So’nggi yangiliklar

08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  4 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  5 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  13 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6

Superliga. "Neftchi" o'z uyida "So'g'diyona"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Farg'onaliklar qatorasiga to'rtinchi uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" o'z uyida "So'g'diyona"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Farg'onaliklar qatorasiga to'rtinchi uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti

Superliganing 14-tur qoldirilgan uchrashuvidan o'rin olgan "Neftchi" - "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga, 14-tur 

"Neftchi" — "So'g'diyona" 0:3

Gol: 22 - Oleg Zoteev (Vladimir Yovovich), 66 - Vladimir Yovovich (Lyupche Doriev), 86 - Sardorbek Hoshimov

20.08.2024. 19:30

"Istiqlol" stadioni, Farg'ona

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Abdurahmonov, Anvar Marajabov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Aleksandr Sidorov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: SHerzod Rajabov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Siger, 21.Muhsin Ubaydullaev ( 28.Behruz Oblakulov, 72), 70.Abbos G'ulomov, 55.Manuchehr Safarov ( 66.Doniyor Valiev,  65), 30.Quvondiq Ro'ziev, 8.Sardor Abduraimov (77.Bilolxon Toshmirzaev, 46), 11.Javohir Qahramonov, 10.SHoxruz Norxonov (99.Effiong Nsungusi, 46), 22.Aziz Amonov ( 3.Jaloliddin Jumaboev, 88)

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 16.Asror Kenjaev,14.Xurshid Muxtorov,33.SHohruh Yoqubjonov,

"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Sardor Qulmatov (22.Aleksey Nosko, 83), 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Axadov, 6.Alisher Salimov (17.Samandar Sindarov, 70), 8.Vladimir Yovovich (68.Sardorbek Hoshimov, 83), 14.Lyupche Doriev, 15.Xondamir Mustafoqulov, 32.Nodirjon Soyibov (23.Suxrob Izzatov, 70), 33.Oleg Zoteev, 99.Umidbek Sultonov (28.Stanislav Andreev, 60)

Zaxira: 1.SHoxrux Isoqov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 11.Zoran Petrovich, 82.Fazliddin Omonkeldiev.

Ogohlantirish: 18 - Nodirjon Soyibov, 46 - Alisher Salimov, 73 - Behruz Oblakulov, 77 - Stanislav Andreev, 82 - Javohir Qahramonov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

88. O'zgarish: Amonovning o'rniga Jumaboev maydonga tushdi

87. Farg'onaliklar bugun o'zlariga o'xshashmayapti. Mehmonlarning yana bir hujumi juda xavfli chiqdi

86. GOOOL. Hozirgina maydonga tushgan Hoshimov hisobni yiriklashtirmoqda

83. Qulmatovning o'rniga Nosko tushdi, Vladimir Yovovichning o'rniga esa Hoshimov tushdi

82. Yana sariq kartochka. Bu safar Qahramonov ogohlantirildi

77. Ogohlantirish: Andreev ham ogohlantirildi

73. Muhammadyusuf Sobirovdan navbatdagi seyv. Yana bir bor Effiongning zarbasini qaytardi. Qaytgan to'pga zarba berish uchun Oblaqulov harakat qilib ko'rdi va darvozabonga nisbatdan juda qo'pol o'ynagani sababli ogohlantirildi

72. O'zgarish: Ubaydullaevning o'rniga Oblaqulov maydonga tushdi

70. O'zgarishlar: Izzatov va Sindarov maydonga tushdi, ular Soyibov va Salimovni alishtirishdi

66. GOOOL. Ro'ziev o'z jarima maydonchasida raqibni aldashga harakat qildi, biroq raqib futbolchilari to'pni olib qo'ydi va Vladimir Yovovich raqib darvozasiga zarba yo'lladi, bu zarba oldida Ergashev ojiz qoldi

65. O'zgarish: Valiev Safarovning o'rniga maydonga tushdi

63. Sobirovdan navbatdagi seyv. Yosh darvozabon yana bir bor Nsungusining zarbasini qaytarmoqda

60. O'zgarish: Sultonov maydoni tark etdi, uning o'rniga Andreev tushdi

57. Toshmirzaevning uzoqdan yo'llagan xavfli zarbasi himoyachiga tegdi va burchakka chiqib ketdi. Ikkinchi bo'limda mezbonlar ancha jonlanishdi

54. Qahramonov Effiong Nsungusining darvozabon bilan birga bir chiqarib yubordi. Hujumchining zarbasini mehmonlarning yosh darvozaboni ajoyib tarzda qaytardi

50. Toshmirzaevning zarbasi himoyachiga tegdi va asta sekinlik bilan darvozabonning qo'liga borib tushdi

47. Javohir Qahramonovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

46. Ogohlantirish: Salimov hakam tomonidan ogohlantirildi

46. O'zgarishlar: Sardor Abduraimov va SHohruz Norxonov o'rniga Bilolxon Toshmirzaev va Effiong Nsungusi maydonga chiqadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

45. Mezbonlar birinchi bo'lim so'nggida xavfli hujum tashkil qilishdi, biroq yana jizzaxliklar himoyasi o'z o'rnida

38. Uchrashuv ancha sokinlashdi. To'p asosan markazda bo'lmoqda

30. Sultonovning zarbasi himoyachiga tegmoqda. Mehmonlarda navbatdagi burchak zarbasi. Ustunlik jizzaxliklarda

24. Goldan ruhlangan mehmonlar navbatdagi hujumni tashkil qildi. Bu safar Ergashevdan super seyv

22. GOOOL. Mehmonlar hisobni ochishdi. Gol muallifi Zoteev. "Neftchi" himoyachisi to'pni qaytarishi mumkin edi, biroq maydon sifatsizligi bunga imkon bermadi

18. Ogohlantirish: Nodirjon Soyibov ogohlantirildi

16. Mezbonlar ham hujum tashkil qilishni boshladi. Safarovning uzoqdan yo'llagan zarbasini Sobirov qiyinchilik bilan qaytardi

10. Hozircha mehmonlar ancha yaxshi harakat qilmoqda. Yana bir hujum xavfli bo'ldi, biroq raqib himoyasi ham yaxshi harakat qildi

4. Burchakdan uzatilgan to'pni Mustafoqulov boshi bilan zarba yo'lladi, zarbaga aniqlik etishmadi

3. Vladimir Yovovichning jarimadan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegdi va burchakka chiqib ketdi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +8   

Fikrlar

+16   
20 avg 21:23:40
Жураев6566
Нефтчи, уз майдонида накаутга учради.
+11   
20 avg 21:36:56
Job Ir
Otsiz Chavandoz foydalanuvchining fikriga javob berish
Mashnaqa bo'ladi. Yil boshida uchta Vodiy klubi chempionliga talashadi dib kotta gapirganla mana ko'rvollarin ahvoli. Qisib ishini qiladigan Sug'd bn Okmk talashadi buyog'iga. Vodiyni kamandalariyam muxlislariyam og'izda zo'r. Amalda qo'tog'am yo'q.
Кўрамиз сўгдиенанг қаергача бораркин. Чўлдан чиқган калта кесак
+11   
20 avg 21:21:32
Umirqulov
Levchenkoniham vaqti tugadimikan. Olgan o'yinchilariyu o'ylagan g'oyalari juda eskirgan
+11   
20 avg 21:06:37
Уз.
Otsiz Chavandoz foydalanuvchining fikriga javob berish
Mashnaqa bo'ladi. Yil boshida uchta Vodiy klubi chempionliga talashadi dib kotta gapirganla mana ko'rvollarin ahvoli. Qisib ishini qiladigan Sug'd bn Okmk talashadi buyog'iga. Vodiyni kamandalariyam muxlislariyam og'izda zo'r. Amalda qo'tog'am yo'q.
Хой табиатни хатоси водийга тил теккизма билиб ишингни кил
+10   
20 avg 21:01:43
juve&neftchi
Пазор Нефтчи Пазоррр!!!
+9   
20 avg 21:27:36
бек тв
Вооооой ШОНЛИ нефтчи кайтвотудию нима булди фаргоналила шонли нефти утирган экарус бузилиб колдими чемпион буламиз деб фуррор кутаргандилаю)))
+9   
20 avg 21:12:38
Fan_BARCA
Neftchi ham tugabtiku
+7   
20 avg 21:31:32
Leicester City
Levchenkoning taktikasini raqib jamoalar yodlab olishibdi. Neftchiga yangi murabbiy olib kelishsa, yaxshi bo'lardi.
+7   
20 avg 20:20:33
Umid Tursunov
Otkan yilgi Neftchidan asar ham yoq oyin nol
+6   
20 avg 20:00:55
Ismoil Tolibov
VODIY JAMOALARINI MADORI QOLMABDI UMUMAN.
+5   
20 avg 21:33:05
Supper Liga
Otsiz Chavandoz foydalanuvchining fikriga javob berish
Mashnaqa bo'ladi. Yil boshida uchta Vodiy klubi chempionliga talashadi dib kotta gapirganla mana ko'rvollarin ahvoli. Qisib ishini qiladigan Sug'd bn Okmk talashadi buyog'iga. Vodiyni kamandalariyam muxlislariyam og'izda zo'r. Amalda qo'tog'am yo'q.
Vodiylik birortasi sizi biror nima qilgan shekilli a qattiqroq ? Xamma Vodiyliklarnikiga osilyapsiz tinmasdan.
+5   
20 avg 20:59:13
Otsiz Chavandoz
Shonli Neftchi qaytdi Shonli Neftchi qaytdi(eski darajasiga)
+4   
20 avg 21:20:04
Aziz Yuldashev
Сўғдиёна Жиззах шунчаки супер.
Пахтакор мухлисидан табрик.
+4   
20 avg 21:00:49
Жураев6566
Маладец Сугдиёна,
+4   
20 avg 20:07:34
Salox..
Soʻgʻdiyonaga omad,
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика