Eshitdik-da! Sherzod Nasrullaevning Polsha klubiga transferi amalga oshmay qoldi. Nega?
06 avg 16:29
Yangiliklar
Eshitdik-da! Sherzod Nasrullaevning Polsha klubiga transferi amalga oshmay qoldi. Nega?
O'zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi himoyachisi Sherzod Nasrullaev yozda legionerga aylanishi mumkin edi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Polshaning "Visla Plock" klubi Nasrullaevni "Nasaf"dan sotib olishga tayyor edi. Futbolchining shartnomasi yil oxirida yakuniga etadi va "ajdarlar" bu transferdan malum miqdorda pul ishlab olishi mumkin edi.
Biroq "Visla" shartnomani 31 iyul kuni Qarshiga yubordi. Xabaringiz bor, O'zbekistonda transfer oynasi 30 iyul kuni tunda yopildi va "Nasaf" Nasrullaevni sotib, uning o'rniga boshqa himoyachi olomasdi. Shu bois, mazkur transfer amalga oshmay qoldi.
Ayni paytda "Visla" Polsha oliy ligasida 3 ta turning barchasida g'alaba qozonib, musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar