So’nggi yangiliklar

08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  4 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  5 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  13 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6

Superliga. "Nasaf" "Olimpik" maydonida g'alabaga erishib, turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" "Olimpik" maydonida g'alabaga erishib, turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Olimpik" va "Nasaf" o'rtasidagi qoldirilgan uchrashuv yakunlandi.

"Olimpik" — "Nasaf" 0:2
20.08.2024. 20:00
"JAR" stadioni, Toshkent
Bosh hakam: Xushnud Suyunboev
Yordamchi hakamlar: Feruz Dostonov, Mahmud Turdiev
Zaxira hakami: Doston Mirzarayimov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Rishat Nugmanov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Farruh Xudoyorov

Gol: 0:1 — 66, Bobir Abdixoliqov (Javohir Siddiqov), 0:2 — Jambuli Jigauri (Kuach Yuel).

"Olimpik": 99.Edem Nemanov, 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Akbar O'ktamov, 10.Farruh Muxtorov, 11.Anvar Alijonov (64.Samandar Qodirov, 75), 16.Rian Islamov (5.Maqsud Aloxo'jaev, 56), 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 22.SHahzod Toirov, 44.SHerzod Komilov (19.Ahmad Anvarov, 70), 70.Muhammadbobur Mo'ydinov (29.Ulug'bek SHaripov, 56), 77.Sunnatilla Abdullajonov (15.Muhsin Bozorov, 46).
Zaxira: 32.Jahongir Bo'riev, 2.Mirkomil Abdurazzoqov, 28.Rustam Jahonov, 81.Abdulaziz Abdusalomov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Dilshodjon Komilov, 6.Murodbek Rahmatov (21.Doniyorjon Nazrullaev, 85), 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javoxir Sidiqov (88.Marko Stanoevich, 85), 10.Bobir Abdixoliqov, 22.Igor Golban, 28.SHuxrat Muhammadiev (70.Jambuli Jigauri, 65), 32.Zoran Marushich (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 65), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (23.Kuach Yuel, 79).
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 14.SHarof Muhitdinov, 44.SHaxzod Akromov.

Ogohlantirish: Muhsin Bozorov (73), Igor Golban (88).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90+9. Maydon markazida Mozgovoyga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

90+5. GOL! Jigauri chap qanotdan uzatilgan to'pni deyarli bo'sh qolgan darvozaga joylab qo'ydi va o'yin taqdirini hal qildi!

90+2. Stanoevichning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 11 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xavfli vaziyat! Abduxoliqov o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi, "Olimpik" darvozaboni unga xalal berib qoldi.

88. Golban raqib futbolchisini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

85. "Nasaf"da oxirgi ikki o'zgarish amalga oshirildi.

79. "Nasaf" o'zgarishga qo'l urdi.

78. Anvarovning uzorq masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

75. "Olimpik"da o'zgarish.

74. Xavfli vaziyat! Bozorov raqib jarima maydoni ichida xavfli zarba yo'lladi, Nemanov seyv amalga oshirdi.

73. Bozorov Rahmatovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

70. "Olimpik" tarkibida o'zgarish ro'y berdi.

Gol inobatga olindi.


66. GOL! Abdixoliqov Siddiqovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini bosh bilan "Olimpik" darvozasiga joylab qo'ydi! Biroq hakam VARni tinglamoqda, hujumda qoidabuzarlik amalga oshirilgan bo'lishi mumkin.

65. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

64. Bozorov hujum boshlanish paytida qo'l bilan o'ynagan bo'lib chiqdi. Penalti belgilanmadi.

59. Abduxoliqov raqib jarima maydonida yiqildi, biroq hakam penalti yo'qligini bildirdi. U VAR hakamlari bilan suhbatga kirishdi.

57. Mozgovoyning zarbasi o'zi o'ylagandek xavfli chiqmadi, shu bois Nemanov qiyinchiliksiz to'pni egalladi.

56. "Olimpik"da ikki o'zgarish sodir etildi.

54. Xavfli vaziyat! Marushich raqib jarima maydonida bosh bilan xavfli zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonginasida o'tib ketdi.

51. Xavfli vaziyat! Abduxoliqov ketma-ket ikkinchi marotaba zarba yo'lladi, bu safar aniqlik etishmadi.

50. Abduxoliqov uzoq masofadan "Nasaf" darvozasini mo'ljalga olib ko'rdi. Nematov o'z o'rnida.

47. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Muxtorovning uzatmasini dastlab himoyachi, keyingi hujumni Nematov qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Olimpik"da bitta o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Marushich ofsaydda qolib ketdi.

41. Xavfli vaziyat! "Olimpik"ning hujumi zarba bilan yakunlandi. Ibrohimovning pastlatib yo'llagan zarbasini Nematov tutib oldi.

39. Nasrullaevning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Nemanov o'z o'rnida. Bir yoqda Nematov, ikkichi tarafda Nematov darvozani qo'riqlamoqda.

36. Standart vaziyatdan oshirilgan to'p uchun "Nasaf" jarima maydonida kurash kechdi, ammo Nematov yakunda to'pni egallab oldi.

35. Nasrullaev o'z jarima maydoniga yaqin nuqtada raqib futbolchisini to'xtatib qoldi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

34. Xavfli vaziyat! Marushichning zarbasi yo'liga "Olimpik" himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi.

32. Endi Nasrullaev raqib jarima maydoniga yaqin masofada yiqildi, ammo hakam yana fol qayd etilmaganini malum qildi.

29. Bozorov katta tezlikda oldinga borayotgan pallada yiqitildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

22. Nasrullaev bir futbolchini ortda qoldirib, Abduxoliqovga pas berdi. U esa qulay vaziyatdan turgan Marushichni to'p bilan taminladi. Biroq "Nasaf" hujumchisi o'yindan tashqari holatda turgandi.

18. Xavfli vaziyat! Abduxoliqov chap qanotda bir himoyachini ortda qoldirib, raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi. Ammo Toirov o'z vaqtida yordamga etib kelib, to'pni qaytardi.

16. Xavfli vaziyat! Marushich chap qanotdan uzatilgan to'pga "qaychi" uslubida zarba yo'lladi, biroq zarba darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

13. Nasrullaev raqib jarima maydonida o'zi tomon kelayotgan to'pni oyog'iga to'g'rilab olgunga qadar Mo'ydinov epchillik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

11. Marushich raqib jarima maydonida to'pni Abduxoliqovga uzatishga harakat qildi, ammo "Olimpik" himoyachilari vaziyatni anglashdi, keyingi hujumda esa Toirov chaqqonlik ko'rsatdi.

8. Nasrullaevning chan qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'piga jamoadoshi etib kela olmadi.

6. Xavfli vaziyat! Bu gal Abdullajonov raqib jarima maydoniga yaqin nuqtadan zarba yo'lladi, ammo uning urinishi muvafaqqiyatsiz yakunlandi.

4. Xavfli vaziyat! Muxtorov "Nasaf" jarima maydonidan qaytgan to'pga kuchli zarba yo'lladi, ammo yo'nalish biroz noaniq ko'rinish oldi.

3. Bozorov Abduxoliqovni qulay vaziyatga olib chiqishi mumkin edi, "Olimpik" himoyachisi ishonchli harakat qildi.

1. Uchrashuv boshlandi. Dastlabki daqiqadayoq Toirov Bozorovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Olimpik" qizil, "Nasaf" ko'k rangli libosda harakat qiladi.

Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+10   
20 avg 22:19:45
Kola Liga
fayzullo turg'unov foydalanuvchining fikriga javob berish
Alipikni roza sindirdi fol boridi sudya qancha olganikin halol óyin yoq yeti dunyodayam alipikdami John chepiyonadigami osiyo qubig'igami ikki dunyoda erisholmimiz sudyalar toza foldi inobatka olmadi boldi inobatka oldi nitiral muhlisman lekin bo'lardi ruhiyatini sindirdi hakam
Нимаси фол эди???? Сал туртсаям фол дейсилар ундан кура футболи йигиштириб шахмат уйнаглар.насрулаевни оркасидан келиб оегини босиб тухтатганда нимага жим эдингла??? Раз виждонларинг бор экан уша вазиятгаям бахо берларингчи. Олдинги уйинда Насаф леганири Колович ракиб оегини босгани учун кизил олиб чикиб кетди.нимага Насрулаевни оегни босиб тухтаганига судия дажи уйиниям тухтатмади?Рахматовни хам оегини босиб олишди судия жарима билан чекланди хато сарик хам курсатмади.оег босишга кизил бериш кераклиги факат Насаф учун езилганми?гапирса гап куп.сал туртса голи бекор килиш кк дейсила бунака вазиятларга куз юмасила.судия олимпик ешлар га истаганича эркинлик бериб уйнатдию.буни кузларинг курмайдида а?
+8   
20 avg 22:05:49
Kola Liga
Уйин Насафни тулик устинлигида утди.олимпикни болларида тез йугиришдан бошка хеч нарса йук экан.бу жамоани любой жамоа шошмасдан каласини ишлатиб уцнаса осонлик билан ютиб кетади. Насаф бу болачаларни йерикро хисобда хам бемалол ютса буларди майли 2-0 хам емон натижа эмас.галаба муборак азиз вилоятдошлар.галабалар бардавом булсин!
+8   
20 avg 21:43:46
Шухрат Эргашев
Хар йилгидек Насаф мавсумни 2 ярмида уйинга кушиб борса, худо хохласа илк чемпионликга эришади. Олга Насаф....
+8   
20 avg 21:41:04
Sodiq Nazarov
Бобур Мексикага хам худди шундай гол урганди
+6   
20 avg 21:30:30
Joхa 202
Va nihoyat goooooool!!!!
+5   
20 avg 21:30:26
Xusan Qobilov
Гооооооооол ванихоят гооооооол Насаф олдинга дустлар
+4   
20 avg 22:29:48
Real.M & Chelsi
Nasafga g'alaba muborak...Chempionlik uchun eng zo'r shans xozir,R.Berdiyev bosish kerak gazini endi,ilk chempionlik nasib qilsin Nasafga...Vodiylik muhlislar nomidan omad
+4   
20 avg 22:19:37
Soccerland777
Nasafga oʻxshashi yoʻq!
+4   
20 avg 21:59:19
Azamat Turgunov
Manimcha gol toza boldi bu qoidabuzarlik xisoblanmasa kere (Paxtakorchi)
+4   
20 avg 21:58:46
Kola Liga
Негрни танкид килаетгандек буни паслари дахшат чикиябдику.еки олимпик кучсиз учун уйини шундай яхши чикябдимикан
+4   
20 avg 21:11:34
Lochin Ziyadullayev
MTJ, PAXTAKOR foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxtakori chilonzordegi muhlisimasmisiz
зурсанку ука алохида республиками тошкент уйнаб ёзсанг хам уйлаб ёз
+4   
20 avg 21:06:44
Xusan Qobilov
Ravshan Nabiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Aka kesatmasdan erkiyga oʻxshab gapurovuring .Pahtakar muhlislariyam bor nasafga muhlislik qilayotgan.Ja bir provakatsiya chiqarishga oʻrinasiz sal erkiy boʻlish kere.
Ман сразу тушундим кесатганини так асабимни бузгим кемади Мани супперлигага икта жамоам бор биринчиси Пахтакор кейин Насафни ашадий мухлисиман хаммаси оддий Ман бу йили Насафни чемпион булишини хохлиман нима мумкунмасми икта жамоага мухлислик клиш
+3   
21 avg 00:07:48
Fast TV
Нима бўлди? Насаф судяни сотиб олдими яна? Агар голлар пеналтидан ўрилганида точно шу гапни айтардинглар а ичи қорайиб кетган инсонлар? Насаф молодец, гап йўқ шаҳримнинг ажойиб клуби!
+3   
20 avg 22:24:00
HY
Насафнинг чемпион бўлишини жуда жуда истайман. Навбаҳор мухлиси
+3   
20 avg 20:53:56
Ravshan Nabiyev
MTJ, PAXTAKOR foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxtakori chilonzordegi muhlisimasmisiz
Aka kesatmasdan erkiyga oʻxshab gapurovuring .Pahtakar muhlislariyam bor nasafga muhlislik qilayotgan.Ja bir provakatsiya chiqarishga oʻrinasiz sal erkiy boʻlish kere.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика