So’nggi yangiliklar

21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  0 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  17 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  4 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  40 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Superliga. "Lokomotiv" "Paxtakor"ni mag'lub etib, chempion bo'ldi! Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" "Paxtakor"ni mag'lub etib, chempion bo'ldi!

Superliganing 31-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlaini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH 

 

Uchrashuv boshlandi. 2-daqiqada Sanjar SHoahmedovning zarbasi xavfli biroq noaniq chiqdi. 8-daqiqada Bezerra oldinga borayotganida Anzur Ismoilov uni ortdan atayin chalgani uchun ogohlantirildi va jarima to'pi belgilandi. Dragan CHeranning 20 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

12-daqiqada Marat Bikmaevning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 14-daqiqada Tiago Bezerraning boshi bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi.

16-daqiqada burchak to'pidan so'ng Anzur Ismoilov boshi bilan noaniq zarba berdi. 19-daqiqada Igor Yelich 25 metrlardan juda kuchli zarba bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 1:0.

27-daqiqada Sanjar SHoahmedovning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi. 31-daqiqada Tiago Bezerra 3 metrdan gol ura olmadi.

35-daqiqada Masharipov to'pni jarima maydoni ichida to'pni egallab zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.

37-daqiqada bosh hakam SHorahmedov Zoteevni yiqitgani uchun penalti belgiladi. 38-daqiqada Marat Bikmaev penaltidan gol urdi - 2:0. 

Birinchi taymda boshqa gol urilmadi.

Ikkinchi taym boshlandi. 

51-daqiqada Sayfievning uzatib bergan to'pini CHeran darvozaga yo'lladi - 2:1. Keyingi daqiqada Masharipovning zarbasi noaniq ketdi.

60-daqiqada Tiago Bezerraning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi. 

65-daqiqada Bezerra jarima to'pini amalga oshirdi, Nesterov o'z o'rnida.

70-daqiqada SHoahmedovning to'p uzatishdan keyin Bikmaev jarima maydoni ichiga kirib borib dublga erishdi - 3:1. 

86-daqiqada o'ng qanotdan SHorahmedovning oshirgan to'pini Bezerra boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:2. 

90+2-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasini Suyunov qaytardi. 

O'yin tugadi. "Lokomotiv" ketma-ket uchinchi bor O'zbekiston chempioniga aylandi!


Superliga / 31-tur
26 noyabr, dushanba
18:00 - “LOKOMOTIV” — “PAXTAKOR” 3:2
Hakamlar: 
Ahrol Risqullaev, Rishat Nig'monov, Doniyor Saylavov, Elyor Tursunov.
Nazoratchi: Arslon Xotamov.  
Komissar: Bahodir Mirzaev.

Gollar: Igor Yelich 19, - 1:0. Marat Bikmaev 38 penalti, - 2:0. Dragan CHeran 51, - 2:1 (Farrux Sayfiev). Marat Bikmaev 70, - 3:1 (Sanjar SHoahmedov). Tiago Bezerra 86, - 3:2 (Akmal SHorahmedov).

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev (Sardor Rashidov, 75), Sardor Mirzaev, Husniddin G'ofurov (Temurxo'ja Abduxoliqov, 80), Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar SHoahmedov, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich (Diyorjon Turopov, 67)
Zaxira: Mamur Ikromov, Sadriddin Abdullaev, Azizbek Omonov, Nikolay Pogrebnyak, Alisher SHog'ulomov, Farrux Ibrohimov

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiev, SHerzod Azamov, Marko Simich, Akmal SHorahmedov, Azim Ahmedov (Jasur Yaxshiboev, 36), Dilshod Rahmatullaev, Jaloliddin Masharipov, Dragan CHeran, Ismoil Gonsalvesh (Igor Sergeev, 77), Tiago Bezerra
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Jamshid Iskanderov, Egor Krimec, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiev, Vladimir Kozak,

Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov 8, Islom To'xtaxo'jaev 62, Ignatiy Nesterov 72, Farrux Sayfiev 73, Husniddin G'ofurov 73.


Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика