So’nggi yangiliklar

15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  3 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  10 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1

“So'g'diyona” - “Qizilqum” uchrashuvida kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

“So'g'diyona” - “Qizilqum” uchrashuvida kimning imkoniyati qanday?

Bugun superliga 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Ushbu turda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z uyida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Ayni dam ikki jamoa ham turnir jadvalining quyi pog'onasida bormoqda. Ikkala jamoa uchun ham bugungi uchrashuvdagi g'alaba suv va havodek zarur. “Qizilqum” jizzaxliklardan bor yo'g'i 1 ochkoga ortda bormoqda. “So'g'diyona” o'tgan uchta turning ikkitasida mag'lubiyatga uchragan va “Neftchi” bilan bo'lgan uchrashuvda nursiz durang qayd etib 1 ochko bilan cheklandi. Bugun “So'g'diyona” o'z uyida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini sinovdan o'tkazadi. Ushbu bahsda jizzaxliklar g'alaba qozona oladimi, buni uchrashuv yakunlanganidan so'ng bilib olamiz. Navoiyning “Qizilqum” jamoasi 3ta turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Bundan avvalgi turda navoiyliklar o'z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasiga mag'lub bo'ldi. “Qizilqum” jamoasi bugun g'alaba qozona olmasa, jamoaning ahvoli biroz og'irlashadi. Endi ikkala jamoaning o'tkazgan o'zaro o'yinlari bilan tanishtirib o'taman.



O'ZARO O'YINLAR

2000 yil


1 iyun. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 2:0

17 avgust. “Qizilqum” — “So'g'diyona” — 3:1

2001 yil

18 aprel. “Qizilqum” - “So'g'diyona” — 1:0

1 oktyabr. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 1:0

2002 yil

22 iyun. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 1:2

10 avgust. “Qizilqum” — “So'g'diyona” — 2:1

2004 yil

3 may. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 2:0

25 sentyabr. “Qizilqum” - “So'g'diyona” - 1:1

2005 yil

12 iyun. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 0:0

11 sentyabr. “Qizilqum”-“So'g'diyona” — 0:0

2006 yil

13 may. “Qizilqum” — “So'g'diyona” — 2:1

29 avgust. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 0:2

2008 yil

10 may. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 2:0

27 sentyabr. “Qizilqum”-“So'g'diyona” — 1:0

2009 yil

20 iyun. “Qizilqum” — “So'g'diyona” — 3:0

19 avgust. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 0:1

2011 yil

19 mart. “So'g'diyona” — “Qizilqum” — 0:2

22 oktyabr. “Qizilqum”- “So'g'diyona” — 0:0

2013 yil

20 iyun. “Qizilqum” — “So'g'diyona” — 3:1

17 avgust. “So'g'diyona” - “Qizilqum” — 2:1.

2014 yil

21 iyun. “Qizilqum”- “So'g'diyona” — 1:0

7 noyabr. “So'g'diyona” - “Qizilqum” — 1:0.

2015 yil

14 mart. “Qizilqum”- “So'g'diyona” — 4:1

2 avgust. “So'g'diyona” - “Qizilqum” — 4:1

2016 yil

1 iyul. “So'g'diyona” - “Qizilqum” — 1:1

22 noyabr. “Qizilqum”- “So'g'diyona” 3:1

2017 yil

15 aprel. “Qizilqum” – “So'g'diyona” 1:1

16 sentyabr. “So'g'diyona” – “Qizilqum” 1:1



“So'g'diyona” va “Qizilqum” jamoalari o'zaro 28 marotaba to'qnash kelishgan. SHulardan 7ta uchrashuvda jizzaxliklar g'alaba qozongan bo'lsa, 14ta o'yinda “Qizilqum” jamoasining qo'li baland kelgan. Qolgan 6 uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Bugun bo'lib o'tadigan bahsda ikkala jamoa ham faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqishi aniq. SHuning uchun ham jamoalarga bugungi o'yin qiyin kechishi aniq. Biz ikkala jamoaning bugungi o'yindan oldin imkoniyatlarini hisoblab chiqamiz. “So'g'diyona” superliga bahslarining uchta o'yinida raqiblar darvozasini umuman ishg'ol qilmagan. O'z darvozasidan esa 5ta to'p olib chiqqan. “Qizilqum” jamoasi esa o'tgan 3ta turda raqiblar darvozasini 1 marotaba ishg'ol qilgan va 7 marotaba o'z darvozasidan to'p olib chiqqan. Bundan ko'rinib turibdiki, ikkala jamoaning ham imkoniyatlari deyarli teng.

30/40/30


SUPERLIGA-2018 TURNIR JADVALI



Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика