So’nggi yangiliklar

22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  2 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  35 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   9 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  8 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  10 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  1 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3

Superliga. Bugun Samarqand, Qarshi va Buxoroda o'yinlar bor Yangiliklar

Superliga. Bugun Samarqand, Qarshi va Buxoroda o'yinlar bor

Teglar :  Superliga
Bugun Superliganing 6-turidan o'rin olgan dastlabki uchta o'yin o'tkaziladi.

Dastlabki beshta turda 7 ochko to'plagan ikki klub o'rtasidagi bahs. Har ikki jamoa ham 5ta turda 5tadan gol o'tkazib yubordi.

"Dinamo" bu mavsumda Samarqandda umuman mag'lub bo'lgani yo'q - 2 g'alaba va 1 durang.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida jami 46 marta to'qnash kelishgan. 25 uchrashuvda "lochinlar"ning qo'li baland kelgan. 13ta bahs "Dinamo"ning g'alabasi bilan tugagan va qolgan 8 o'yinda durang kuzatilgan.

So'nggi o'zaro ikki uchrashuvda "Navbahor" bir xil 1:0 hisoblarida zafar quchgan.

Bu yil "Dinamo" darvozasini qo'riqlayotgan Botirali Ergashev o'tgan mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qilgan edi.


Dinamo

Qadamboy Nurmetov - 35', Sardor Eminov - 45'

Superliga. 6-tur

26/04/2019, 17:30

2
:
2
Tugadi

Navbahor

Slavko Lukich - 25', Aleksandr Kasyan - 47'

45'
90'
35'  Qadamboy Nurmetov
35'  Sardor Eminov
37'  Sardor Eminov
45'  Sardor Eminov
67'  Qadamboy Nurmetov (Vohid Shodiyev)
71'  Jasur Azimov (Sanjar Baratov)
89'  Sardor Eminov (Nizomjon Norov)
90'  Hakimzhon Alamxonov
25'  Slavko Lukich
25'  Azim Ahmedov
39'  Oston O'runov (Shahzod Shaymanov)
47'  Aleksandr Kasyan
47'  Ivan Solovyov
67'  Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov)
74'  Ivan Solovyov (Elman Tagaev)



Musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasida borayotgan klublar o'rtasidagi to'qnashuv. AGMK ham, "Nasaf" ham 5ta turda 4tadan ochko to'plashdi.

"Ajdarlar" ketma-ket uchta turdan buyon, olmaliqliklar esa ketma-ket ikki turdan buyon mag'lub bo'lishmoqda. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK bu mavsum safarda ikkita uchrashuv o'tkazdi va har ikkalasida mag'lub bo'ldi.

2018 yilgi mavsumni "Nasaf"da o'tkazgan Saydullo Rahmatov ayni paytda AGMK tarkibida o'ynamoqda.

"Nasaf" bu jamoaga qarshi o'z maydonida 12ta o'yin o'tkazgan. Bu o'yinlarning 8tasida mezbonlar zafar quchishgan. AGMK Qarshida faqat bir marta (2018 yil) g'olib bo'lgan va 3 bor durang qayd etgan.

"Ajdarlar" o'z maydonidagi oxirgi ikki uchrashuvda Olmaliq jamoasini mag'lub eta olishmagan.


Nasaf

Humoyun Murtozaev - 9', Boburbek Davlatov - 14', Dilshod Saitov - 59', Humoyun Murtozaev - 66'

Superliga. 6-tur

26/04/2019, 19:35

0
:
4
Tugadi

OKMK

45'
90'
9'  Humoyun Murtozaev
14'  Boburbek Davlatov
59'  Dilshod Saitov
59'  Aziz G'aniyev
63'  Islom Kenzhaboev (Oybek Bozorov)
66'  Humoyun Murtozaev
74'  Doniyor Narzullayev (Sharof Muhitdinov)
80'  Sardor Abduraimov (Bobir Abdixoliqov)
32'  Zohir Pirimov (SHahboz Umarov)
67'  Mirjamol Qosimov (Sanat Shixov)
77'  Shahzodbek Nurmatov (Jasur Hakimov)



Baxtiyor Ashurmatov sobiq klubiga qarshi. "Bunyodkor" oxirgi uch turdan buyon g'alaba qozonib kelmoqda. "Buxoro" esa bu mavsum o'z maydonida umuman g'alaba qozona olgani yo'q.

"Buxoro" himoyachisi Ergash Ismoilov "Bunyodkor"dan ijaraga olingan.

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida 24 marta to'qnash kelishgan va 19 marta "qaldirg'ochlar" zafar quchishgan. To'rtta uchrashuvda durang kuzatilgan. "Buxoro" o'z tarixida bir martagina "Bunyodkor"ni mag'lub etgan (2017 yil).

"Buxoro" oxirgi ikki uchrashuvda "Bunyodkor"ga umuman gol ura olmagan va ikki bor mag'lub bo'lgan.

Buxoro

Ivan Nagayev - 49', Doston Ibragimov - 53'

Superliga. 6-tur

26/04/2019, 19:35

2
:
2
Tugadi

Bunyodkor

Xurshid G’iyosov - 40', Xurshid G’iyosov - 69'

45'
90'
46'  Akrom Bahriddinov (Firdavs Asadov)
49'  Ivan Nagayev
53'  Doston Ibragimov
73'  Ivan Fatich
89'  Doston Ibragimov
40'  Xurshid G’iyosov
65'  ZHasur ZHaloliddinov (Suhrob Izzatov)
69'  Xurshid G’iyosov
90'  Lutfulla To’rayev (Bobur Farhodov)

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика