So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  22 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Superliga. Birinchi davraning omadli transferlari (TOP 10) Yangiliklar

Superliga. Birinchi davraning omadli transferlari (TOP 10)

Bugungi "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi bilan Superliganing birinchi davrasiga yakun yasaladi.

Ortda qolgan davr mobaynida qaysidir futbolchi o'zini ko'rsatdi, yana bazilariga bu borada omad kulib boqmadi. Klublar qishki transfer oynasida qanchalik izlangani, selekciya borasida qilgan ishlariga baho bera oldik. SHundan kelib chiqib birinchi davraning omadli 10 ta transferini elon qilishga qaror qildik. 

1. Bektemir Abdumannonov ("Andijon")

O'tgan yillarda "Metallurg"da yo'qolib qolgan Bektemir Abdumannonov qishda "Andijon"ga ko'chib o'tdi. Futbolchining hayoti shundayki unga bir eshik yopilsa albatta ikkinchi eshik ochiladi. Andijon Bektemirni o'z bag'riga chorladi va birinchi davrada adashmaganini futbolchi o'z o'yini bilan isbotladi. Dastlabki turlardanoq assistlarni boshlab yuborgan to'p tepar birinchi davradagi barcha 13 ta o'yinda maydonga tushli va 7 ta assist, 2 ta gol bilan etakchi bo'lib turibdi. Xomyakov uni qaytadan kashf qilmoqda deya olamiz. O'zbekiston OTJ taklif qilinmasligi esa boshqa masala. Bektemirdan mavsumning qolgan qismida ham shunday ajoyib o'yinlar kutib qolamiz. 


2. Vladimir Yovovich ("So'g'diyona")

Superligada saviyali legionerlar har doim ham paydo bo'lavermaydi. Bu borada murabbiylardan izlanuvchanlik, sinchkovlik talab qilinadi. Ivan Boshkovich o'tgan yili Lyupche Dorievni "So'g'diyona"ga taklif qildi va bu o'zini oqlamoqda. CHernogoriyalik mutaxassis joriy mavsum boshida hamyurti Vladimir Yovovichni jamoaga jalb etdi. CHernogoriya terma jamoasi azosi yangi klubiga tezda moslashib ketdi va tezda o'zini ko'rsatishni boshladi. Yarim himoyachi Superligada 12 ta o'yinda 1 ta gol 6 ta assist qayd etdi. Superliganing eng yaxshi assistentlari orasida Bektemirdan so'ng ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kubok bahslarida 2 ta o'yinda 2 ta gol. Yovovich Boshkovich shakllantirayotgan jamoada asosiy figuraga aylandi va maydonda katta hajmdagi ishni bajarmoqda. Murabbiy undan hujumlarni keskinlashtirishda, oldingi chiziqda qo'shimcha kuch sifatida foydalanmoqda. Agarda u ikkinchi davrada ham sermahsullikni davom ettirsa shubhasiz mavsum kashfiyotiga aylanadi. 

3. SHohrux Abdurahmonov ("So'g'diyona")

SHohrux Abdurahmonov uchun 2024 yil juda yaxshi boshlandi. Dastlabki 5 ta turda u 4 ta gol bilan ajoyib sermahsullik ko'rsatayotgandi. Ayniqsa Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi xet-trigi "So'g'diyona"ga tarixiy g'alabani keltirdi. Lekin jarohati sabab orada bir nechta uchrashuvlarni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keldi. Muhimi u yana tiklanib gollar urishni boshladi. Birinchi davraning so'nggi ikki o'yinida "Lokomotiv" va "Dinamo" darvozabonlarini xafa qildi. 7 ta o'yinda 6 ta gol yomon natija hisoblanmaydi. Qiziq statistikaga etibor qaratamiz. 

2024 yil 7 ta o'yin 6 ta gol

2023 yil 22 ta o'yin, 2 ta gol

2022 yil 13 ta o'yin 1 ta gol

2021 yil 4 ta o'yin 1 ta gol

SHubhasiz faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. 

4. Anvar Xojimirzaev ("Dinamo")

Pro liganing 2023 yilgi to'purari bu yilgi mavsumni Superligada boshladi. Samarqandning "Dinamo" klubiga yo'l olgan hujumchi Abramov jamoasida muhim o'rin egalladi. Samarqandliklar ustozi undan turli poziciyalarda foydalanmoqda. SHunga qaramay u 13 ta o'yinda qatnashdi va 5 ta gol urdi. "Andijon" va "Surxon" bilan kechgan uchrashuvlarda jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan gollarga mualliflik qilgan bo'lsa, "Metallurg", "Qizilqum", "Lokomotiv"ga urgan gollari bilan g'alabalarga hissa qo'shdi. 

5. Oleg Zoteev ("So'g'diyona")

Ro'yxatimizdan yana bir "So'g'diyona" azosi joy oldi. 35 yoshda ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Oleg Zoteev Jizzaxda javlon urmoqda deyishimizga asos etarli. Ivan Boshkovich uning kuchli tomonlaridan foydalana olyapti va barcha o'yinlarda to'liq 90 daqiqadan imkoniyat taqdim qildi. Zoteev bu uchrashuvlarda raqib darvozabonlarini 2 bor xafa qilgan bo'lsa, jamoadoshlarining 3 ta goliga assistentlik qildi. 

6. Arixiro Sentoku (OKMK)

O'zbekiston chempionatida to'p tepgan yaponiyalik legionerlar soni sanoqligina hisoblanadi. Ular odatda o'zidan yaxshi taassurot qoldirib kelgan. Birgina Sato Minorini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Joriy yilda ularning yana bir hamyurti Superligada paydo bo'ldi. OKMKga kelgan Arixiro Sentoku barqaror o'yin namoyish etdi va chakki taassurot qoldirmadi. Yaponiyalik legioner mavsumning ilk qismida 13 ta bahsda to'p tepdi va "Bunyodkor", "Paxtakor" darvozalarini ishg'ol qildi. Sentokuning "qaldirg'ochlar"ga urgan goli 3 ochkoni olib berdi. 

OKMKning yaponiyalik legioneri Arixiro Sentoku: "Bu erga kelganimdan so'ng Sato Minori haqida gapirishni boshlashdi. O'zbekiston o'sha o'yinda Yaponiyadan ustun edi"

7. Effiong Nsungusi ("Neftchi")

"Neftchi" qishki transferlar vaqtida 10dan oshiq futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Lekin ularning hammasi ham to'liq oqlab ketdi deyish qiyin. Husayin Norchaev, Jasur Jaloliddinov, Effiong Nsungusi boshqalardan nisbatan ajralib turdi. Biz bu uchlik orasidan Effiong Nsungusini tanlashga qaror qildik. Nigeriyalik forvard birinchi davrada ko'p gol urmagan bo'lsada, uning 2ta o'yinda kiritgan to'pidan so'ng "Neftchi" 6 ochko ishladi. "Dinamo" bilan bahsda g'alaba keltirgan gol muallifi Abbos G'ulomovga assist amalga oshirdi. 

8. Robert Ozols ("Qizilqum")

"Qizilqum"ning o'tgan yillardagi eng kuchsiz va raqobatga muhtoj nuqtasi darvoza chizig'i bo'lib turgan edi. Bu yil mazkur muammo latviyalik darvozabon bilan yopildi deyish mumkin. U Superligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta quruq uchrashuv o'tkazdi, darvozasidan 16 ta to'p olib chiqdi. Ayniqsa Namanganda "Navbahor" va "Metallurg"ga qarshi o'yinda haqiqiy qalqon bo'la oldi. 

9. Farruh Sayfiev ("Navbahor")

Birinchi davrada Farruh Sayfiev shubhasiz "Navbahor"ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. O'z qanotida to'liq 13 ta bahsda qatnashdi va jamoasining almashtirilmas azosiga aylandi. Maydonda turli funkciyalarni bajaryotgan, hujumga ham kreativlik olib kirayotgan Sayfiev 2 ta assist, 1 ta gol ko'rsatkichida birinchi davrani yakunladi. Bu erda gap statistikada emas, uning barqaror o'yin ko'rsatganidadir. Sayfievdan tashqari Hamrobekov, Jiyanovlar ham jamoaga yaxshi kirishib ketdi. 

10. Ali Abdurahmonov (OKMK)

OKMK bu yildan tarkibni yoshartirishga qaror qildi va mavsum avvalida shunga mos ravishda futbolchilarni saraladi. "Lokomotiv"da nisbatan ochilib keta olmayotgan Ali Abdurahmonov Superligadagi eng yaxshi mavsumini Olmaliqda o'tkazyapti desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Zero, u birinchi davrada Superligada Qosimov boshchiligida 8 ta bahsda 3 ta, O'zbekiston kubogida 2 ta bellashuvda 4 ta gol jami 10 ta bahsda 7 ta gol bilan yaxshi taassurot qoldirdi. Mirjalol Qosimov tabiiyki mehnat qilayotgan va o'sishga erishayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlab ishonch bildirmoqda. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика