha muzokara o'tkazilayotganini aytdi. Belgiyalik mutaxassisning gaplari rost bo'lsa, klublarimiz oxirgi tur oldidan majburiy tanaffusga chiqadi. Buning qanday salbiy jihatlari bor?

Mazkur savolga Superliganing eng tajribali futbolchilaridan biri, AGMK sardori Sanjar Tursunovdan javob oldik:

"Adashmasam, bu haqda rasmiy gap aytilgani yo'q. Mabodo kimdir shunaqa o'ylayotgan bo'lsa, noto'g'ri ekanini tushuntirish kerak. 

CHempionatdagi intrigani ko'rib turibsiz. Oxirgi turda biz "Navbahor" bilan o'ynaymiz, Toshkentda derbi bor, "Nasaf" "Olimpik" mehmoni bo'ladi. Ligada qolish uchun kurashayotganlar ham o'zaro to'qnashadi. Bu holatda elon qilinadigan tanaffus kimnidir ritmdan chiqarib yuborishi aniq.

Bundan tashqari, tashkiliy jihatdan ham yangi muammolar paydo bo'ladi. Barcha klublar oldindan tuzilgan reja bo'yicha tayyorlanadi. Siz aytgandek bo'lsa, 14 ta klub va ularda ishlovchi minglab insonlar uchun yangi muammo paydo bo'ladi... 

Qachondir bizda ham hamma hurmat qiladigan yillik taqvimlar chiqarilishini kutamiz. Bu kichik narsadek ko'rinishi mumkin. Lekin professionalizm ana shu mayda detallarda ko'rinadi".

Xullas, bugungi xabar jamoalarimiz tomonidan iliq kutib olinmadi. Umid qilamizki, O'FA ham klublarimizni hurmat qilib, chempionatning yuqori tempda tugashiga to'sqinlik qilmaydi.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика