So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Pro ligadan chiqqan "Lokomotiv" amaldagi chempion "Paxtakor"ni yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

Pro ligadan chiqqan "Lokomotiv" amaldagi chempion "Paxtakor"ni yirik hisobda taslim qildi

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Lokomotiv" — "Paxtakor" 3:0
Bosh hakam:
Rustam Lutfullin
Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev
VAR hakami: Aziz Asimov
AVAR hakami: Sanjar SHoyusupov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Sardor Abdunabiev 20, - 1:0 (Ivan Bulatovich). Damyan Krayishnik 38 penalti, - 2:0. Ivan Bulatovich 47, - 3:0.

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 55. Anzur Ismoilov, 4. Ivan Rogach, 14. Dilshodjon Komilov, 8. Damyan Krayishnik (77.Lazizbek Mirzaev, 87), 17. Sanjar Tursunov (23.Jahongir Hoshimboev, 87), 26. Abdulloh Yo'ldoshev (70.Abubakirrizo Turdialiev, 81), 22. Muhammadanas Hasanov, 7.Sardor Abdunabiev (27.Sobit Sindarov, 90+2), 10.Ivan Bulatovich (15.Jasurbek Hakimov, 81).
Zaxira: 32. Suhrobjon Sultonov, 6.SHerzod Komilov, 11.Izzatilla Abdullaev, .

"Paxtakor": 35. Pavel Pavlyuchenko, 77. Dilshod Saitov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov (40. Kimi Merk, 46), 2. Bexruzbek Asqarov, 22. Umar Adhamzoda, 15. Diyorbek Ortiqboev, 18. Saidumarxon Saidnurullaev, 8. Diyor Xolmatov, 17. Dostonbek Hamdamov (31. Muhammadali Usmonov, 73), 11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10. Dragan CHeran.
Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 19. Sunnatilla Poyonov, 14. Nurlan Ibraimov, 24. Kirill Todorov, 29. Muxriddin Pazildinov, 99. Abbos Ergashboev.

Ogohlantirishlar: Ivan Rogach 8, Anzur Ismoilov 71, Abdulloh Yo'ldoshev 76, Dilshod Komilov 79, Kimi Merk 85,


MATNLI TRANSLYACIYA




"Paxtakor" Superligada 2020 yil 25 noyabrdan buyon ilk bor yirik hisobda mag'lub bo'ldi. O'shanda "sherlar" Qarshida "Nasaf"ga 0:3 hisobida yutqazishgandi.

90+4. O'yin tugadi. "Lokomotiv" - "Paxtakor" 3:0

90+2. O'zgarish. "Lokomotiv". Abdunabiev o'rniga Sindarov tushdi

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shildi

87. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Krayishnik va Tursunov o'rniga Hoshimboev va Mirzaev tushdi

85. Ogohlantirish. "Paxtakor". Kimi Merk

84. Zarba! Xolmatovning kuchli va aniq zarbasidan keyin Abdujalilov chiroyli seyv qildi! 

81. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Yo'ldoshev va Bulatovich o'rniga Turdialiev va Hakimov tushdi

79. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Dilshod Komilov

76. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Abdulloh Yo'ldoshev

73. O'zgarish. "Paxtakor". Hamdamov o'rniga Usmonov tushdi

71. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Anzur Ismoilov

66. "Lokomotiv" tajribali futbolchilar evaziga tartibli va bexato o'ynamoqda. "Paxtakor" esa shoshilmoqda

60. Uchrashuvni tomosha qilayotgan Srechko Katanec kelajakda "Lokomotiv"dan kimnidir terma jamoaga chaqirarmikin?

55. Zarba!  Dilshod Saitovning kuchli zarbasidan keyin Abdujalilov to'pni qaytardi!

47. GOL! Ivan Bulatovich hisobni yiriklashtirdi - 3:0. "Paxtakor" shokda!  VIDEONI KO'RISH



46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Paxtakor". Abdumajidov o'rniga Kimi Merk tushdi


45+5. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 2:0

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi

39. Zarba! Dostonbek Hamdamovning burama zarbasi noaniq ketdi

38. GOL! Damyan Krayishnik penaltidan gol urdi - 2:0! VIDEONI KO'RISH



36. PENALTI! "Paxtakor" darvozasiga! Adhamzoda Abdurashidovni yiqitdi

28. "Lokomotiv" futbolchilari raqibga nisbatan juda kuchli pressing qilishmoqa

20. GOL! Sardor Abdunabiev Bulatovich uzatgan to'pi darvozaga yo'lladi - 1:0. "Lokomotiv" 2018 yildan keyin ilk bor o'z uyida "Paxtakor"ga gol urdi. VIDEONI KO'RISH



19. "Lokomotiv"da burchak to'pi. Havodan uzatilgan to'pni Abdunabiev boshi bilan darvozaga yo'lladi, kuchsiz va noaniq

9. "Paxtakor"ning hujumi Xoldorxonovning zarbasi bilan tugadi, o'ta noaniq

8. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Ivan Rogach

7Hozircha o'yin u qadar shiddatli o'tmayapti. Jamoalar havo sovuqligi uchun "qizishib" olishmoqda 

3. O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec ham stadionda 



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:45da boshlanadi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика