So’nggi yangiliklar

19:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  4 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  1 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  1 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  5 15:00Чипта нархи Женнифер Лопес концертидан каррасига арзонроқ, шиддати эса юқорироқ бўлиши кутилаётган ўйинга превью  10 14:42Шацких бош мураббий сифатида Рўзиқул Бердиев жамоасини ҳеч қачон ютолмаган  5

Superliga. "Andijon" - "Paxtakor" o'yiniga oid malumotlar Yangiliklar

Superliga. "Andijon" - "Paxtakor" o'yiniga oid malumotlar

Bugun Superliganing 9-turiga start beriladi.

Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida "Andijon" mezbon sifatida "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 18:30da boshlanadi. Quyida ushbu o'yinga doir bazi malumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Andijon"

- "Andijon" turnir jadvalida 7 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi. Jamoa bitta o'yinda zafar quchib, 4 marta durang o'ynagan va 3 bor mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati 7-11. 

- "Andijon" Superligada faqat bitta o'yinni yutgan uch jamoadan biri bo'lib turibdi. Yana ikkita klub - "Buxoro" bilan "Qo'qon-1912". 

- "Andijon" oxirgi 3 turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa ikki bor durang qayd etib, bir marta mag'lub bo'ldi.   

- Bu jamoaning yagona g'alabasi uydagi o'yinda qo'lga kiritilgan bo'lib, 5-turda "Andijon" "Nasaf"ni 3:1 hisobida mag'lub etgan. 

- "Andijon" shu paytgacha "Paxtakor"ga qarshi jami 46ta o'yin o'tkazib, shundan faqat to'rttasida g'alabaga erishgan. 

"Paxtakor"

- "Paxtakor" hali mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib turibdi. Jamoa 8ta o'yinning oltitasini g'alaba bilan tugatdi va ikki bor durang qayd etdi. To'plar nisbati 15-7. 

- "Paxtakor" juda g'alati natija ko'rsatyapti: mavsumni ketma-ket uchta g'alaba bilan boshlagan "sherlar" keyin durang qayd etishdi. Undan keyin yana qatorasiga uchta g'alaba ro'y berdi va shundan so'ng yana durang. 

- "Paxtakor" bugun safarda to'rtinchi uchrashuvini o'tkazadi. SHu paytgacha bo'lib 3ta o'yinning ikkitasida SHota Arveladze shogirdlari zafar quchib, bir marta durang o'ynashdi. 

- "Paxtakor" safar o'yinlarida 4ta gol urib o'z darvozasidan ikki bor to'p olib chiqqan. 

- "Paxtakor" bungacha "Andijdon"ga qarshi jami 46ta uchrashuv o'tkazib, shundan 34tasini o'z foydasiga hal etgan. 

Oxirgi 5 o'yin 

2016 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 1:0 

2015 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 0:1 

2014 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 0:1

2012 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 2:4 

2011 yil. "Andijon" - "Paxtakor" 2:1 

Jamoalarning o'zaro oxirgi beshta o'yiniga nazar tashlasak, uch marta "Paxtakor" g'alaba qozonib ketgan. Ikki bor "Andijon" zafar quchgan. "Paxtakor" ikki marta 1:0 va bir safar 4:2 hisobida g'alaba qozongan. "Andijon" esa 1:0, 2:1 hisoblarida o'z raqibini mag'lub etgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика