So’nggi yangiliklar

19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  3 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  2 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  37 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1

Superliga. "Qizilqum" – "Xorazm" uchrashuvi qoldirildi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" – "Xorazm" uchrashuvi qoldirildi

Bunga yaqin kunlarda Samarqandda o'tkaziladigan tadbir sabab bo'ldi.

O'zPFL matbuot xizmati Superliga 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" — "Xorazm" o'yini Samarqanddagi tadbirlar sabab boshqa kunga qoldirilgani haqida malum qildi.

"Superliga 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" — "Xorazm" o'yini 5 aprel sanasiga rejalashtirilgandi. Mazkur bellashuv Samarqand shahridagi tadbirlar sabab qoldirildi. 

3-5 aprel kunlari Samarqand Markaziy Osiyo — Evropa ittifoqi rasmiy sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo'lida birdamlik” mavzusidagi xalqaro konferenciyaga mezbonlik qiladi. Shundan kelib chiqib, Superliga jamoalarining shaharga kirishi, harakatlanishi va futbol uchrashuvini tashkil etishda muammolar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida Samarqand viloyati hokimligi Ligaga Superliga o'yinini ko'chirish taklifi bilan chiqdi.

Tabiiyki, bunday holat har ikki jamoa futbol muxlislarining o'yinni bevosita stadiondan tomosha qilishida ham ayrim cheklovlarga sabab bo'lishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida Liga Samarqand viloyati hokimligining taklifini qabul qiladi. 

Endilikda Superliga 4-turidan o'rin olgan Qizilqum — Xorazm o'yini aprel-may oylaridagi taqvim, shuningdek, har ikki jamoa tarkibida milliy terma jamoalarga jalb etilishi mumkin bo'lgan futbolchilar kamsonli ekanligidan kelib chiqib, FIFA kunlar vaqtida — 6-iyun kuni tashkil etiladi", -deyiladi O'zPFL xabarida.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика