Damir Temirov: "Shackixni bir so'z bilan aytganda - top murabbiy"
06 avg 2025 16:43
Yangiliklar
Damir Temirov: "Shackixni bir so'z bilan aytganda - top murabbiy"
16-turda o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qilgan "burgutlar" 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinda mezbonlar safida Damir Temirov dubl muallifiga aylandi. Yarim himoyachi o'tgan uchrashuv haqida fikrlarini bildirdi:
— "Qo'qon-1912" bilan o'yin iliq taassurot qoldirdi. Muxlislarga qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytib qolaman. Biz bunday atmosferada yanada oldinga qadam tashlaymiz.
Yangi murabbiyga kelsak, Maksim Shackix — bir so'z bilan aytganda, top murabbiy. Biz har bir o'yinda raqibga alohida taktika tayyorlaymiz. Umuman olganda, bu murabbiyning ishi, biz faqat ko'rsatmalarni bajarishimiz kerak.
Jamoamizning salohiyati yuqori. OCHLda ham har bir o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz, — deydi Damir Temirov.
Malumot uchun, "Andijon" navbatdagi uchrashuvini 7 avgust kuni "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar