So’nggi yangiliklar

09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  0 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  8 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  2 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  6 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  15 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2

Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday? Uchta klub aniq taklif bilan chiqqan Yangiliklar

Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday? Uchta klub aniq taklif bilan chiqqan

O'tgan yilning 11 dekabr kuni Liga OAV bilan ochiq muloqot o'tkazgan bo'lib o'tdi.

14 dekabr kuni «Superliga va Pro liga reglamenti»ga kiritilayotgan ayrim o'zgarishlarni Superliga klublariga taqdim etdi.

«Superliga va Pro liga reglamenti» bosqichma-bosqich isloh qilingan bo'lib, uning asosiy mezonlari hamda mantig'i so'nggi uch mavsumdan buyon o'zgarishsiz ishlab kelmoqda. Yani, futbolchi hamda klub personalini ro'yxatdan o'tkazish, mavsum qaydnomasi, futbolchilarni ijaraga berish va shu bilan bog'liq asosiy principlar shakllanib ulgurgan. Liga o'z odatiga ko'ra har mavsum oldidan reglamentga kiritilayotgan o'zgarishlar bilan jamoatchilikni tanishtirib boradi.

Yangi mavsum reglamenti yuzasidan faqatgina «Neftchi» hech qanday taklif kiritmadi. OKMK, «Navbahor», «So'g'diyona», «Surxon», «Andijon», «Mashal», «Buxoro» va «Qo'qon-1912» reglament yuzasidan hech qanday etiroz yoki qo'shimcha mavjud emasligini bildirdi.

U21 bellashuvlarining asosiy tarkib o'yinida bir kun oldin bo'lib o'tishi masalasini yoqlab uch klub ovoz berdi. Liga mazkur masalaga alohida to'xtalib o'tadi.

SHuningdek, Associaciya hamda Liga tomonidan Superliga ro'yxatiga kiritilayotgan futbolchining mehnatiga haq to'lashning minimal miqdorini kamaytirish masalasida uch klub taklif bilan chiqqan. Ular orasida o'z futbolchilariga katta miqdorda haq to'layotgan ikki klub borligidan kelib chiqib, Liga ularning mazkur taklifiga etibor qaratmaydi. Professional futbolchi maqomi va boshqa qator faktorlar kelib chiqib, Associaciya, Liga hamda Uyushma bu borada yakuniy qarorga kelgan. Superliga klubi mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini yanada kamaytirishni emas, balki etakchi futbolchilar bilan mehnat shartnomasi imzolayotganda meyor va o'lchovni hisobga olishi shartligi mamlakat futboliga javobgar tashkilotlar tomonidan aniq belgilab qo'yilgan.

Liga reglamentning aniq bandlari bo'yicha nisbatan konkret takliflar kiritgan «Paxtakor», «Nasaf» va «Bunyodkor» klublari takliflarini alohida ochiqlaydi va bunga o'z munosabatini bildiradi. SHuningdek, klublarga taklif kiritish uchun etarlicha muddat berilganidan kelib chiqib, bundan keyingi takliflarni inobatga olmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика