So’nggi yangiliklar

16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  5 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   242 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  4 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  20 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  14 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  5 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  6 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  45 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  9

Superliga. Toshkent derbisida “Paxtakor” g'olib bo'ldi Yangiliklar

Superliga. Toshkent derbisida “Paxtakor” g'olib bo'ldi

Teglar :  PaxtakorBunyodkor
Superliganing 13-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Bunyodkor” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

 O'yin boshlandi. 

2-daqiqada Rahmatullaevning jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llagan zarbasini Zuhurov qaytarishga erishdi.

4-daqiqada Gonsalveshning zarbasidan so'ng to'pni Zuhurov ushlab oldi.

6-daqiqada chap qanotdan Abdurahimov to'pni havodan oshirib berdi, Tiago Bezerra baland sakrab boshi bilan gol urdi - 1:0. 

15-daqiqada Gonsalvesh katta tezlikda raqib jarima maydoniga yaqinlashib borib zarba berdi, Zuhurov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

16-daqiqada Simichning boshi bilan yo'llagan zarbasi ozgina noaniq chiqdi.

28-daqiqada "Bunyodkor"ning hujumi, Sobirxo'jaev jarima maydoni ichida zarba bera olmadi. 

36-daqiqada Gonsalvesh gol urdi, ammo o'yindan tashqari holatda bo'lgani uchun hakam golni inobatga olmadi. 

45-daqiqada Murodjon Toshmatovning burchakdan yo'llagan zarbasini Suyunov qaytardi.

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

58-daqiqada Masharipovning zarbasini Zuhurov egallab oldi.

64-daqiqada Gonsalvesh va Masharipovning zarbalarini Zuhurov qaytarib qoldi.

66-daqiqada Qosimovning kuchli zarbasidan so'ng Suyunov seyv namoyish etdi. 

77-daqiqada "Bunyodkor"ning tezkor qarshi hujumi, G'iyosovning zarbasini himoyachi qaytardi, qaytgan to'pni Ibrohimov darvozaga noaniq yo'lladi.

O'yin tugadi.


25 may (juma)
18:59 - “Paxtakor” – “Bunyodkor” 1:0
Hakamlar: 
SH.Qosimov, O.Abduvasilov, S.SHoyusupov, N.Qosimov.
Nazoratchi – B.Tog'aev.
Gol: Tiago Bezerra 6, - 1:0 (Bahrom Abdurahimov).
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiev, Marko Simich (s), SHerzod Azamov, Akmal SHorahmedov, Dilshod Rahmatullaev (Azimjon Ahmedov, 87), Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Bahrom Abdurahimov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Jamshid Iskanderov, Egor Krimec, Jasurbek Hakimov, Jasur Yaxshiboev, Doston Ibrohimov, Stanislav Andreev

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Akrom Komilov, Anvar G'ofurov, Rustam Ashurmatov, Mirg'iyos Sulaymonov, Javlon Ibrohimov (s), Xurshid G'iyosov, Mirjamol Qosimov (Davron Umirov, 67), Murodjon Toshmatov (Sanjar Qodirqulov, 85), Sardor Sobirxo'jaev, Filip Rayevac (SHahzodbek Nurmatov, 67)
Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Islom Qobilov, Abdulla Abdullaev, Farrux Ikromov,

Ogohlantirishlar: Anvar G'ofurov 35, Akrom Komilov 38, Javlon Ibrohimov 42.

Reyting: +47   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика