Superliga qaytmoqda. "Nasaf" chempionlikka yaqinlashadimi? "Navbahor" yana "Istiqlol"da mehmon, poytaxt derbisida esa 10 yillik anana tugashi mumkin
18 okt 2024 09:27
Yangiliklar
Superliga qaytmoqda. "Nasaf" chempionlikka yaqinlashadimi? "Navbahor" yana "Istiqlol"da mehmon, poytaxt derbisida esa 10 yillik anana tugashi mumkin
Mavsumning qaynoq pallasida bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. Biz esa 21-tur oldidan ayrim faktlar, malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.
|
Nasaf Zoran Marushich - 17' |
Superliga. 21-tur 18/10/2024, 18:00 1
:
1
Tugadi
|
Surxon Abdug'afur Haydarov - 62' |
"Nasaf" - "Surxon"
- "Surxon" o'z tarixida hali "Nasaf" maydonida g'alaba qozongani yo'q. Jamoalarning Qarshidagi o'zaro 13 ta uchrashuvining barchasida mezbonlar g'alabani tantana qilgan.
- "Nasaf" joriy mavsumda o'z maydonida mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turibdi. "Ajdarlar" 10 ta bahsning 8tasida g'alabani nishonlagan bo'lsa, 2 ta o'yinda durang qayd etilgan.
- "Surxon" so'nggi 3 ta safar uchrashuvida mag'lub bo'ldi. Termizliklar oxirgi marotaba 22 avgust kuni mehmonda "Paxtakor"dan ustun kelgandi.
- Fevzi Davletov shogirdlari Superligada 4 ta o'yindan beri gol urayotgani yo'q. Jamoa so'nggi bor 18 avgust kuni "Bobur Arena"da "Andijon" darvozasiga yo'l topa olgan.
- "Surxon"da g'alabasiz seriya ketma-ket 4 ta o'yinga etdi. Oxirgi g'alaba 16-turda "burgutlar" ustidan qozonilgan (3:2).
|
Lokomotiv Valeriy Kichin - 11', Valeriy Kichin - 38' |
Superliga. 21-tur 19/10/2024, 15:00 3
:
2
Tugadi
|
Bunyodkor Andriya Filipovich - 24', Ahmadillo Muqumjonov - 68', Luis Kachorri - 86' |
"Lokomotiv" - "Bunyodkor"
- "Temiryo'lchilar" 3 yildan buyon "Bunyodkor"dan 3 ochko olishni uddasidan chiqayotgani yo'q. Oxirgi g'alaba 2021 yilgi mavsumning 6-turida qayd etilgan (2:1)
- "Bunyodkor" 10 yildan beri mehmonda "Loko"ni yuta olmayapti. Poytaxt klubining raqibi maydonidagi so'nggi g'alabasi 2014 yil yuz bergan (2:1).
- Ilyos Zeytullaev jamoasi so'nggi 3 ta o'yinda 7 ochko to'plashni uddasidan chiqdi. "Lokomotiv"da bu ko'rsatkich 3 ochkoni tashkil qiladi.
- Aleksandr Krestinin 2023 yil bir davra "Bunyodkor"ni boshqargan edi va u endi sobiq jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
"Metallurg" - "Andijon"
- "Andijon"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 7 ta o'yinga etdi va jamoa ikkinchi davrada hali 3 ochko qo'lga kiritgani yo'q.
- "Burgutlar" 5 yildan beri "Metallurg"ni mehmonda taslim eta olishayotgani yo'q. Jamoaning oxirgi g'alabasi 2019 yilgi mavsumning 16-turida tantana qilgan. Qiziq fakt, o'shanda jamoaning ustozi Aleksandr Xomyakov bo'lgan.
- Bekobodliklar bu yil Superligadagi yagona g'alabasini uy uchrashuvida qo'lga kiritdi ("Metallurg" - "Paxtakor" 3:2)
- Jamoalar o'rtasidagi o'zaro 8 ta o'yindan beri darvozalarga gol urilmoqda. Gol urilmagan so'nggi o'yin 2016 yil 22 oktyabr sanasida 0:0 natijasi bilan tugagan.
|
Neftchi Anvar G’ofurov - 3', Sanzhar Qodirqulov - 90' |
Superliga. 21-tur 20/10/2024, 15:00 2
:
2
Tugadi
|
Navbahor Toma Tabatadze - 80', Azim Ahmedov - 90' |
"Neftchi" - "Navbahor"
- "Navbahor" 15 kundan so'ng yana "Istiqlol" stadionida mehmon bo'ladi, bu safar raqib maydon egasi "Neftchi".
- Farg'onaliklar 6 yildan buyon "lochinlar" ustidan zafar quchayotgani yo'q. Jamoaning so'nggi g'alabasini 2018 yil qo'lga kiritgan. Keyingi 6 ta uchrashuvning 5 tasida durang, 1tasida namanganliklar yutuqni o'ziniki qilgan.
- "Neftchi"da duranglar seriyasi ketmoqda. Superligada ketma-ket 3 ta bellashuv murosasi natija bilan tugagan ("Paxtakor" 0:0, "Qizilqum" 2:2, "Andijon" 0:0)
- Sergey Lushchan shogirdlari mehmonda ketma-ket 3 ta o'yinda g'alaba qozondi (kubok yarim finali bilan birga 4 ta).
- "Navbahor" ustozi Sergey Lushchan murabbiy sifatida Superligada so'nggi 4 ta o'yinda "Neftchi"ga yutqazgani yo'q (2018 yilgi mavsumda "So'g'diyona" boshqaruvida 3 g'alaba, 2017 yil "Bunyodkor" bilan 1 g'alaba)
|
Olimpik Sunnatilla Abdullazhonov - 45' |
Superliga. 21-tur 20/10/2024, 17:15 0
:
1
Tugadi
|
Qizilqum |
"Olimpik" - "Qizilqum"
- "Olimpik" ikkinchi davrani "Andijon" singari g'alabasiz seriya bilan davom ettirmoqda. Jamoa so'nggi g'alabasini 25 iyun kuni "Surxon" ustidan qo'lga kiritgan.
- Jamoalarning o'zaro o'yinlarida tenglik yuzaga kelgan. Ikki jamoada ham 2 g'alaba va 1 durang bor.
- "Qizilqum" 2024 yil mehmondagi yagona g'alabasini 1-turda "Bunyodkor" maydonida nishonlagan edi.
|
So'g'diyona |
Superliga. 21-tur 21/10/2024, 18:00 1
:
1
Tugadi
|
OKMK Ruben Sanchez - 11', Islom Tuxtaxo’jayev - 87' |
"So'g'diyona" - OKMK
- Bu mavsumning eng ko'p gol (8 ta) urilgan o'yini bu jamoalar o'rtasidagi bahsga to'g'ri keldi (5:3)
- "So'g'diyona" o'z maydonida 5 yildan beri OKMKni engishni uddasidan chiqmayapti (2019 yil 1:0). Jizzaxdagi oxirgi 4 ta o'yinning 2 durang, 2 mag'lubiyat qayd etilgan.
- Ivan Boshkovich shogirdlari ikkinchi davrada uyda hali g'alaba qozongani yo'q (2 durang, 1 mag'lubiyat).
- "So'g'diyona" o'zaro uchrashuvlarda oxirgi bor 2021 yil olmaliqliklardan mehmonda ustun kelgan (1:0). So'nggi 5 ta to'qnashuvning barchasida "konchilar" 3 ochkolik bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar