So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  3 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  61 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Superliga. "Lokomotiv" va "Surxon" bir ochkodan bo'lishib olishdi Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" va "Surxon" bir ochkodan bo'lishib olishdi

Superliga 9-turining so'nggi o'yini yakunlandi.

Unda "Lokomotiv" o'z maydonida "Surxon"ni qabul qildi va murosa ko'chasini tanladi – 1:1. 

Superliga

9-tur

Lokomotiv

Abdulaziz Abdurashidov - 75'

Superliga. 9-tur

27/05/2024, 19:00

1
:
1
Tugadi

Surxon

Dmitriy Pletnyov - 11'

45'
90'
27'  Damyan Krayishnik
64'  Sardor Abdunabiev (Izzat Abdullaev)
75'  Abdulaziz Abdurashidov
75'  Sanjar Tursunov
84'  Abdulaziz Abdurashidov (Abubakrrizo Turdaliev)
11'  Dmitriy Pletnyov
11'  Asadbek Karimov
63'  Muhammadali Abdurahmonov (Silvanus Nimeli)
63'  Asadbek Karimov (Asilbek Jumaev)
72'  Ulug'bek Hoshimov (Kamron Saidazimov)
72'  Dmitriy Pletnyov (Bobur Asqarov)
81'  Egor Krimets (Behzod SHamsiev)

"Lokomotiv" – "Surxon" 1:1 

27 may. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00

Gollar: Abdulazizxon Abdurashidov (Sanjar Tursunov) 75' – Dmitriy Pletnyov (Asadbek Karimov) 11'

Bosh hakam: Xushnud Suyunboev

Qanot hakamlari: Sardor Hakimov, Abdulhamid Abdurayimov

Zaxira hakami: Mumtoz Toshmurodov

VAR: Aziz Asimov

AVAR: Edita Mirobidova

Nazoratchi: Bobur Haydarov  

Komissar: Qudrat Madraimov

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov (70.Abubakrrizo Turdialiev, 84), 4.Ivan Rogach, 7.Sardor Abdunabiev (11.Izzatilla Abdullaev, 54), 8.Damyan Krayishnik (20.Javohir Mubarakov, 73), 10.Ivan Bulatovich, 14.Dilshod Komilov, 17.Sanjar Tursunov, 22.Muhammadanas Hasanov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 55.Anzur Ismoilov.

Zaxira: 16.Danil Baklanov, 19.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 23.Jahongir Hoshimboev, 27.Sobit Sindarov, 99.Komron Saydazimov.

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 4.Nodirxon Nematxonov, 7.Doston Tursunov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 9.Ulug'bek Hoshimov (99.Komron Saydazimov, 72), 10.Dmitriy Pletnyov (2.Bobur Asqarov, 72), 17.Jahongir Abdusalomov, 19.Muhammadali Abdurahmonov (18.Silvanus Nimeli, 63), 23.Egor Krimec (6.Behzod SHamsiev, 81), 66.Behruz SHaydulov, 77.Asadbek Karimov (27.Asilbek Jumaev, 63).

Zaxira: 86.Davron Merganov, 5.Azizbek Pirmuhammadov, 14.Sarvar Abduhamidov, 22.Javohir Jo'raev.

OgohlantirishlarDamyan Krayishnik (27), Abubakrrizo Turdialiev (90+3).


BAHS YAKUNLANDI! 

90+3. Turdialiev to'pni yon chiziqdan kiritishga xalaqit qilgani uchun ogohlantirildi. 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi. 

89. "Loko" to'pga egalik qilgan holda sekin-asta hujum tashkil etmoqda. 

84. Lokomotiv"da almashtirish: Abdurashidov o'rniga Turdialiev tushirildi.

81. "Surxon"da o'zgarish: Krimec o'rniga SHamsiev tushirildi.  

81. Zarba! Saydazimovning zarbasidan keyin to'p himoyachilarga tegib qaytdi. 

80. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tib, g'alaba qozonishga astoydil harakat qilishmoqda. 

75. GOL! Tursunovning pasidan so'ng Abdulazizxon Abdurashidov yaqin masofadan darvozani ishg'oli qilib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!

73. "Lokomotiv"da almashtirish: Krayishnik o'rniga Mubarakov o'yinga qo'shildi. 

72. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Pletnyov o'rniga Asqarov, Hoshimov o'rniga Saydazimov tushdi.  

70. Zarba! Bulatovichning akrobatik zarbasi darvozabonga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi. 

68. Uuuux! "Loko" vakilining bosh bilan bergan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi! 

67. Sanjar Tursunovning odatiy uzatmasidan so'ng himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

64. "Lokomotiv"da o'zgarish: Sardor Abdunabiev o'rniga Izzatilla Abdullaev maydonga tushdi. 

63. "Surxon"da 2 ta o'zgarish: Karimov o'rniga Jumaev, Abdurahmonov o'rniga Nimeli tushirildi.

61. Zarba! "Loko" futbolchisining zarbasidan so'ng Dilshod Yo'ldoshev sergak turganini ko'rsatdi. 

58. Sardor Abdunabiev qanotda faollik ko'rsatganiga qaramay, himoyachi uning o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi, "aut".

55. Ulug'bek Hoshimov jahl qilib, to'pni tepib yubordi va sariq kartochka oldi. Avvalroq hakam u ofsaydda qolganini qayd etgan edi. 

54. Egor Krimec Krayishnikka nisbatan qo'pol harakat qildi.

49. "Lokomotiv" vakillarining standarti gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo bosh bilan berilgan zarba biroz noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!

45+4. Uuuux! Sanjar Tursunovning akrobatik zarbasi ancha muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

45+2. Zarba! Ulug'bek Hoshimov juda noaniq zarbaga mualliflik qildi.

45+1. Zarbaaa! Ivan Rogachning yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasi sal noaniq ketdi. 

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. Sardor Abdunabievning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Dilshod Yo'ldoshev qiyinchiliksiz to'pga ega chiqdi. 

40. Ivan Bulatovichga tibbiy yordam zarur. SHu bois Doston Tursunov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

39. Ulug'bek Hoshimov qanotdan oldinga intilayotgan Muhammadanas Hasanovga nisbatan fol ishlatdi. 

34. Uuux! Sanjar Tursunovning aylanma zarbasi ustunga tegib qaytdi, "Loko"ning boshqa bir azosi zarba yo'lladi, ammo uning yo'liga Behruz SHaydulov to'g'anoq bo'ldi. 

32. Behruz SHaydulovning pasidan so'ng Ulug'bek Hoshimov to'pni oyoq bilan darvozaga yo'naltirib qo'ydi, noaniq.

27. Krayishnik Humoyun SHerbo'taevga tirsak bilan zarba berib yuborgani uchun ogohlantirildi. 

24. Zarbaaa! Ulug'bek Hoo'imovning chamasi 18 metrdan bergan kuchli zarbasini Abdujalilov qaytardi. Ajoyib seyv! 

23. Dilshod Komilovning Bulatovga bergan uzatmasidan keyin to'p bir yo'la maydonni tark etdi.

19. Zarba! Sanjar Tursunovning kuchli zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. Futbolchi to'r rikoshet orqali maydondan chiqib ketganini iddao qilmoqda. 

16. Endi Muhammadanas Hasanov o'ng qanotdan oldinga borgan Asadbek Karimovni yiqitdi. 

15. Nematxonov qanotda "Loko" hujumchisiga nisbatan qoidani buzdi, jarima belgilandi. 

11. GOL! Dmitriy Pletnyovning erlatib yo'llagan zarbasi darvoza to'ridan joy oldi – 0:1! 

9. Nematxonov Bulatovichga nisbatan qoidani buzdi, rossiyalik futbolchiga bu yoqmadi va o'rtada biroz tortishuv yuzaga keldi. 

8. "Loko"ning qarshi hujumlari tobora xavfli tusga kirib boryapti. 

5. Zarbaaa! Muhammadanas Hasanovning zarbasini Dilshod Yo'ldoshev qaytarishga erishdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика