So’nggi yangiliklar

03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  1 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  1 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  0 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  1 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  1 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0 00:30Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Бу мен учун кутилмаган ҳолат бўлди"  6 00:13АПЛ. "Вулверхэмптон" – "Манчестер Юнайтед". Асосий таркиблар маълум!  8 23:37"Ливерпуль" Салоҳнинг "Интер" билан ўйин таркибидан четлатилишини жазо деб баҳоламаяпти, бошқа интизомий чоралар ҳам кўрилмайди  3 23:00"Ливерпуль" Салоҳ билан боғлиқ вазиятни ўнглаш мумкин деб ҳисобламоқда  4 22:37ЖЧ-2026 ўйинларида об-ҳаводан қатъи назар, ҳар бир таймда уч дақиқалик сув ичиш учун танаффуслар бўлади  3 22:13Флик "Реал" ва "Сельта" ўйинини томоша қилмади: "Мен ухлаётгандим. "Барса" бор эътиборини ўзига қаратган ва "Мадрид" ҳақида гапиришни истамайди"  3 21:36"Маҳалланинг ўзида ўсган бола ҳам катта футбол саҳнасига чиқиши мумкин" — TBC Bank ва Элдор Шомуродов янги ҳамкорликни йўлга қўйди  6 21:30"Манчестер Сити"га қарши баҳсдан олдин Мбаппе чап қўлидаги бармоғини синдириб олди, аммо...  1 21:20Милитао узоқ муддатга сафдан чиқди  2

Pul topishni "Paxtakor"dan o'rganish kerak Yangiliklar

Pul topishni "Paxtakor"dan o'rganish kerak

Teglar :  PaxtakorSuperliga
Superliga klublari yozgi transfer oynasida tarkiblarida o'zgarishlarga qo'l urdi.

Kimdir yangi futbolchi jalb qildi, yana kimdir futbolchi sotuvidan daromad qildi yoki ijaraga boshqa klublarga berib yubordi. Tabiiyki bunda ikki tomonda manfaatlar to'qnashuvi yotadi. Qaysidir tomon foyda ko'rishi kerak bo'ladi. "Paxtakor" yozgi transfer oynasida Superliganing qolgan jamoalaridan farqli pul tomonlama foyda ko'ra oldi. Endilikda jamoa chempionlik kurashiga qaytishni maqsad qilgan. Bunga esa sabablar etarlicha. 

"Paxtakor" murabbiyga nihoyat yolchidi

Pedru Moreyra boshqaruvidagi muvaffaqiyatsiz seriyadan so'ng, Kamoliddin Tojievga ishonch bildirildi. U avval ham o'tgan mavsumda jamoani qisqa vaqt boshqargan, mavsumni Shackix yakunlab qo'ygandi. Ammo bu gal vaziyat boshqacha tus oldi. Tojiev rahbarligida jamoa ketma-ket 7 o'yinda mag'lub bo'lmadi va 17 ochko jamg'ardi. O'zbekiston Kubogidagi 2 ta o'yinni ham qo'shsak umumiy 9 ta bellashuv. 

Ayniqsa, Qarshidagi "Nasaf"ga qarshi irodali durang hamda Toshkentda "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alaba jamoa kayfiyatini ko'tardi. Qiyos uchun: Moreyra 8 uchrashuvda 9 ochko to'plagan bo'lsa, Tojiev 7 o'yinda 18:4 to'plar nisbati bilan 17 ochko jamg'ardi. Bu uning muvaffaqiyatli taktik echimlari va jamoa ichidagi ishonch muhiti samarasidir.  Futbolchilar murabbiyga ishonmoqda, jamoa har bir o'yinda o'zining kuchli taraflaridan maksimal foydalana olyapti. Faqat muammo Tojievda Pro licenziyasi yo'qligi. 

Yozgi transferlar. "Paxtakor" pul topishni uddalayapti

Yozgi transfer oynasida "Paxtakor" nafaqat sport, balki moliyaviy tomondan ham yutib chiqdi. Jamoa quyidagi futbolchilar bilan xayrlashdi:

Muhammadali O'rinboev ("Antverpen", Belgiya), Abdulla Abdullaev ("Dibba Al-Fujayra", BAA), Otabek Jo'raqo'ziev, Muhammadali Usmonov, Saidumarxon Saidnurullaev (uchovlon ham "Andijon"ga), Ulug'bek Hoshimov ("Dinamo"), Jonatan Lukka.

Ularning o'rni munosib tarzda qoplandi. Klub o'zining sobiq to'p teparlari Xojimat Erkinov va Azizbek Turg'unboevni qaytardi, mudofaaga iroqlik Zaid Tahsin, yarim himoyaga Behruz Asqarov keltirildi. Hujum chizig'iga esa Bobir Abdixoliqov qo'shildi. U Igor Sergeevga munosib raqobat tug'diradi.

Qizig'i shundaki, "Paxtakor" bir necha transferlardan katta foyda ko'rdi. Birgina Ulug'bek Hoshimov 2021 yilda "Neftchi"ga 200 mln so'mga berilgan, 2024 yil ortga qaytdi va bir mavsumdan so'ng "Dinamo"ga 27 ming dollarga sotildi. Muhammadali O'rinboevning "Antverpen"ga transferi orqali 300 ming evro ishlab olindi. Abbos Fayzullaevning CSKAdan "Istanbul Bashakshehir"ga transferi esa 10% ulush bilan 750 ming evro olib keldi. Bundan tashqari, Shahzod Azmiddinov ijarasi uchun "Andijon"dan taxminan 50, Mahmud Mahamadjonovning "Dinamo"ga o'tishidan 80 million so'm oldi. "Paxtakor"dan nihoyatda aqlli yurish va harakat deya olamiz. Birovning cho'ntagidagi pul bilan ishimiz yo'q lekin "Paxtakor" bu borada qolganlardan ko'ra yaxshiroq harakat qilyapti. Futbolchidan maydonda ham, maydon tashqarisida ham foydalanishni uddasidan chiqmoqda. 

Avgust — "sherlar" uchun imtihon oyi

"Paxtakor"ni ikkinchi davra boshida juda zich va qiyin taqvim kutib turibdi. Jamoa:

1 avgust — "Mashal" (safarda)

5 avgust — OKMK (uyda)

11 avgust — "Dinamo" (safarda)

15 avgust — "So'g'diyona" (uyda)

22 avgust — "Andijon" (safarda)

Bundan tashqari, "Neftchi" bilan to'qnashuv ham juda muhim. Mana shu 5–6 uchrashuv jamoaning mavsumdagi eng hal qiluvchi pallasi bo'lishi mumkin. Bu sinovlardan muvaffaqiyatli o'ta olsa, jamoa nafaqat kuchli uchlik, balki chempionlik poygasi uchun ham jiddiy davogarga aylanishi mumkin.

"Sherlar" oltin uchun poygaga qaytadimi?

Ayni damda "Paxtakor" 26 ochko bilan 6-o'rinda. 3-o'rindagi "Dinamo" bilan farq — 3 ochko, "OKMK" va "Bunyodkor"dan — 1 ochko orqada. "Nasaf" esa bor-yo'g'i 7 ochkoga ilgarilab ketgan. Yani, chempionlik poygasidan umid hali yo'qolmagan.

Tojiev qo'l ostidagi "Paxtakor" maydonda o'yini va ruhi bilan bu umidni asossiz emasligini isbotlayapti. Futbolchilarda ishonch, jamoada kuch, murabbiyda esa strategiya bor. Endilikda barchasi amaliyotda o'z isbotini topishi kerak — barchasini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика