So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Superliga. "Navbahor" o'z uyida "Metallurg"ni yuta olmadi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" o'z uyida "Metallurg"ni yuta olmadi

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Navbahor" – "Metallurg" - 0:0

Namangan. "Markaziy" stadioni, 20.00

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Qanot hakamlari: Andrey Capenko, Timur Gaynullin 

Zaxira hakami: Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: SHerzod Rajabov

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Boyan Ciger, 6.Rustamjon Ashurmatov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 22.Igor Golban (28.Stanislav Andreev, 71), 23.Yovan Jokich, 24.Davronbek Hoshimov, 30.Elguja Grigalashvili (11.Islom Kenjaboev, 64), 32.Zoran Marushich, 77.Asadbek Sobirjonov (17.Ehsoni Panshanbe, 86),

Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ibrohim G'anixonov, 19.Nurillo To'xtasinov, 70.Muhammadbobir Mo'ydinov,  99.Andrey Sidorov

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Xudoyshukur Sattorov (22.SHahzodbek G'ofurbekov, 72),  8.Salamat Quttiboev, 9.Zabihillo O'rinboev (25.SHahzodjon Nematjonov, 90+5), 10.SHohnazar Norbekov (7.Islom Isoqjonov, 59), 11.Damir Temirov (19.Ergash Ismoilov, 72), 14.Abror Toshqo'ziev, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 80.Farrux Ibrohimov, 94.Farhod Bekmuratov (18.Fozil Musaev, 59)

Zaxira: 99.Vladimir Vagin, 16.Jasur Xolto'raev, 26.Hakimxon Alamxonov, 28.Nosirjon Abdusalomov

Ogohlantirishlar: Xudoyshukur Sattorov 17, Jamshid Boltaboev 32, Elguja Grigalashvili 64, Akmal Ortiqov 80, Zoran Marushich 85, Rustam Ashurmatov 90+7.

 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+7. O'yin yakunlandi. "Navbahor" - "Metallurg" 0:0

90+7. Ogohlantirish. "Navbahor". Rustam Ashurmatov

90+6. "Metallurg" butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda...

90+5. O'zgarish. "Metallurg". O'rinboev o'rniga Nematjonov tushdi

90+3. ZARBAAA! Andreevdan zarba, Akmal Ortiqovdan ajoyib seyv!

90+1. Zarba! Kenjaboevning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi!

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAA! Iskanderovning erlatib uzatgan to'pi Boltaboevga bordi, uning zarbasi noaniq chiqdi!

89. Ehsoni Panshanbening zarbasi juda noaniq ketdi.

88. Farrux Ibrohimovning olisdan zarbasi, noaniq

86. O'zgarish. "Navbahor". Sobirjonov o'rniga Panshanbe tushdi

85. Ogohlantirish. "Navbahor". Zoran Marushich

80. Ogohlantirish. "Metallurg". Akmal Ortiqov

76. ZARBAAAAAA! SHahzodbek G'ofurbekovning 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Yusupov jamoasini muqarrar goldan qutqardi! 

75. ZARBAAA! Islom Kenjaboevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi Musaevga tegib maydonni tark etdi!

72. O'zgarishlar. "Metallurg". Sattorov va Temirov o'rniga G'ofurbekov va Ismoilov tushdi

71. O'zgarish. "Navbahor". Golban o'rniga Andreev

67. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Sobirjonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi va Marushichning 2 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi! 

66. ZARBAAAA! Kenjaboevning uzatgan to'pini Sobirjonov darvozaga yo'lladi, noaniq! 

64. O'zgarish. "Navbahor". Grigalashvili o'rniga Kenjaboev tushdi

64. Ogohlantirish. "Navbahor". Grigalashvili

60. Davron Hoshimov Islom Isoqjonovni qo'pollik bilan kutib oldi.

59. O'zgarishlar. "Metallurg". Bekmurotov va Norbekov o'rniga Musaev va Isoqjonov tushdi

57. Zoran Marushich Akmal Ortiqovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

51. Norbekovdan zarba, to'p himoyachiga tegib qaytdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Birinchi taym yakunlandi

45+1. Zabixillo O'rinboevning zarbasi, to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

38. UXXXXX! ZARBAAAAA! Iskanderovning ajoyib to'p uzatishidan keyin Grigalashvili 10 metrdan noaniq zarba berdi! 

30. ZARBA! Yovan Jokichdan yana bir zarba, o'ta noaniq.

25. ZARBA! Farhod Bekmurodovdan zarba, noaniq.

24. ZARBAAAAAAA! Jamshid Iskanderovning 20 metrlardan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan keyin Ortiqov seyv namoyish etdi! 

20. UXXX! Sobirjonov hozir chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirdi va ikki raqibni ortda qoldirib zarba berdi, noaniq!

17. ZARBAAAAA! Yovan Jokichning kuchli zarbasidan keyin Ortiqov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Marushich darvozaga yo'llashga ulgurmadi! 

15. ZARBA! Xudoyshukur Sattorovning kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi! 

12. Igor Golban Zabixillo O'rinboevni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.

5. Burchakdan to'p o'yinga kiritildi. Akmal Ortiqov yaxshi harakat qildi.

3. Jamshid Boltaboevning zarbasidan so'ng himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

2. Dastlabki daqiqalarda kutilganidek maydon egalari hujumga asosiy etiborni qaratmoqda.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика