So’nggi yangiliklar

17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  1 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  1 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  5 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  11 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  9 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  4 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   2 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  6 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  10

Superliga 8-tur. "Paxtakor" - "Navbahor" 1:0. "Mixed zone" Yangiliklar

Superliga 8-tur. "Paxtakor" - "Navbahor" 1:0. "Mixed zone"

Namanganning "Navbahor" jamoasi kecha Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ldi va kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng, "Navbahor" jamoasi futbolchilari Aziz Turg'unboev, Zohir Pirimov va Oston O'runov "Paxtakor"dan esa Bahrom Abdurahimov  o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


Aziz Turg'unboev

"Paxtakor"ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdik. Biz Togshkentga 3 ochko olish uchun kelgandik. Raqib jamoa ham kuchli edi. Imkoniyatni qo'ldan boy berdik. Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Jamoadoshlarimga to'p uzatmaslik, bu mening kamchiligim. Ushbu kamchiligimni bartaraf etishga harakat qilaman. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda bizga omad etishmadi, deb o'ylayman. Jaloliddin Masharipov va Tiago bezerra yaxshi o'yin ko'rsatdi, deb o'ylayman", - deydi Aziz Turg'unboev



Zohir Pirimov

"Birinchi bo'limda golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi, afsuski ulardan foydalana ololmadik. "Paxtakor"ga qaraganda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Yaxshi o'ynab turib alamli tarzda mag'lubiyatga uchradik. Agarda o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalanganimizda, o'yin umuman boshqacha bo'lardi. Ushbu bahsda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Keyingi turda "Neftchi" jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. O'z uyimizda g'alaba qozonishimiz kerak. Namanganlik muxhlislar O'zbekistonda birinchi raqamlisi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Bizni qo'llab-quvvatlab turishgani uchun ularga katta rahmat aytaman", - deydi Zohir Pirimov

 



Oston O'runov

"Paxtakor"ga qarshi ajoyib o'y in o'tkazdik. Mag'lub bo'lishimiz kerakmas edi. Raqib jamoaga qaraganda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ushbu bahsda g'alaba qozonishimiz kerak edi. O'z o'yinimni ko'rsatib "Paxtakor"ga nimanidir isbotlamoqchi bo'ldim. Ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo, ulardan foydalana ololmadik. Bizga biroz omad etishmadi. Kamida 2:0 hisobida g'alaba qozonishimiz kerak edi. O'z uyimizda mag'lub bo'lmadik. Mag'lub bo'lmaymiz ham. "Neftchi" bilan o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz", - deydi Oston O'runov


Bahrom Abdurahimov

"Navbahor"ga qarshi qiyin bo'lgan uchrashuvni o'tkazdik. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Biz bor kuchimiz bilan harakat qildik. G'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilganimizdan mamnunman. "Navbahor" darvozasi tomon kuchli zarba berganimda, gol bo'ldi, deb o'yladim. To'p esa darvoza ustuni yonidan o'tib darvozaning tshriga tashqari tomondan tekkan ekan", - deydi Bahrom Abdurahimov.

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика