So’nggi yangiliklar

08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  6 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  6 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  13 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6

Superliga. "Surxon" 30 yildan keyin yana "Paxtakor"ni Toshkentda mag'lubiyatga uchratdi! Yangiliklar

Superliga. "Surxon" 30 yildan keyin yana "Paxtakor"ni Toshkentda mag'lubiyatga uchratdi!

Superliganing 14-turning qoldirilgan "Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Paxtakor" — "Surxon" 0:1
Gol: Jahongir Abdusalomov (23)
22.08.2024. 19:00
"Jar" stadioni, Toshkent
Bosh hakam: Akmal Rahimov
Yordamchi hakamlar: Oybek Kalaxo'jaev, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Jaloliddin Xusniddinov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Vladimir Nazarov

"Paxtakor" — 35.Pavel Pavlyuchenko, 3.SHaxzod Azmiddinov (40.Kimi Merk 46), 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Xamraliev, 7.Xojiakbar Alijonov, 10.Dragan CHeran (99.Ulug'bek Hoshimov 75), 17.Dostonbek Hamdamov (6.Muhammadali O'rinboev 75), 22.Umar Adxamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (8.Diyor Xolmatov 75), 33.Doniyor Abdumannopov.
Zaxira: 12.Validmir Nazarov, 2.Bexruzbek Asqarov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.

"Surxon" — 86.Davron Merganov, 3.Sunnatullox Xamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 7.Dostonbek Tursunov (6.Behzod SHamsiev 68), 8.Xumoyun SHerbo'taev (2.Bobirjon Asqarov 68), 10.Dmitriy Pletnyov (14.Sarvar Abduhamidov 88), 11.Abdug'afur Haydarov (19.Muhammad-Ali Abdurahmonov 63) 17.Jahongirbek Abdusalomov (15.Diyor Ramazonov 88), 27.Asilbek Jumaev, 66.Bexro'z SHaydulov.
Zaxira: 25.Maksim Murkaev, 22.Javohir Jo'raev, 23.Egor Krimec, 77.Asadbek Karimov. 

Ogohlantirishlar: Pavel Pavlchenko (29); Doniyor Abdumannopov (35); Umar Adxamzoda (90+8) — Davron Merganov (43); Dmitriy Pletnyov (52); Behzod SHamsiev (90+8).


Paxtakor

Superliga. 14-tur

22/08/2024, 19:00

1
:
0
Tugadi

Surxon

Jahongir Abdusalomov - 23'

45'
90'
29'  Pavel Pavlyuchenko
35'  Doniyor Abdumannopov
46'  SHahzod Azmiddinov (Kimi Merk)
75'  Dragan CHeran (Ulug'bek Hoshimov)
75'  Dostonbek Hamdamov (Muhammadali O'rinboyev)
75'  Sardor Sobirxo’jayev (Diyor Xolmatov)
90'  Umar Adhamzoda
23'  Jahongir Abdusalomov
43'  Davron Merganov
52'  Dmitriy Pletnyov
63'  Abdug'afur Haydarov (Muhammadali Abdurahmonov )
68'  Humoyun SHerbo'taev (Bobur Asqarov)
68'  Dostonbek Tursunov (Behzod SHamsiev)
89'  Jahongir Abdusalomov (Sarvar Abduhamidov)
90'  Behzod SHamsiev


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz ham mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Surxon" sensacion ravishda "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchratdi!

90+8-daqiqa. Ogohlantirishlar! Bexzod SHamsiev va Umar Adxamzoda sariq kartochka bilan ogohlantirildi!

90+7-daqiqa. Alijonovning qanotdan uzatgan to'pini Kimi Merk boshi bilan darvozaga to'g'rilab yuborishga urindi, lekin niyatiga eta olmadi.  

90+6-daqiqa. Hakam qo'shib bergan daqiqalar ham yakuniga etdi. Lekin o'sha daqiqalar davomida ham pauzalar bo'lgani tufayli o'yin davom etadi. 

90+4-daqiqa. To'pni qo'li bilan o'ynagi etmagandek, Hoshimov raqib darvozaboniga ham qo'pollik ishlatdi. Bu esa "Paxtakor" uchun qimmatli vaqt qo'ldan chiqishiga sabab bo'lmoqda.  

90+3-daqiqa. Diyor Xolmatov yana bir bor zarba berib ko'rdi, lekin bu safar ham biroz noaniq. 

90+1-daqiqa. "Surxon" vakili Xodjaniyazov shifokorlar yordamiga muhtoj.

90+1-daqiqa. Alijonovning zarbasidan keyin to'p to'rga borib tegdi, lekin tashqi tomondan

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi!

89-daqiqa. Dmitriy Pletnyov o'rniga Sarvar Abduhamidov, Jaxongir Abdusalomov o'rniga Diyor Ramazonov maydonga tushdi. 

87-daqiqa. "Paxtakor"ning bu safargi hujumi ham samarasiz ketdi. 

85-daqiqa. Qanday qilib va nega? Ulug'bek Hoshimov yana yaxshi vaziyatga chiqdi va negadir o'zidan ham qulayroq nuqtada turgan Kimi Merkka oshirmagan to'pini, hech bo'lmasa darvozaga aniq yo'llashnida uddalay olmadi.   

83-daqiqa. Ulug'bek Hoshimov ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, biroq undan unumli foydalana olmadi. 

81-daqiqa. Diyor Xolmatov jarima maydonchasiga kirmay, zarba yo'lladi — bu safar ham Merganov o'z o'rnida.  

80-daqiqa. Paxtakor" to'p bilan, ammo oldinga o'tishga imkon topilmayapti. 

Uzatmadan keyin jarima maydonchasi ichida Kimi Merk hammadan balandroq sakradi va zarba yo'llashga imkon topdi, ammo uning urinishiga aniqlik etishmadi. 

78-daqiqa. Doniyor Abdumannopovga nisbatan fol ishlatildi. "Paxtakor" standart vaziyatga ega bo'lmoqda. 

75-daqiqa. O'zgarishlar! Dragan CHeran, Sardor Sobirxo'jaev va Dostonbek Hamdamov o'rniga Ulug'bek Hoshimov, Diyor Xolmatov hamda Muhammadali O'rinboev tushirildi.

70-daqiqa. Qarshi hujumni boshlab bergan Pletnyovning o'zi uni zarba bilan yakunladi. Pavlyuchenka o'z o'rnida.

68-daqiqa. O'zgarishlar! Doston Tursunov o'rniga Bexzod SHamsiev, SHerbo'taev o'rniga Asqarov o'yinga qo'shildi.  

65-daqiqa. Davron Merganov bu safar ham ishonchli o'yin ko'rsatdi. Dastlabki urinishda zarbani qaytargan golkiper, takroriy urinishda to'pni egallab oldi. 

64-daqiqa. "Paxtakor" yana oldinga o'tmoqchi bo'lgandi, biroq Kimi Merkda o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

63-daqiqa. O'zgarish! "Surxon" tarkibida Haydarov o'rniga Muhammad-Ali Abdurahmonov maydonga tushirildi.

60-daqiqa. Umar Adhamzodaning aniq uzatmasidan keyin Dostonbek Hamdamov qulay nuqtadan zarba yo'lladi. Biroq vingerning urinishi ko'nglidagidek chiqmadi va Merganov osonlik bilan to'pni egallab oldi. 

56-daqiqa. Tezkor hujumni Sardor Sobirxo'jaev gol bilan yakunlashga yaqin edi, biroq Merganov bunga yo'l qo'ymadi — burchak zarbasi. 

55-daqiqa. SHerbo'taevning aniq zarbasidan keyin Pavlchenka ishonchli o'ynadi. 

54-daqiqa. Alijonov to'p o'rniga Jumaevning oyog'iga zarba berdi — fol. 

52-daqiqa. Ogohlantirish! Dmitriy Pletnyovga kartochka ko'rsatildi. 

50-daqiqa. Yana fol, yana keskin harakatlar. Bu safar har ikki jamoa azosi maydonga quladi. 

48-daqiqa. Maydon markaziga yaqin zonada fol. Avvaliga Abdurauf Bo'riev maydonga yiqildi, ammo hakam o'yinni davom ettirishni so'radi. Oradan soniyalar o'tib esa "Paxtakor"chilar ham keskin harakat bilan javob berishdi. Bo'riev maydonda yotibdi. 

46-daqiqa. O'zgarish! SHerzod Azmiddinov o'rniga Kimi Merk o'yinga qo'shildi!

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3-daqiqa. Hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi! Hozircha "Surxon" minimal hisobda oldinda!

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi

43-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam o'yinni cho'zgani uchun Merganovga birinchi bo'limning o'zidayoq sariq kartochka ko'rsatdi!

42-daqiqa. Nodirxon Nematxonov ishonchli harakat qildi va raqib to'p bilan oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi. 

40-daqiqa. Hojiakbar Alijonov o'z qanotidan bir raqibini aldab, jarima maydonchasiga yorib kirgandi, lekin ikkinchi raqib to'pni qaytarib yubordi.  

38-daqiqa. Abdug'afur Haydarov jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga kuch etishmadi. 

37-daqiqa. "Paxtakor" futbolchilari yana bir bor o'yindan tashqari holatda deb topildi. 

35-daqiqa. Ogohlantirish! Doniyor Abdumannopov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi!

33-daqiqa. "Surxon" kombinaciya orqali raqib darvozasiga yana xavf solishga urindi, ammo oxiriga pallada "sherlar" zarbaga imkon qoldirishmadi.   

32-daqiqa. Burchak zarbasidan esa mehmonlar naf chiqara olishmadi. 

31-daqiqa. Jarimadan to'p to'g'ri darvozaga yo'llandi va Pavel jamoasini qutqarib qoldi. Zarba muallifi - Sunnatullox Xamidjonov.

29-daqiqa. Ogohlantirish! Mezbonlar kiperi Pavel Pavlyuchenka qarshi hujumga qochib ketayotgan Abdug'afur Haydarovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam darvozabonga sariq kartochka ko'rsatdi.

27-daqiqa. "Paxtakor" hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, ammo himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni uddaladi. 

25-daqiqa. Demak, o'yin davom etadi.

Hakam futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat bermoqda!

23-daqiqa. GOOOOOOOOL! Jahongirbek Abdusalomov imkoniyatdan unumli foydalandi va "Surxon"ni oldinga olib chiqdi!

Hakam "VAR"xonadagi hamkasblari bilan aloqaga chiqdi. Yo'q, dastlabki qaror o'z kuchida qoldi - penalti! 

21-daqiqa. PENALTI! Jarima maydonchasi ichidagi kurashda Abdurauf Bo'riev raqibga zarba berib yuborgandek... Hakam darhol nuqtaga ishora qildi. 

18-daqiqa. "Paxtakor" malum vaqt to'pni o'zida ushlab turdi va chap qanotdan oldinga o'tdi, raqiblarini chalg'itishga uringan Dostonbek Hamdamov to'pni markazroqdagi sherigiga uzatdi, lekin Abdurauf Bo'rievning uzoq masofadan amalga oshirgan zarbasi qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq bo'ldi.  

15-daqiqa. Toshkentliklar bu safar chapdan hujumga o'tishdi va to'p jarima maydonchasiga uzatildi, lekin Abdumannopov havodagi to'pga eta olmadi hamda bu safar ham offsayd bo'lgan ekan.

14-daqiqa. "Surxon" to'pni nazorat qilmoqda va hujum uchun variantlar izlayotgandek.  

11-daqiqa. "Paxtakor" o'ng qanotdan oldinga o'tdi, lekin Abdumannopov qanchalik urinmasin to'pga o'zi istagandek yo'nalish bera olmadi. Bu vaziyatda faol harakat qilgan va raqibiga bo'shliq qoldirmagan kiperni ham takidlash lozim. Qo'shimchasiga, yon chiziqdagi hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.   

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! 

Ayni daqiqaga kelib har ikki jamoa asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurdi.

Reyting: +25   

Fikrlar

+30   
22 avg 19:25:25
Ris Jeyms
Malades Surxonm oLGaa
+29   
22 avg 19:29:11
Kola Liga
Пахтакор дарвозабонига иккиланмай кизил берилиши кк
+24   
22 avg 19:29:37
Uzbekiston Uzbekiya
Xakam va vardagilarga Jaxongir Ortiqxujayiv tel qilmasa Surxon yutadi
+23   
22 avg 19:35:46
Uzbekiston Uzbekiya
Surxon yaxshiroq uynayapdi
+21   
22 avg 19:54:40
ISLAM MURADOV
ПСЖ foydalanuvchining fikriga javob berish
Surxon futbolchisi qarshi xujummi toxtatsa sariq bermadi. Doniyor abdmannopov xujumda sal surxonni ximoyachisini oyogiga teyib ketganiga srazu kartochka korsattiyu acaxaxaxaxax. Pidaraz sudyala kopayb ketti
Penalti bulgam vaziyatda kamida sariq berish kerak edi
Darvozabon yaqqol qizil olish kerak nega bermadi
+18   
22 avg 19:33:49
Kola Liga
Сурхон роса кучайибди.элет лигага шуларни жунатиш керак
+18   
22 avg 19:33:42
Уз.
Эя койилей Сурхон ютябтими
+17   
22 avg 19:35:44
Уз.
Нимага кизил бермади яна тошконга босябти судя
+17   
22 avg 19:26:57
Kola Liga
Толибжон,пеналтигача бир нима булганди деб адвакатлик килиб котта макола езиб чикинг.ахир пахтакорез счетдаям уйиндаям сурхондан йеб куйябдию бунга кандай чидаб турибсиз
+16   
22 avg 21:03:23
Лацио Пахтакор
Тан олайлик бу Пахтакор билан ҳеч нарсага эришиб бўлмайди!!! Бу Шацкиҳни йўқотиш керак. Ҳуллас яна чичиб қўйдик. Сурхон муҳлисларини чиройли ва ҳақли ғалаба билан табриклайман омад.
+15   
22 avg 21:06:59
Sayfuddinovich86
Nasaf muxlislari nomidan Surxonga RAHMAT !!!
+15   
22 avg 20:43:44
Учқунбек
Эчкилар албатта халал беришади. Хакам албатта Пахтакорга ердам беришади, аввалдан шундай булган бундан кейин хам шундай булади. Хакийкий Пахтакор 79 -йилда кетиб булган, буниси факат хакам кучи билан соврин ютадигани. Соатга каранг бу фикр езилганда хали Сурхон ютиб турибди.
+15   
22 avg 20:13:30
SO'G'DIYONA Jizzax
Сурхон молодец. Пахтакорни кейинги манзили Жиззах.
+15   
22 avg 19:53:31
Arslan
Surhonga omad! faqat galaba qazonsin 21 yilik tarixni buzup tashlasin
+14   
22 avg 19:36:42
Uzbekiston Uzbekiya
Surxon Surxon Surxon
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика