So’nggi yangiliklar

09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  1 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  20 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  7 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  15 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7

Superliga. "Navbahor" so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi, "Bunyodkor" 20 daqiqa bir kishi kam o'ynadi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi, "Bunyodkor" 20 daqiqa bir kishi kam o'ynadi

Superliga 16-turidan o'rin olgan so'nggi bellashuv yakuniga etdi.

Superliga

16-tur

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 17', Jamshid Iskanderov - 90'

Superliga. 16-tur

19/08/2024, 19:30

2
:
2
Tugadi

Bunyodkor

Andriya Filipovich - 8', Temurxo’ja Abduxoliqov - 60'

45'
90'
17'  Jamshid Iskanderov
59'  Filip Ivanovich
77'  Siyavash Haqnazariy
78'  Siyavash Haqnazariy (Ruslanbek Jiyanov)
78'  Jamshid Boltaboev (Saidazamat Mirsaidov)
82'  Komiljon Tojiddinov (Navro'zbek Iminjonov)
88'  Yovan ZHokich
90'  Jamshid Iskanderov
2'  Muzaffar Olimjonov
8'  Andriya Filipovich
8'  Temurxo’ja Abduxoliqov
60'  Temurxo’ja Abduxoliqov
62'  Andriya Filipovich
70'  Boburbek Yuldashev
73'  Muzaffar Olimjonov (Franye Chiryak)
73'  Andriya Filipovich (Azizbek To'lqinbekov)
80'  Amir To'raqulov (Rasul Yo'ldoshev)
80'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Luis Kachorri)
90'  Marin Lyubich

"Navbahor" – "Bunyodkor" 2:2 

Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30

Gollar: Jamshid Iskanderov 17', Jamshid Iskanderov penalti 90+12' Andriya Filipovich (Temurxo'ja Abduxoliqov) 8', Temurxo'ja Abduxoliqov 60'

Bosh hakam: Sultonmurod Abdurahmonov

Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Husan Xudoyberdiev

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

VAR: Akmal Rahimov

AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov

Nazoratchi: Ravil SHayaxmitov

Komissar: Oybek Yunusov

"Navbahor": 35.Sanjar Quvvatov,  8.Siyavash Haqnazari (17.Ruslan Jiyanov, 78), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev (12.Saidazamat Mirsaidov, 78), 21.Giorgi Nikabadze, 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 55.Komil Tojiddinov (71.Navro'zbek Iminjonov, 82), 77.Abror Ismoilov.

Zaxira: 18.Eldor Suyunov, 4.Abror Karimov, 7.Azim Ahmedov, 15.Javohir Abdujabborov, 27.Jahongir Tursunov, 88.Asad Jo'raboev.

"Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 7.SHahboz Jo'rabekov, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (74.Luis Kachorri, 80), 22.Usmonali Ismonaliev, 23.Asadbek Rahimjonov, 25.Itsuki Urata, 41.Andriya Filipovich (66.Azizbek To'lqinbekov, 73), 57.Amir To'raqulov (10.Rasul Yo'ldoshev, 80), 77.Muzaffar Olimjonov (8.Frane CHiryak, 73).

Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 17.Ollobergan Karimov, 49.Farruh Qodirov, 65.Ahmadullo Muqumjonov, 92.Nosir Abdusalomov.

Ogohlantirishlar: Muzaffar Olimjonov (2), Filip Ivanovich (59), Andriya Filipovich (62), Siyavash Haqnazari (77), Yovan Jokich (88), Marin Lyubich (90+3).

CHetlatish: Boburbek Yo'ldoshev (70).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+12. GOL! Jamshid Iskanderov penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 2:2!

90+8. Bosh hakam penalti belgiladi. Jarima maydonchasi ichida Nikabadze yiqitilgan ekan. 

90+5. Zarba! Iskanderovning o'ng oyoqdagi zarbasi ko'zlangan manzilga qarab ketmadi.

90+3. Marin Lyubich vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka oldi. 

90+2. Uuux! Farruh Sayfievning zarbasi Lyubich tomonidan qaytarildi! 

90. Ikkinchi taymga 12 daqiqa(!) qo'shib berildi.

90. Zarbaaaa! Iskanderovning o'ng oyoqdagi kuchli zarbasi darvozaga aniq bormadi.  

88. Yovan Jokich qoidani buzgani bois hakam tomonidan jazolandi. 

86. Namanganliklar ketma-ket hujum uyushtirishmoqda, ammo bu hozircha samara keltirganicha yo'q.

82. "Navbahor"da almashtirish: Tojiddinov o'rniga Iminjonov bahsni davom ettiradi. 

80. "Bunyodkor"da 2 ta o'zgarish: To'raqulov o'rniga Yo'ldoshev, Abduxoliqov o'rniga Kachorri o'yinga qo'shildi. 

78. "Navbahor"da 2 ta o'zgarish: Haqnazari o'rniga Jiyanov, Boltaboev o'rniga Mirsaidov tushdi.

77. Haqnazari simulyaciya qilgani uchun ogohlantirildi. 

73. "Bunyodkor"da 2 ta almashtirish: Olimjonov o'rniga CHiryak, Filipovich o'rniga To'lqinbekov tushirildi.

70. Bosh hakam Boburbek Yo'ldoshevni maydondan chetlatishga qaror qildi. 

68. Referi VAR monitori sari otlandi va vaziyatni obdon ko'rib chiqmoqda. 

65. VAR bosh hakam bilan aloqaga chiqib, Boburbek Yo'ldoshevning Jamshid Iskanderovga nisbatan ishlatgan qo'polligini tekshirishni so'radi. 

62. Andriya Filipovich qoidani buzgani uchun ogohlantirish oldi. 

60. GOL! Temurxo'ja Abduxoliqov penaltidan to'p kiritib, "Bunyodkor"ni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2!

59. Bosh hakam VAR monitoriga borib, vaziyatni shaxsan o'zi ko'rib chiqdi va "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgiladi. Aybdor Ivanovichga sariq kartochka ham ko'rsatildi. 

56. O'yin to'xtab turibdi. VAR ehtimoliy penalti  — Filipovich–Ivanovich to'qnashuvini tekshirmoqda.

55. Filipovichga tibbiy yordamga muhtoj. U Zeytullaevga vaziyat bo'yicha tushuntirish bermoqda. 

52. Jokich Abduxoliqovga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. 

50. SHahboz Jo'rabekov Komil Tojiddinovga nisbatan qoidani buzdi. Iskanderov jarimadan to'pni ichkariga oshirdi, himoyachilar o'z o'rnida. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. "Navbahor" himoyadan boshlab hujum boshlashga kirishdi. Yakunda Farruh Sayfievning uzatmasidan keyin to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

41. "Bunyodkor" bo'lim oxirida faollikni biroz oshirdi, ammo konkret vaziyatlar yo'q. 

38. Zarba! Filip Ivanovichning uzoqdan bergan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

37. Zarbaaa! Haqnazarining xavfli zarbasini Lyubich qaytardi! 

36. Iskanderovdan pas qabul qilib olgan Abror Ismoilov tushunarsiz uzatmani amalga oshirib, to'pni Lyubichga topshirib qo'ya qoldi. 

34. Uuuux! Muzaffar Olimjonovning erlatib amalga oshirgan qulay pasi "Navbahor" vakili tomonidan o'z vaqtida qaytarib qolindi. 

31. "Bunyodkor"ning uchrashuvdagi dastlabki burchak zarbasidan so'ng to'p mezbonlar himoyachilari tomonidan bartaraf qilindi. Bungacha namanganliklar 5 marta "korner" olishga ulgurishdi. 

28. Uuux! Giorgi Nikabadzening pasi va Jamshid Iskanderovning aylanma zarbasidan keyin to'p biroz noaniq ketdi. 

27. "Bunyodkor" bugun omadini faqat qarshi hujumlardan izlamoqda. 

23. Uuux! Haqnazaridan chalg'ituvchi harakatlar va zarba! Marin Lyubich o'z o'rnida! 

22. Zarbaaa! Haqnazarining olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

20. "Navbahor" hujumlarni tindirgani yo'q. Sergey Lushchan chiroyli futbol tarafdori bo'lgan mutaxassis va u jamoasidan ham shuni talab qilayotgani yaqqol ko'zga tashlanmoqda.    

17. GOL! "Navbahor" oradan 9 daqiqa o'tib hisobni tenglashtirdi! U Jamshid Iskanderovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi talato'pda darvozaga kirib ketdi – 1:1! 

14. "Navbahor" to'pga egalik qilgan holda hujum tashkil etishga urinmoqda. 

10. VAR ofsaydi bilan bog'liq vaziyatni ko'rib chiqdi va golni inobatga oldi. 

8. GOL! "Bunyodkor"ning tezkor qarshi hujumi gol bilan yakun topdi. Temurxo'ja Abduxoliqovning qulay uzatmasidan keyin Andriya Filipovich darvozani ishg'ol qildi – 0:1!

5. Abror Ismoilov o'ng qanotdan oldinga borib, ancha noaniq uzatmaga mualliflik qildi. 

2. Muzaffar Olimjonov qoidani buzgani uchun ogohlantirildi. 

1. Uchrashuvga start berildi! 

Reyting: -5   

Fikrlar

+33   
19 avg 21:34:23
RS
Виждони булса Искандеров пенальтини тепмаслиги керак эди. Кандай татир экан а, уят...
+28   
19 avg 21:38:34
Muhammadxon Mamatov
Бугун Бунёдкор 2 ачко йўқотди
+24   
19 avg 21:39:27
atm chenpion
Vodiylikman lekin tan olib aytaman oxirgi penalti kk mas edi korxam kordiku ruka
+23   
19 avg 21:30:09
Kola Liga
Хакам чичворди
+21   
19 avg 21:35:31
Abduvoris
Bunaqa xarom penalti faqat Namanganda “majburan” qoyib beriladi!
+20   
19 avg 21:49:41
JOKER 10
Дўстлар (айрим) футболни ахволини кўрдиларинг хаммаси ғирром мухлислик қилиб жон куйдиришга арзимайди силардан илтимос нима ёзсаларинг хам ўзларинг биласанлар бу силани хохишила фақат ОНАни мўътабар зотни аралаштирмаларинг, ОНАни хақорат қилмаларинг, мард бўлсанг ўзини бориб ур лекин ОНАга тегмаларин ИЛТИМОС. !!!
+19   
19 avg 21:44:23
JOKER 10
Қизил хам Пенка хам йўқ эди (шахсий фикр) бошқани манга ёзган жавоб фикри вапше копейка.
+18   
19 avg 21:45:57
SHAHZOD
Хозир навбахорни урнига пахтакор бунёдкорни урнига навбахор бўлганида, наманган ззззз киворарди навбахорни чопишди деб. Мана энди холис фикр килиш, навбахор кандай ютди, харом 1 ачкони каердан олди?
+18   
19 avg 21:35:35
Ris Jeyms
Yoq Joydan qizil berdi qarasa Navbahor gol uromlmayapti vijdoni kotiGa tiqib penalti berdi bita haromxor...
+18   
19 avg 21:28:43
Otsiz Chavandoz
Dunyodigi eng kulgili narsa nima? SUDYABAHORNI muxlislari sudyadan nolishi.
+17   
19 avg 21:34:43
ПСЖ
Nimaga sudya VAR ri kop ewitti? Vardigila navbahorri kotta akalari bilan telda gaplawiwdi wakil)
+17   
19 avg 21:32:32
UzBekistanTEAMFCCC
Хакам чичворди.
+17   
19 avg 21:11:37
PAKHTAKOR CHEMPION
bu safar kim aybdor bolarkin Paxtakor diyor pfl mana yoq joydan qizil oylab topti qoil chempion bolish uchun faqat Paxtakornimas aytsayderlaniyam yutish kere bunyodkor mobodo yutqazib qoysayam malades zor oynadi
+17   
19 avg 21:00:37
ÓZINGNI BOSS BOLAPAQIR
Qizil yoʻq edi 100 foiz umuman tortmaydi qizilga
+16   
19 avg 21:42:37
Abduvoris
Уз. foydalanuvchining fikriga javob berish
Барибир ачко олди Навбахор маладест
Xarom ochko muborak sizga!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика