So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3

Superliga. “Neftchi” yana mag'lub bo'ldi, bu safar “Qizilqum”ga Yangiliklar

Superliga. “Neftchi” yana mag'lub bo'ldi, bu safar “Qizilqum”ga

Teglar :  NeftchiQizilqum
Superliganing 18-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Qizilqum” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 9-daqiqada Sidorov deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi va to'pni ochilib borayotgan Hakimovga tashladi. SHerzod to'pga biroz ulgurmadi. 18-daqiqada "Neftchi" ketma-ket hujum qilmoqda. Farg'onaliklarning hujumlari asosan qanotlar orqali tashkil qilinmoqda.

21-daqiqada "Neftchi"  qanotdan tezkor hujum tashkil qildi. Biroq Sidorov Kimsanov tashlab bergan to'pga ulgurmadi. 

27-daqiqada "Qizilqum" maydon markazida to'pga egalik qilib hujumlar tashkil qilishga harakat qilmoqda. Biroq farg'onaliklar maydon markazida kuchli pressing tashkil qilishmoqda. 

36-daqiqada SHerzod Hakimov uzoqdan o'z omadini sinab ko'rdi. Zarba juda kuchli va xavfli chiqqani bilan biroz noaniq ketdi. SHubhasiz, CHeremesin bu zarbaga tayyor emas edi. 

42-daqiqada mezbonlar jarima to'pi amalga oshirishdi. To'pni "Neftchi" vakillaridan biri boshi bilan kuchli tarzda raqib darvoza tomon yo'lladi. Biroq to'p to'g'ri CHeremesinning qo'liga kelib tushdi.

55-daqiqada Mamatxo'jaev "Qizilqum" jarima maydonchasiga yorib kirdi. Uning erlatib uzatgan to'pini navoiyliklar qaytarishdi.

59-daqiqada "Qizilqum"ning tezkor qarshi hujumi. Gevorkyan uzatib bergan to'pga hech kim etib kela olmadi.

61-daqiqada Grigalashvili to'p bilan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va to'pni chaproqda qulay vaziyatda turgan Gevorkyanga uzatdi. Artur kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni ochdi - 0:1.

67-daqiqada Grigalashvili o'ng qanotdan ajoyib tarzda raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni darvoza oldida qulay vaziyatda turgan Nagaevga uzatdi. Ivan ikki uch metrdan bo'sh darvozani nishonga ola bilmadi.

82-daqiqada Grigalashvili Nagaevni raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Ivanning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.

89-daqiqada "Qizilqum" darvozaboni Evgeniy CHeremisin qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 

O'yinda "Qizilqum" g'alabaga erishdi.


Neftchi

Superliga. 18-tur

24/07/2018, 20:00

1
:
0
Tugadi

Qizilqum

Artur Gyevorkyan - 62'

45'
90'
46'  Andrey Sidorov (Abduraxmon Abdulxaqov)
67'  Murod Bobojonov (Doston Toshmatov)
71'  Avazbek O'lmasaliev (Igor Taran)
40'  Eldor Boymatov
62'  Artur Gyevorkyan
62'  Elguzha Grigalashvili
79'  Eldor Boymatov (Mirjalol Qosimov)
90'  Yevgeniy Cheremisin
90'  Ivan Nagayev (Artyom Makosin)


18-tur
24 iyul, seshanba
20:00 - “Neftchi” - “Qizilqum” 0:1
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, SHerzod Qamarov, Sardor Hakimov, Rahim Karimov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Mamur Saidqosimov
Gol: Artur Gevorkyan 62, - 0:1 (Elguja Grigalashvili).
"Neftchi": Muzaffar Abdullaev, SHukurali Po'latov, Jalil Kimsanov, Murod Bobojonov (Dostonbek Toshmatov, 67), Abror Ismoilov, Andrey Sidorov (Abdurahmon Abdulhaqov, 46), Avazbek O'lmasaliev (Igor Taran, 71), Boburbek Yo'ldoshev, Avazxon Mamatxo'jaev, SHerzod Hakimov, Dostonbek Tursunov
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Dilyorbek Ermatov, Husniddin G'ofurov, Mirjamol Nematov, Xurshidbek Asqaraliev, Islombek Karimov

"Qizilqum": Evgeniy CHeremisin, Giorgi Kvesieshvili, Doniyor Usmonov, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov (Mirjalol Qosimov, 79), Ivan Nagaev (Artyom Makosin, 90+2), Salim Mustafoev
Zaxira: Erkin Jabborov, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Alisher Sanoev, Samandar SHodmonov, Nemanya Yovanovich, Bekzod G'anijonov

Ogohlantirishlar: Eldor Boymatov 40,  

CHetlatish: Evgeniy CHeremisin 90.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика