So’nggi yangiliklar

22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  0 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  2 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  35 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   9 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  8 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  10 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  1 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0

Hujumlarga boy bo'lgan o'yinda "Dinamo" "Navbahor" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Hujumlarga boy bo'lgan o'yinda "Dinamo" "Navbahor" bilan durang o'ynadi

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga, 6-tur
"Dinamo" – "Navbahor" 2:2
26 aprel 2019 yil. Samarqand. "Dinamo" stadion. 17:30
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Komil Rasulov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Bekzod Aripov.
Gollar: Slavko Lukich 25, - 1:0 (Azimjon Ahmedov). Qadamboy Nurmetov 35, - 1:1. Sardor Eminov 45, - 2:1. Aleksandr Kasyan 47, - 2:2 (Ivan Solovyov).
"Dinamo": 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqaev, 4.Hakimxon Alamxonov, 6.Akmal Xolmurodov, 7.Jasur Azimov (19.Sanjar Baratov, 71), 11.Qadamboy Nurmetov (14.Vohid SHodiev, 67), 16.Bobur Qosimov, 20.Siroj Hamroev, 23.Sardor Eminov (9.Nizomjon Norov, 89), 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 34.SHoxrux Abdurahmonov.
Zaxira: 12.SHohruhbek Eshbo'taev, 5.Avaz Agaliev, 21.Damir Temirov, 39. Maksimilian Fomin, 44.Dilmurod Karimov

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Slavko Lukich, 6.Oston O'runov (8.SHahzod SHaymanov, 39), 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovev (17.Elman Tagaev, 74), 11.Aleksandr Kasyan (14.Bahodir Nasimov, 67), 15.Obid Jo'raboev, 19.Mirzohid G'ofurov, 30.Abdujamol Isroilov, 32.Jahongir Mehmonov, 70.Abbosjon G'ulomov.
Zaxira: 23.Dilshod Hamroev, 25.Mirzohid Mamatxanov, 4.Aziz Ibragimov, 29.Hojiakbar Yunusov, 55.G'iyosjon Komilov

Ogohlantirishlar: Sardor Eminov 37, Hakimxon Alamxonov 90.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+5. O'YIN TUGADI. "Dinamo" - "Navbahor" 2:2

90+3. UXXXXXXXXXXXXX! YANA BIR HUJUM! Botirali Ergashev yana bir bor jamoasini goldan qutqardi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

90. Ogohlantirish. "Dinamo". Hakimxon Alamxonov

89. O'zgarish. "Dinamo". Sardor Eminov o'rniga Nizomjon Norov

88. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! DARVOZA USTUNI! Vohid SHodievning zarbasi ustuniga tegib qaytdi! Ajoyib o'yin davom etmoqda 

85. UXXXXXXXXXX! Sanjar Baratov juda va juda qulay vaziyatda zarba bera olmadi! 

83. ZARBAAAAAA! Vohid SHodievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

77. JAVOB HUJUMIII! Nasimov birga bir vaziyatda zarba berdi, bu safar Botirali to'pni qaytardi!

77. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! SHodiev boshi bilan zarba berdi, Yusupov to'pni chiziq ustida ushlab oldi!

74. O'zgarish. "Navbahor". Ivan Solovev o'rniga Elman Tagaev tushdi

71. O'zgarish. "Dinamo". Jasur Azimov o'rniga Sanjar Baratov tushdi

67. O'zgarish. "Dinamo". Qadamboy Nurmetov o'rniga Vohid SHodiev tushdi

67. O'zgarish. "Navbahor". Aleksandr Kasyan o'rniga Bahodir Nasimov

64. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! QANDAY QILIB?! Aleksandr Kasyan hozir 4 metrdan darvozaga noaniq zarba berdi, uning yonida hech kim yo'q edi! 

63. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! DAHSHATLI SEYV! Abdurahmonovning zarbasini O'tkir Yusupov ajoyib seyv bilan qaytardi!

57. Ivan Solovyovning jarima zarbasini darvozabon Botirali Ergashev bartaraf etdi.

54. ZARBAAAAA! Jasur Azimovning kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi

50. UXXXXXXXXX! Botirali Ergashev hozir yuzi bilan to'pni qaytardi!

47. Solovyovning burchakdan uzatgan to'pini Kasyan boshi bilan darvozaga yo'lladi.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Aleksandr KASYAN! 2:2

46. Ikkinchi taym boshlandi.


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 2:1

45. Katta tezlikda oldinga o'tgan Eminov uzoq masofadan yo'llagan zarba darvozaga kirib ketdi! 

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SARDOR EMINOOOOOOOV! 2:1

43. Xavfli vaziyat! Mezbonlar jarima to'piga bo'lishdi, ajoyib o'ylangan kombinaciyani SHohruh Abdurahmonov foydalana olmadi!

39. O'zgarish. "Navbahor". Oston O'runov o'rniga SHahzod SHaymanov tushdi

37. Ogohlantirish. "Dinamo". Sardor Eminov

35. O'ng qanotdan Sardor Eminov tomonidan uzatilgan to'pni Nurmetov boshi bilan darvozaga yo'lladi.

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! QADAMBOY NURMETOV 1:1! 

29. ZARBAA! Abbosjon G'ulomov kattagina masofani bosib o'tib jarima maydoniga kirib o'ta noaniq zarba berdi, uning yonida sherigi Ivan Solovyov ham bor edi

25. Burchak to'pidan so'ng Azim Ahmedov oshirgan to'pni Lukich aylantirib darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi.  

25. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SLAVKO LUKICH! 0:1 


13. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAT! Ixtiyor Toshpo'latov birga bir vaziyatdan zarba berdi, noaniq!

12. ZARBA! Jasur Azimovning yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

11. Mezbonlarda jarima to'pi tepish imkoniyati yuzaga keldi.

8. ZARBA! Sardorbek Eminovning 25 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. Ilk daqiqalarda ikkala jamoa azolari ham faol o'ynashdi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.


YANGILASH

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика