Superliga. "Paxtakor" Namanganda qachon yutqazgandi?
27 avg 2022 10:44
Yangiliklar
Superliga. "Paxtakor" Namanganda qachon yutqazgandi?
|
Navbahor Jamshid Iskanderov - 47' |
Superliga. 17-tur 28/08/2022, 19:00 1
:
1
Tugadi
|
Paxtakor Xozhiakbar Alizhonov - 52' |
Bu O'zbekiston chempionatining barcha mavsumlarida ishtirok etgan 2 klub o'rtasidagi to'qnashuv. "Lochinlar" ayni paytda yuqoriroqda turgan bo'lsa ham, o'zaro o'yinlardagi katta ustunlik "sherlar" tomonida.

Mazkur jamoalar ligada bugunga qadar jami 63 marta to'qnashishgan. Ulardan 39 tasida "Paxtakor", 13 tasida "Navbahor"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, qolgan bahslarda murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbatidagi ustunlik ham poytaxt grandi foydasiga (+56).

O'zaro o'yinlar tarixidagi eng yaxshi to'purar afsonaviy Aleksandr Geynrix hisoblanadi. U namanganliklar darvozasiga 9 marta yo'l topgan. Ertaga maydonga tushadigan futbolchilar orasidagi eng yaxshi natija Dragan CHeranga tegishli (6).

"Navbahor" "Paxtakor" ustidan so'nggi marta 2018 yilgi mavsumda zafar quchgan edi (o'z maydonida). Navaf SHukrulla boshqargan bahs taqdirini Golbanning yagona goli hal qilgan.
SHundan keyin o'tkazilgan 9 o'yinning 4 tasida "sherlar"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 5 ta uchrashuv durang bilan tugadi. Nima deb o'ylaysiz, mezbonlarning g'alabasiz seriyasi ertaga tugaydimi?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar