So’nggi yangiliklar

11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  1 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  0 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9

Superliga. "So'g'diyona" 10 kishi bo'lib "Neftchi" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" 10 kishi bo'lib "Neftchi" bilan durang o'ynadi

Teglar :  So'g'diyonaNeftchi
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini va eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


O'yinning 12-daqiqasida SHohruz Norxonovning kuchli va aniq zarbasini Mirniy qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, ajoyib seyv. 20-daqiqada stadion projektorlaridan biri o'chib qolgani tufayli 2 daqiqa to'xtalish bo'ldi.

26-daqiqada Iskandar SHoyqulov burchak to'pidan so'ng gol urishga yaqin kelgandi, uning zarbasi noaniq ketdi. 

36-daqiqada o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Norxonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Mirniy to'pni qaytardi, ajoyib seyv.

39-daqiqada Dilmurod Karimov chamasi 30 metrlardan kuchli zarba berdi, biroz noaniq! 

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

52-daqiqada Azamat Isroilov hisobni ochishi mumkin edi, uning zarbasi noaniq ketdi.

59-daqiqada kuchli shamol tufayli stadiondagi barcha chiroqlar o'chib qoldi... Bahs to'xtatilgan. O'yin davom etadi, chiroq keldi.

85-daqiqada Dilmurod Karimov Abdulaziz Yusupovga nisbatan o'ta qo'pol o'ynagani uchun maydondan chetlatildi. 

O'yinga 10 daqiqa qo'shib berildi.

90+1-daqiqada Jahongir Abdumo'minovning jarimadan yo'llagan zarbasini Mirniy qaytardi, ajoyib seyv!

Uchrashuvda hisob ochilmadi. 



10 mart (shanba). Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 8512 tomoshabin
20:00 - “So'g'diyona” – “Neftchi” 0:0  
Hakamlar: 
A.Asimov (Toshkent), M.Majidov (Namangan), R.Fozilov (Namangan), R.Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi – S.Najavaliev (Toshkent).
Komissar – S.Qudratullaev.

"So'g'diyona: 23. Dilshod Hamroev, 3. Azamat Isroilov (5. Farxod Miraxmatov, 88), 4. Elyor Orifov, 6. Dilmurod Karimov, 9. Sardorbek Azimov (77. Izzatilla Abdullaev, 81), 10. SHoxruz Norxonov, 19. Alisher Ziyaviddinov (20. Iqbol Malikjonov, 46), 26. Akmal Xolmurodov, 31. Jahongir Abdumo'minov, 33. Toxirjon SHamsitdinov, 99. Nurillo To'xtasinov
Zaxira: 1. SHirinboy Abdullaev, 2. Sardor Qulmatov, 7. Doniyor Odilov, 8. Doniyor Xasanov, 15. SHoxrux Xolmatov, 85. Ruslan Melziddinov

"Neftchi": 77.Vitaliy Mirniy, 3.SHukurali Po'latov, 95.Doston Tursunov, 2.Iskandar SHoyqulov, 5.Jalil Kimsanov,  20.Husniddin G'ofurov, 8.Abbos Maxstaliev, 22.Abdujamol Isroilov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (10.Anvar Berdiev, 74), 55.Avaz Agaliev (6.Otabek Ahmadjonov, 58), 9. Abdulaziz Yusupov (29.Vyacheslav Sushkin, 90)
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 21.Farruh Turdaliev, 27.Davron Mamatov, 25.Alisher Samatov, 19.Abbosbek O'lmasaliev, 11.Elyor Mamasoliev,

Ogohlantirishlar: SHukurali Po'latov 7, Jahongir Abdumo'minov 41, Doston Tursunov 56,

CHetlatish: Dilmurod Karimov 84

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика