So’nggi yangiliklar

07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  0 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0

Superliga. Bugun mart oyining eng yaxshilari taqdirlanadi Yangiliklar

Superliga. Bugun mart oyining eng yaxshilari taqdirlanadi

PFL, SPORT TV va championat.asia sayti hamkorlikda Superligada mart oyining eng yaxshilarini aniqlashni boshlaganidan xabardorsiz.

PFL har oy yakunlariga ko'ra Superliganing eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, darvozaboni hamda eng chiroyli golini aniqlaydi hamda ularga maxsus sovrin topshiradi. Bunda tashkilot O'zbekiston Superligasi va Kubogi bellashuvlarini translyaciya qilayotgan “Sport” telekanali hamda Pflmanager.uz dasturi bilan musobaqaga qiziqishni oshirayotgan Championat.asia nashri bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Mart oyida Superliganing 4 ta turi bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinlarda o'zini ko'rsatgan futbolchilar, murabbiylar va darvozabonlar tanlab olinadi. SHuningdek, jami 24ta o'yin orasidan eng sara 10ta gol tanlovga qo'yildi. G'oliblar 18 aprel kuni “Sport” telekanalidagi jonli efirda taqdirlanadi. SHu kuni O'zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qura tashlash marosimi ham bo'lib o'tadi.

Eng yaxshi bo'lishga loyiq futbolchilar PFL tomonidan tanlab olinadi. Ularga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda jamoalar sardorlari o'z ovozini beradi. SHuningdek, Championat.asia nashrida so'rovnoma o'tkazilib, unda muxlislar o'z ovozi bilan ishtirok etadi.

Murabbiy va futbolchilar saralab olingan nomzodlarni 3ta o'ringa joylashtirib chiqadi. 1-o'rin egasiga 3, keyingisiga 2 va 3-o'rinda ko'rsatilgan nomzodga 1 ochko beriladi.
Muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topilgan nomzod 6 ochkoni qo'lga kiritadi, 2-o'rindagisi 4 va 3-o'rin sohibi 2 ochkoga ega chiqadi.


Mart oyining eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar
Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"
SHota Arveladze "Paxtakor"
Andrey SHipilov "Metallurg"
Ilhom Mo'minjonov "Navbahor"

Mart oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar
Elguja Grigalashvili "Qizilqum"  
Bobir Abdixoliqov "Nasaf"  
Jasur Hasanov "Nasaf"
Xurshid G'iyosov "Bunyodkor"  
Suhrob Nurulloev "Metallurg"  
Azizbek Turg'unboev "Navbahor"  
Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"

Mart oyining eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar
Murodjon Zuhurov "Bunyodkor"
Zafar Safoev "Metallurg"  
O'tkir Yusupov "Qo'qon-1912"
Botirali Ergashev "Navbahor"
Eldorbek Suyunov "Paxtakor"


Mart oyining eng chiroyli goli uchun nomzodlar

1.Ikrom Aliboev
2.Azizbek Turg'unboev
3.Sanat SHixov
4.Andrey Sidorov
5.Elguja Grigalashvili
6.Azizjon G'aniev
7.Suhrob Nurulloev
8.Javlon Ibrohimov
9.Filip Rayevac
10.Jaloliddin Masharipov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика