So’nggi yangiliklar

19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  4 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

Superliga klublari marketing va matbuot xizmati hodimlari uchun seminar o'tkazildi Yangiliklar

Superliga klublari marketing va matbuot xizmati hodimlari uchun seminar o'tkazildi

Teglar :  Superliga
Joriy yilgi mavsumdan boshlab O'zbekiston milliy chempionati butunlay o'zgacha tartibda o'tkazilmoqda. Tarixda ilk marta chempionatimiz titul homiyga ega bo'ldi.

Qolaversa, Superliga uchrashuvlari oldingi mavsumlar bilan solishtirganda tashkiliy jihatdan ancha yuqori darajada o'tkazilmoqda, o'yinlar televidenie orqali keng ko'lamda efirga uzatilmoqda.

O'z rivojlanish tarixida yangi bosqichni boshlab olgan O'zbekiston Professional futbol ligasi yanada yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda. Xususan, liga va klublarning homiylar bilan yaqindan ishlashi va o'yinlarning imkon qadar kengroq yoritilishini taminlash maqsadida bugun O'FA binosida Superliga klublari marketing hamda matbuot xizmati bo'limi hodimlari uchun seminar tashkil etildi. Unda klublarning reklama hamda marketing sohasida ish faoliyatini yanada yaxshilash, har bir klubning homiy hamda hamkorlar bilan shartnomalar imzolash orqali o'z harajatlarini qoplash, daromad olishi bo'yicha taklif va tavsiyalar berildi. SHuningdek, internetda MYCUJOOTV platformasida Superliga uchrashuvlarini translyaciya qilishda qanday jihatlarga etibor qaratilishi lozimligi tushuntirildi.  

Qolaversa, Superliga o'yinlarining matbuot tomonidan yoritilishida zamonaviy ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish bo'yicha aniq tavsiyalar berildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика