So’nggi yangiliklar

18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  0 18:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" (матнли трансляция)  23 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  4 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  6 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  18 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  1 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  5 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  10 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2

Superliga. Olmaliqda 4 ta gol urilgan o'yinda g'olib aniqlanmadi Yangiliklar

Superliga. Olmaliqda 4 ta gol urilgan o'yinda g'olib aniqlanmadi

Bugundan Superliganing 24-tur bahslariga start berildi.

Ayni daqiqaga kelib, har ikki jamoaning asosiy tarkiblari malum bo'ldi.


O'zbekiston Superligasi. 24-tur

OKMK - "Olimpik" 2:2 (TUGADI)

Bosh hakam: Timur To'xtasinov

Qanot hakamlari: Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ruslan Serazitdinov

Zaxira hakami: Umid Rahimjonov

VAR: Nasiba Toshmuhammedova

AVAR: Anvar Marajabov

Hakamlar nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Uchrashuv komissari: SHerzod Rajabov

Gol: Nodir Abdurazzoqov (Kleydi Daci) 28, 1:0, Farruh Muhtorov (Maqsud Aloxo'jaev) 53, 1:1, Rian Islamov (Nodir Abduxoliqov), 82, 1:2, Islom To'xtaxo'jaev (Xurshid G'iyosov) 84, 2:2

OKMK — 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov (5.Giorgi Papava,70), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov (21.Saidafzalxon Ahrorov, 86), 11.Kleydi Daci ( 27.Ali Abdurahmonov,86), 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.SHohruh Gadoev (19.Mixael Klepach, 90), 28.Arixiro Sentoku (18.Aziz Xolmurodov, 70), 77.Nodirbek Abdurazzoqov
Zaxira: 1.Valijon Rahimov,  13.Eldorbek Begimov, 23.Iskandar Bo'sinov, 99.Irakli Ruxadze.

"Olimpik" — 1.SHukron Yo'ldoshev, 2.Mirkomil Abdurazzoqov ( 19.Ahmad Anvarov,65), 5.Maqsud Aloxo'jaev, 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Akbar O'ktamov ( 15.Muhsin Bozorov, 72), 10.Farrux Muxtorov ( 16.Rian Islamov, 72), 11.Anvar Alijonov (64.Samandar Qodirov,65), 18.Akbar Abdirasulov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 70.Muhammadbobir Mo'ydinov, 77.Sunnatilla Abdullajonov.
Zaxira: 99.Edem Nemanov, 7.Timur To'legenov, 17.Jaloliddin Sodiqov, 28.Rustam Jahonov,  81.Abdulaziz Abdusalomov. 

Ogohlantirish: Muhammadbobur Mo'ydinov ("Olimpik") 35, Mirjamol Qosimov ("Olimpik")

MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. 

90+5. OKMKning ketma ket hujumlar. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi. 

90+3. ZARBA. Klepachning zarbasini SHukron Yo'ldoshev qaytardi. 

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

84. GOL. Olmaliqda gollar shousi davom etadi. Xurshid G'iyosovning burchakdan uzatib bergan to'pini Islom To'xtaxo'jaev darvozaga yo'lladi. 

82. GOL. "Olimpik"ning ketma-ket hujumlari samara berdi. Rian Islamov jarima maydonchasi ichida baliq misoli suzib OKMK darvozasini ishg'ol qildi. 

80. ZARBA. Nodirbek Abdurazzoqovning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

78. ZARBA. Sunnatilla Abdullajonovning zarbasini OKMK himoyachilari tashqariga chiqarib yubordi. 

72. O'ZGARISH. "Olimpik", Akbar O'ktamov o'rniga Muxsin Bazarov, Farruh Muhtorov o'rniga Rian Islamov tushdi. 

70. O'ZGARISH. OKMK, Mirjamol Qosimov o'rniga Giorgi Papava, Arixiro Sentoku o'rniga Aziz Xolmurodov tushdi. 

65. O'ZGARISH. "Olimpik", Mirkomil Abdurazzoqov o'rniga Ahmadjon Anvarov, Anvarjon Alijonov o'rniga Samandar Qodirov tushdi. 

62. ZARBA. Muhammadaziz Ibrohimovning jarimadan yo'llagan zarbasini Ilyosov qaytardi. 

55. ZARBA. Qosimovning burchakdan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

53. GOL. "Olimpik" uchrashuvda hisobdagi muvozanatni tikladi. Maqsud Aloxo'jaevning qanotdan bergan uzatmasini Farruh Muhtorov boshi bilan golga aylantirdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. OGOHLANTIRISH. OKMK yarim himoyachisi Mirjamol Qosimov raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

39. ZARBA. Islom To'xtaxo'jaevning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

35. OGOHLANTIRISH. "Olimpik", Muhammadbobur Mo'ydinov

34. ZARBA. Sunnatilla Abdullajonovning mezbonlar darvozasiga yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi.

28. GOL. OKMK uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdi. Kleydi Dacidan uzatmani qabul qilib olgan Nodir Abdurazzoqov bitta aniq zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.

22. Abdurazzoqov yana bir bor omadini sinab ko'rdi. Bu safar G'iyosov unga to'pni etkazib bergandi.

21. Zarba berish navbati Oybek Rustamovga. Yana noaniq zarba.

18. OKMKning hujumi samarasiz yakunlandi. Abdurazzoqov zarba berdi. Kuchsiz va noaniq.

15. Qosimov va To'xtasinov o'rtasida kichik suhbat bo'lib o'tdi. Hammasi joyida.

10. OKMKning ilk hujumi xavfli ko'rinish oldi. Dacining uzatmasidan so'ng Qosimov darvoazaga zarba berishga harakat qildi. Ammo uddalay olmadi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика